Ona tili darslarining noan`anaviy shakllari.
Keyingi yillarda ona tili o`qituvchilari ish amaliyotida noan`anaviy darslarning qator turlari: “Topqirlar bellashuvi” darslari, seminar darslari, bahs-munozara darslari, sirtqi sayohat darslari, yubiley darslari kabilardan keng foydalanilmoqda. Bu norasmiy darslarning har biri o`ziga xos qurilishga ega bo`lsa-da, ammo ular bir maqsadga-darsda o`quvchilarni ta’lim jarayonining sub`ektiga aylantirish, til hodisalarini mustaqil izlanish orqali o`rganishini ta`minlashga qaratilgan.
Ona tilidan “Topqirlar bellashuvi” darsi. Ma`lumki o`yin tarzida o`tkaziladigan ona tili darslarida o`quvchi o`zligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bellashuv o`yin tarzida tashkil etiladi va muayyan bo`lim yoki yirik mavzular o`rganilgandan so`ng o`tkaziladi. “Topqirlar bellashuvi” darsning o`tkazilishi tartibi 5-sinf “Ona tili” darsligining 159- mashqida berilgan.
Sinf o`quvchilari birgalashib mix atrofida aylanuvchi fanerga doira (diametri 30sm) tayyorladilar va uni 16 qismga ajratdilar. Bu doira 1,2,3, . . 16 deb raqamlanadi. U 2 kattraoq doira (diametri 40sm) ichiga joylashtiriladi. Katta doiraning qoq yuqorisidan kichik doira tomon yo`naltirilgan ikki yo`nalish chizig`i (strelka) chiziladi.
Sinf har biri 5 o`quvchidan iborat guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh “Muqaddima” bo`limida o`tilgan ma`lumotlar bo`yicha 16 tadan savol-topshiriq tuzib, 16 ta xatjildga (konvertga) soladi va har bir xatjildni 1,2,3, . . 16 deb raqamlaydi.
O`yin guruxlar orasida o`tkaziladi. Qur`a tashlanib, guruhlarning tartibi belgilanadi. 1- va 2- navbatni olgan gurux o`yinni boshlaydi. Dastlab, 1-navbatni olgan guruh javob beradi. 2-guruhdan bir kishi kichik doirani aylantiradi. Doira aylanishdan to`xtagach, 1- guruh yo`nalish chizig`i ostidagi raqamga mos kelgan topshiriqni o`qiydi. 2-guruh bir daqiqadan keyin o`qib eshittirilgan savol-topshiriqqa javob beradi. Har bir guruh ikkinchisiga 5 marta savol beradi. Sinalayotgan guruh noto`g`ri javob bersa, so`rovchi guruh uni tuzatadi.
Agar bir soatda g`olib guruhni aniqlash imkoniyati bo`lmasa, o`yin davom ettirilishi mumkin. Hakamlar har bir savolni -3 ball bilan baholaydilar. Savol-topshir noto`g`ri tuzilgan bo`lsa, hakamlar bu guruh ballaridan har bir noto`g`ri savol uchun kelishilgan miqdorda ballni kamaytiradilar. Mukofot va jarima ballarning miqdori har bir mashg`ulot uchun alohida kelishiladi. Kelishilgan miqdorda ko`p ball yig`gan guruh o`yinni navbatdagi guruh bilan davom ettiradi. Ona tilidan sirtqi sayohat darslari. Sirtqi sayohat darslari muayyan bir mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilingandan keyin o`tkaziladi. O`quvchilar “Bilimlar mamlakati”ga sayohat qilib, turli holatlarga duch keladilar. Yo`lda duch kelgan qiyinchiliklarni enggan, ya`ni o`quv topshiriqlarini mustaqil bajargan o`quvchilarga tangalar (ballar) qo`yib boriladi. Topshiriqlarni tez va to`g`ri bajargan o`quvchilar sayohatni davom ettiradilar.
Topshiriqlar darsliklardan tanlanishi yoki o`qituvchi tomonidan tuzilgan bo`lishi mumkin. Masalan, sifatlarning ma’no guruhlari o`rganilgach, shunday sayohat darsini rejalashtirish mumkin. Bu darsda o`quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajardilar:
1-topshiriq. Berilgan sifatlarning ma’nosiga qarab
1) rang-tus sifatlari;
2) belgi-xususiyat sifatlari;
3) maza-ta`m sifatlari;
4) shakli-xajm sifatlari singari guruhlar orsidan tuzilgan (sinfda 4 o`quvchi shu ma’no guruhlari timsolida chiqadi).
So`zlar: oq, qirmizi, ol, sarg`ish, ko`kimtir, nofarmon, jigarrang;
Chuchuk, sho`r, nordon, taxir, qo`lansa, gavdali, novcha, semiz, baqaloq, pakana, shirinsuxan, kamgap; yassi, dumdumaloq, tor, keng.
2-topshiriq. Partadoshingiz bilan yoki guruhlararo sifatlarni o`z va ko`chma ma’noda qo`llash bo`yicha bellashing.
Namuna: achchiq sho`rva-achchiq gap; bemaza qovun-bemaza ish; nordon mastava-nordon piching; qizil ko`ylak-qizil yuz.
3-topshiriq. “Ot-rang” qolipli beshta qo`shma sifat hosil qiling.
Namuna: havorang, feruza rang.
4-topshiriq. “Kamalak” mavzusida tasviriy matn yarating (o`quvchi o`quvchilar tasavvurida kamalakni hosil qiladi yoki uning rasmini ko`rsatadi).
Darsning oxirida har bir o`quvchining sayohatda to`plangan tangalari (ballari) e`lon qilinadi va to`plangan tangalarga qarab o`rinlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |