10-ma’ruza. Mavzu: elektr o‘LChov asoslari reja O‘lchov haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 212,83 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü212,83 Kb.
#202314
1   2   3   4   5   6   7
9.-mavzu (1)

3. Elektr o‘lchov qurilmalari.

Bugungi kunda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida o‘lchov qurilmalari keng ishlatilmoqda. Bu o‘lchov qurilmalarining aksariyat qismi elektr tokiga asoslangan. Shuning uchun o‘lchov qurilmalarini tahlil qilishda elektrik kattalliklarni o‘lchashni o‘rganish muhim ahamiyatga ega.


Elektr o‘lchov qurilmalari tarixi 18-asrning o‘rtalaridan boshlanadi. 1737 yilda yashagan fransuz olimi Sh. Dyufe yaratgan elektroskopni insoniyat yaratgan birinchi elektr o‘lchov qurilmasi deyish mumkin. 1750 yillarda rus olimi M. V. Lomonosov bu elektroskopni atmosferadagi elektr tokini (chaqmoqlarni) o‘rganishga tadbiq etdi. 1830-40 yillarga kelib elektromagnitik induksiya qonuni kashf etilgach magnitoelektrik o‘lchov


qurilmalari (galvanometrlar) yaratildi.


Sharl Fransua Dyufe- 1698-1739 yillarda yashab


ijod etgan fransuz olimi. Uning eng katta ixtirosi elektroskop bo‘lib, bu elektroskop yordamida olim elektr zaryadlari ikki xil turda (musbat va manfiy) bo‘lishini, xamda qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari bir-biriga tortilishi, bir xil ishorali zaryadlar esa bir-biridan itarilishini birinchi bo‘lib aniqlagan.


Galvanometrning yaratilishi elektr tokini o‘rganishda va elektr qurilmalarining (shu jumladan elektr o‘lchov qurilmalarining) keyingi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. 19-asr oxirlarida rus injeneri M. Dolivo-Dobrovolskiy elektr o‘lchov qurilmalarini rivojlantirishda katta amaliy ishlarni bajardi, ya’ni elektromagnitik, induksion va ferrodinamik o‘lchov qurilmalarini yaratdi. Bu o‘lchov qurilmalari hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi.


Barcha elektr o‘lchov qurilmalari elektr toki (yoki magnit maydoni) ta’sirida muhitda yuzaga keluvchi fizikaviy jarayonlarga asoslanadi. Bu jarayonlar elektromagnitik, elektrodinamik, induksion, mexanik, kimyoviy, issiqlik va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. O‘lchov qurilmasi esa ana shu jarayonlarning fizikaviy kattaliklarini elektrik kattaliklar bilan bog‘lanishiga asoslanib ishlaydi.


O‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab elektr o‘lchov asosblari juda ko‘plab turlarga bo‘linadi. Bugungi kunda, barcha elektrik kattaliklar uchun, ularni o‘lchaydigan qurilmalari mavjud. O‘lchov asbobining nomi o‘lchanayotgan kattalik nomidan olinadi, masalan tok kuchini o‘lchaydigan qurilma ampermetr, kuchlanishni o‘lchaydigan qurilma ampermetr, quvvatni o‘lchaydigan qurilma vattmetr, va hokazo, deb nomlanadi. Elektr sxemalarda o‘lchov asboblarini doira shaklida belgilash qabul qilingan. Doira ichida esa, o‘lchov asbobi turi, o‘lchanayotgan kattalikning belgisi orqali ifodalanadi.


Ampermetr Milliampermetr Voltmetr Vattmetr





Yüklə 212,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin