6. Kiberxavfsizlikda inson omili Foydalanuvchilar tomonidan har qanday yuqori darajadagi xavfsizlik ham buzilishi mumkin. Masalan, Bob amazon.com onlayn do’konidan biror narsani sotib olmoqchi, deylik. Buning uchun Bob turli kriptografik usullarga tayanadigan SSL (Secure Sockets Layer) protokoli yordamida Amazon bilan ishonchli bog’lanish uchun veb-brauzerdan foydalanishi mumkin. Ushbu protokol barcha zarur amallar to’g’ri bajarilganida kafolatli xavfsizlikni ta’minlaydi. Biroq, ushbu protokolga qaratilgan ba’zi hujum turlari (O’rtada turgan odam hujumi, Man-in-the-middle attack) mavjudki, ularni amalga oshishi uchun foydalanuvchi “ishtirok”i talab etiladi (10.4-rasm). 10.4-rasmda agar foydalanuvchi xavfsiz holatni tanlasa (Вернуться к безопасной странице) hujum amalga oshmaydi. Biroq, foydalanuvchi tomonidan xavfsiz bo’lmagan tanlov (Перейти на сайт …. (небезопасно)) amalga oshirilganida hujum muvaffaqiyatli tugaydi.
Nazorat savollari
Axborot xavfsizligining xayotiy timsollari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
Kiberxavfsizlik tushunchasiga izoh bering?
Kiberxavfsizlik fan sifatida qanday tuzilishga ega?
Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalarini aytib bering?
Axborotni konfidensialligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
Axborotni yaxlitligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
Axborot uchun foydalanuvchanlikning muhimligi?
Risk nima va uning kiberxavfsizlikdagi o’rni?
Hujumchi kabi fikrlash nima uchun zarur?
Tizimli fikrlash nima va u nima uchun zarur?
Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash tushunchalarini birbiridan farqi?
Aktiv nima?
Tahdid va zaiflik tushunchalariga izoh bering.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalarining bir-biridan farqi nimada?
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari va ularning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Kiberxavfsizlikda inson omilini misollar yordamida tushuntiring.