10-ma’ruza Mavzu: bargning morfologik, anatomik tuzilishi va asosiy vazifalari


Barglarning tomirlanish sistemasi



Yüklə 392,79 Kb.
səhifə4/4
tarix22.09.2023
ölçüsü392,79 Kb.
#147399
1   2   3   4
10-ma\'ruza

.Barglarning tomirlanish sistemasi.
Tomirlanish sistemasi barg plastinkasida har xil: dixotamik (ginkgo), parallel (bug‘doy), yoysimon (marvaridgul), panjasimon (chinor) va to’rsimon (olma) shaklda bo‘ladi (38-rasm).



38-rasm. Bargning tomirlanishi:
A – parallel; B – dixotamik; V – patsimon; G - panjasimon; D – parallel;
E – yoysimon.

Filogenetik jihatdan uncha takomillashmagan tomirlanishning qadimgi xili dixotamik yoki ayrimsimon tomirlanish hisoblanadi. Bu xildagi tomirlanish mezozoy erasidan ayrim joylarda saqlanib qolgan relikt (lot. reliktus-qoldirilgan) kam uchraydigan ginkgoning barglariga xosdir. Ko‘pchilik qirqquloqlarda va sodda tuzilgan urug‘li o‘simliklarda bitta yoki ikkita bir-biriga bilan tutashmagan oddiy tomirlar bo‘ladi. Bug‘doydoshlarda parallel, piyozdoshlarda yoysimon tomirlanishni ko‘rish mumkin.


5. Barglarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi.
Barg novdaning yon organi. O‘simliklarning birinchi vegetativ bargi urug‘palla bo‘lib, u xali apeks uchun novda paydo bo‘lmasdan oldin murtak tanasining taxasuslashidan yuzaga keladi. Keyin hosil bo‘ladigan primordial (lot. primordium-dastlabki, boshlang‘ich) barg novdaning o‘sish konusidagi meristemadan akropetal tartibda ekzogen bo‘rtmalar yoki do‘mboqchalar ko‘rinishida vujudga keladi. Avvalo uning protoderma yoki boshlang‘ich epiderma hujayralari bir xil (antiklinal) bo‘linadi. Keyinchalik hosil bo‘lgan dumboqchalar differensiatsiya (lot. tafavut) farqlanib ikki: yuqori (apekal) va pastki (bazal) qismlarga bo‘linadi (40-rasm).



40-rasm. Olcha oddiy bargining rivojlanishi (Prunus domestica):
1 – 3 – bargning rivojlanish bosqichlari; 4 – rivojlangan barg; a – bargning yuqori qismi: prl – yonbargchalar; ch – barg bandi: pl – plastinka: osn – barg asosi.

Ontogenezda primordial bargning apekal qismdagi barg (plastinkasi) va band, bazal qismidan esa barg asosi va yon bargcha o‘sib etishadi. Ikki pallali o‘simliklarda barg (plastinkasi) odatda bazipetal ravishda yuzaga keladi, ya’ni uni uchi oldinroq tashkil topadi. Primordiyning apekal va bazal qismlari o‘rtasida interkolyar o‘sish sodir bo‘lishligi sababli barg bandi hammadan keyin paydo bo‘ladi.


Murakkab barglar ham xuddi oddiy barglarday paydo bo‘ladi va keyinchalik uning marginal hujayralar bo‘lina boshlaydi.
Takrorlash uchun savollar.
1. Barglarning umri va xazonrezlikni tushuntiring.
2. Ikki karrali, uch, to`rt va ko`p karrali murakkab barg tuzilish xillari?
3. Barg mezofili qanday tuzuilishga ega?
4. Bargning qanday anatomik tuzilishi bor?
5. Dorzoventral, izolateral va gomogen bargning anatomik tuzilishini aytib bering.
Yüklə 392,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin