10-ma’ruza: Ona tilidan ta’lim shakllari Reja



Yüklə 31,58 Kb.
səhifə6/7
tarix12.05.2023
ölçüsü31,58 Kb.
#111942
1   2   3   4   5   6   7
10-maruza

Tayanch tushunchalar

“O`quvchi - o`quv materiali-o`qituvchi” munosabatlari. O`quvchi ta’lim jarayonining sub`kti-faol ishlovchisidir. Buning ma’nosi shuki, mashg`ulot jarayonida asosiy ishni o`quvchilarning o`zi bajaradi. U til hodisalarini kuzatadi, taqqoslaydi, guruhlaydi, umumlashtiradi, qoida va ta`riflar siqaradi. Ularni amaliy faoliyatda tadbiq etadi.


Ona tili darslari- o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O`quvchi ona tilidan zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalarini asosan dars orqali oladi. “Dars” – bir xil sinfdagi o`quvchilar bilan qat`iy jadval asosida o`tkaziladigan mashg`ulot turi.
“Mashg`ulot” – darsga qaraganda keng tushuncha. Dars belgilangan qat`iy jadval asosida va qat`iy vaqt ichida o`tkazilsa, mashg`ulot dars bilan bir qatorda o`quvchilar bilan birga yoki yakkama-yakka holda o`tkaziladigan ta’limiy ishlarni ham o`z ichiga oladi.
Darsga ajratilgan vaqt 45 minutni tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar qo`yiladi: bu talablar quyidagilar:
DTS talablari doirasida:

  • O`quvchilar nutqini o`stirish, imlo savodxonligini oshirish, talaffuz me`yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o`qish uchun zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish;

  • Ta`lim prinsiplariga qat`iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to`g`ri belgilash;

  • Ta`lim, tarbiya va rivojlanishning uyg`unligini ta`minlash.

  • Qayta xotirlash, qisman ijodiy va to`liq va ijodiy topshiriqlar o`rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o`quv topshiriqlarga keng o`rin ajratish;

  • Bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishda o`quvchilar yosh, o`qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.

Ona tili darslarining tarkibiy qismlari:
I. Tashkiliy qism
II. Uy vazifasini tekshirish.

  1. O`tilgan mavzuni xulosalash.

IV. Yangi mavzu.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash.
VI. Xulosalash.
VII. Uyga vazifa.
VIII. Baholar izohi.


Yüklə 31,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin