10-ma’ruza Mavzu: bargning morfologik, anatomik tuzilishi va asosiy vazifalari



Yüklə 392,79 Kb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü392,79 Kb.
#147399
1   2   3   4
10-ma\'ruza

Barg shakllari:
1-ninasimon; 2-qalami; 3-cho’zinchoq; 4-nashtarsimon; 5-6-ovalsimon; 7- dumaloq; 8- tuxumsimon; 9- teskari tuxumsimon; 10-rombsimon; 11-kuraksimon; 12-yuraksimon; 13-buyraksimon; 14-yoysimon; 15-nayzasimon; 16-lirasimon;

Buni g‘o‘za, olma, terak, shaftoli barglarida kuzatish mumkin. Oddiy barglar plastinkasi ignasimon, nishtarsimon, yuraksimon, buyraksimon, panjasimon va boshqa ko‘rinishga ega. Barg plastinkalarining qirralariga qarab ham barglar bir necha xil bo‘ladi. Masalan, tekis qirrali barglar: behi va limon o‘simliklarida tishsimon qirrali barglar tutda, arrasimon qirrali barglar esa qayrag‘ochda uchraydi.


Barg plastinkalari o‘yiq o‘simliklar ham bor. Agar barg plastinkasining cheti barg enining o‘rtadan bir qismigacha o‘yilgan bo‘lsa o’yma barg deb ataladi. Bunday barglarni eman, zarang, g‘o‘za, chinor kabi daraxt o‘simliklarda ko‘rish mumkin.
O‘yiqlar barg plastinkasining yarmigacha borsa, bo‘lingan barglar deb ataladi.
Agarda o‘yiqlar bargning markaziy tomirigacha yetgan bo‘lsa, ular qirqilgan barglar deb ataladi. Bunga sabzi va tarvuz barglarini misol qilish mumkin.
Murakkab barglar. Agar barg bandida bir nechta barg plastinkachalari o‘rnashgan bo‘lib, kuzda oldin barg plastinkachalari va asosiy barg bandi alohida-alohida to‘kilsa murakkab barg deb ataladi. Murakkab bargning asosiy bandi raxis deyiladi (57-rasm).

Murakkab barglar:
A-toq patsimon murakkab barg; B-juft patsimon murakkab barg; D-uch bargchali murakkab barg; E-panjasimon murakkab barg; F-ikki karrali juft patsimon murakkab barg; G-ikki karrali toq patsimon murakkab barg; 1-bargcha; 2-bandchasi; 3-raxis; 4-bandi; 5-yonbargcha; 6-ikkinchi tartib raxis;
Murakkab barglarning bir necha turi mavjud. Uch bargchali murakkab barglarga yo‘ng‘ichqa va sebarga misol bo‘ladi. Panjasimon murakkab barglar (lyupin, nasha, kashtan o‘simliklarida) asosiy barg bandining uchiga panjasimon shaklda o‘rnashgan. Patsimon murakkab barglar toq va juft bo‘ladi. Toq patsimon bargda asosiy barg bandiga bargchalar ketmaket yoki karama-qarshi joylashib, uchi ham bargcha bilan tugaydi. Akatsiya, nuxat, o‘simliklari shunday bargga ega bo‘lib, ulardagi bargchalarning soni ham toq bo‘ladi. Agar barg bandining uchi tikan yoki jingalak bo‘lib tugasa, bargchalarning soni juft bo‘ladi va juft patsimon barglar deb ataladi. Xashaki no‘xat, yasmiq va no‘xatak kabi o‘simliklarda shunday barglar mavjud.
Bir nechta toq patsimon murakkab barglar asosiy barg bandida ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashsa (mimoza, gledichiyada) bunday barglar qo‘sh patsimon yoki ikki karra patsimon murakkab barglar deb ataladi.

Yüklə 392,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin