KIBERXAVFSIZLIK Hisoblashga asoslangan mujassamlashgan bilim sohasi
Hisoblash bilim
sohasi
Kompyuter
injineriyasi
Axborot
texnologiyalari
Axborot
tizimlari
Dasturiy
ta’minot
injineriyasi
Risklarni
boshqarish
Inson omili
Etika
Siyosat
Huquq
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashga turli yondashuvlar mavjud. Xususan, CSEC2017 JTF manbasida mualliflar kiberxavfsizlikni quyidagi 6 atamasi keltirishgan :
Konfidensiallik – axborot yoki uni eltuvchining shunday holati bo’lib, undan ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo’ladi. Konfidensiallik axborotni ruxsatsiz “o’qish”dan himoyalash bilan shug’ullanadi. AOB ssenariysida Bob uchun konfidensiallik juda muhim. Ya’ni, Bob o’z balansida qancha pul borligini Tridi bilishini istamaydi. Shu sababli Bob uchun balans xususidagi ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Yaxlitlik - axborotning buzilmagan ko’rinishida (axborotning qandaydir qayd etilgan holatiga nisbatan o’zgarmagan shaklda) mavjud bo’lishi ifodalangan xususiyati. Yaxlitlik axborotni ruxsatsiz “yozish”dan (ya’ni, axborotni o’zgartirishdan) himoyalash yoki kamida o’zgartirilganligini aniqlash bilan shug’ullanadi. AOB ssenariysida Alisaning banki qayd yozuvi butunligini Trididan himoyalashi shart. Masalan, Bob akkauntida balansning o’zgarishi yoki Alisa akkauntida balansning oshishidan himoyalashi shart.
Shu o’rinda konfidensiallik va yaxlitlik bir narsa emasligiga e’tibor berish kerak. Masalan, Tridi biror ma’lumotni o’qiy olmagan taqdirda ham uni sezilmaydigan darajada o’zgartirishi mumkin.
Foydaluvchanlik - avtorizasiyalangan mantiqiy obyekt so’rovi bo’yicha uning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo’lishi xususiyati. Foydalanuvchanlik axborotni (yoki tizimni) ruxsatsiz “bajarmaslik”dan himoyalash bilan shug’ullanadi. AOB ssenariysida AOB veb saytidan Bobning foydalana olmasligi Alisaning banki va Bob uchun foydalanuvchanlik muammosi hisoblanadi. Sababi, mazkur holda Alisa pul o’tkazmalaridan daromad ola olmaydi va Bob esa o’z biznesini amalga oshira olmaydi. Foydalanuvchanlikni buzishga qaratilgan hujumlardan eng keng tarqalgani – xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undovchi hujum (Denial of service, DOS).