Etalonlar, o‘lchov turlari va vositalari.
O‘lchovlarni tashkil qilish va o‘lchovni me’yorlashtirish maqsadida asosiy fizikaviy kattaliklarning etalonlar shartli ravishda qabul qilinadi, masalan massa va masofaning etalonlari mavjud. O‘lchov qurilmasi esa muayyan fizikaviy jarayonlarga asoslanib biror kattalikni o‘lchash uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo‘ladi va bu bunda qurilma etalonlardan foydalanilib darajalanadi. Demak o‘lchov qurilmalarini yaratish ham etalonlarga asoslanadi
Etalonlarni qabul qilish xalqaro miqyoslarda amalga oshiriladi. Chunki o‘lchovlarni tashkil etish va ularni me’yorlashtirish muxim ijtimoiy va xalqaro axamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham o‘lchovlar yuzasidan xalqaro birliklar sistemasi (SI- Système International) mavjud. Eng dastlabki birliklar sistemasi 1799 yilda Fransiyada qabul qilingan, unda massani va masofani o‘lchov birligi sifatida etalon qabul qilingan edi. Keyinroq 1874 yilda uchta asosiy kattalikning (masofa uchun –santimetr, massa uchun-gram, vaqt uchun-sekund) me’yorlari SGS (sanitmetr-gram-sekund) birliklar sistemasi ishlab chiqildi va 1875 yilda Rossiya, Germaniya, AQSh, Fransiya, Italiya kabi ko‘plab davlatlar tomonidan xalqaro me’yorlar sifatida tan olinib amaliyotga tadbiq etildi. Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida amal qiluvchi xalqaro birliklar sistemasi33 SI esa 1960-yilda qabul qilingan va bu sistemada asosiy kattaliklar etaloni sifatida massa (kilogram), masofa (metr) va vaqt (sekund) qabul qilingan. Boshqa barcha kattaliklarning birliklari shu uch asosiy fundamental kattaliklarga me’yorlashtirilgan tarzda keltirib chiqariladi. So‘nggi yillarda o‘lchovlarni soddalashtirish va yangi o‘lchov tizimlarini rivojlantirish maqsadida tok kuchi, temperatura, modda miqdori va yorug‘lik kuchi kabi 4 ta fizik kattaliklarning ham fundamental me’yorlari ishlab chiqilib asosiy birliklar qatoriga kiritildi.
-
Asosiy fizikaviy kattaliklar
|
|
4.1- jadval
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kattaliklar
|
|
|
Kattalikning birliklari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
kattalik
|
kattalik
|
|
nomlanishi
|
belgilanishi
|
nomi
|
belgisi
|
|
|
|
|
|
ruscha
|
|
fransuz/ingliz
|
ruscha
|
xalqaro
|
|
|
|
|
|
|
|
Masofa
|
L
|
metr
|
|
mètre/metre
|
m
|
m
|
|
|
|
|
|
|
Massa
|
M
|
kilogramm
|
kilogramme/kilogram
|
kg
|
kg
|
|
|
|
|
|
|
|
Vaqt
|
t
|
sekund
|
|
seconde/second
|
s
|
s
|
|
|
|
|
|
|
|
Tok kuchi
|
I
|
Amper
|
|
ampère/ampere
|
A
|
A
|
|
|
|
|
|
|
|
Temperatura
|
T
|
kelvin
|
|
kelvin
|
K
|
K
|
|
|
|
|
|
|
|
Modda
|
N
|
mol
|
|
mole
|
mol
|
mol
|
miqdori
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yorug‘lik kuchi
|
J
|
Kandela
|
|
candela
|
Kd
|
cd
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘lchovni amalga oshirishda qo‘llaniluvchi o‘lchov vositalariga etalonlar va o‘lchov qurilmalari kiradi. Etalonlar xalqaro miqyoslarda qabul qilingan namunalar hisoblansa, o‘lchov qurilmalari ana shu namunalar asosida quriladi.
Etalonlar ko‘pchilik hollarda o‘lchov qurilmalarini tekshirish uchun ishlatiladi. Etalonlarning aniq va to‘g‘ri bo‘lishi maxsus soha xizmati (metrologiya xizmati) tomonidan tekshirib turiladi.
O‘lchov vositalari
Etalonlar O‘lchov qurilmalari
Etalonlar: Tarozi toshlar, chizg‘ichlar, o‘lchov ko‘priklari va boshqalar.
O‘lchov
qurilmalari:
Ampermetr,
voltmetr, elektron tarozi, hisoblagich, termometr va boshqalar.
O‘lchovlar bevosita va bilvosita o‘lchash turlariga bo‘linadi. Bevosita o‘lchashda o‘lchov qurilmasi o‘lchanayotgan
kattalikni bevosita ko‘rsatib beradi (raqamli tarozilar, voltmetrlar, ampermetrlar va xokazo). Bilvosita o‘lchashda esa o‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa biror fizikaviy kattalikni o‘lchab, so‘ng xisoblashlar yoki boshqa usullar yordamida o‘lchanayotgan kattalik topiladi. Bevosita o‘lchash usuli kundalik hayotimizda, texnikada juda keng ishlatiladi. Bilvosita o‘lchash usuli esa ko‘proq ilmiy tekshirish ishlarida va murakkab jarayonlarning parametrlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan Yerning masasini o‘lchash, quyoshni haroratini o‘lchash, yulduzlarni o‘rganish va hokazo.
O‘lchov xatoliklari. Xar qanday o‘lchov ma’lum xatoliklarga ega bo‘lib bu xatoliklarni baholashda absolyut va nisbiy xatolik tushunchasi qo‘llaniladi. Absolyut xatolik deb o‘lchov natijasida olingan kattalik- X bilan uning xaqiqiy qiymati X 0 orasidagi absolyut farqqa aytiladi,
https://ru.wikipedia.org/wiki/Mejdunarodnaya_sistema_yedinis
XX0
Bu absolyut xatolikning o‘lchanayotgan kattalikka nisbati nisbiy xatolik deyiladi
O‘lchov qurilmalariga nisbatan asosiy talablar.
O‘lchov qurilmalarini ishlab chiqarish boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga qaraganda bir muncha katta javobgarlikka ega va shuning uchun ularni ishlab chiqarishni me’yorlashtirish alohida talablar asosida nazorat qilinadi. Shu nuqtai-nazardan o‘lchov qurilmalari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
-o‘lchov jarayoni, yoki o‘lchov qurilmasidan foydalanish maxsulot sifatiga, yoki texnologik jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak;
-o‘lchov qurilmasidan foydalanish va o‘lchovlarni bajarish texnika xavfsizligi, mexnat muxofazasi, sanitariya, ekologik, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va boshqa me’yoriy talablarga javob berishi kerak;
-o‘lchov qurilmasining quvvat iste’moli kichik bo‘lishi kerak;
-o‘lchov qurilmasining nisbiy xatoliklari davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan o‘lchov qurilmalarining nisbiy xatoliklari davlat standartida ko‘rsatilgan quyidagi 8 ta me’yoriy kattaliklardan biriga mos bo‘lishi talab qilinadi: 0,05%; 0,1%; 0,2%; 0,5%; 1,0%; 1,5%; 2,5%; 4,0%.
Bulardan tashqari o‘lchov qurilmasining qo‘llanilish sohasidan kelib chiqib o‘ziga xos talablar ham bo‘lishi mumkin (masalan radioaktivlik sohalarida, meditsina nuqtai-nazaridan va boshqalar). Shuningdek, bozor munosabatlari va texnik taraqqiyot darajasi ham o‘lchov qurilmalariga muayyan talablarni qo‘yadi (masalan qurilmalarning ergonomik ko‘rsatkichlari, dizayn, estetik talablar, universallik, ekologik talablar, zamonaviy informatsion tizimlarga mosligi va boshqalar).
Raqamli texnikaning rivojlanib borishi elektr o‘lchov qurilmalari taraqiyotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.
6-rasm. Dizayn va estetik talablar ayniqsa oziq-ovqat sanoati o‘lchov qurilmalari uchun juda muxim.
Dostları ilə paylaş: |