O‘QUVCHILARNING BADIIY OLAMINI YUKSALTIRISHDA LUG‘ATLARDAN FOYDALANISH
Qurbonova Mahliyo
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy olamini yuksaltirishda lug‘atlardan foydalanish o’rni va ahamiyati xususida fikr yuritiladi. O‘quvchilarning so’z boyligini oshirish ona tili mashg’ulotlarining asosiy vazifalaridan biridir. Ular turli lug’atlar bilan tanishtirish va bu lug’atlardan foydalanish malakalarini oshirish muhim ahamiyatga ega. Lug’atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish avvalo ulardagi so’zdan foydalanish ehtiyojidan kelib chiqadi. Masalan bir so’zning imlosi, ma’nosi, ma’nodosh, qarama-qarshi ma’nosi, uyadoshlarini bilishni taqozo etadi. Lug‘at o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirishning muhim omilidir.
Dostları ilə paylaş: |