Key words: vocabulary, spelling, art world, promotion, student literacy.
Farzandlarimiz maktabda qancha ma’lumotli bo‘lsa, yuqori texnologiyali iqtisodiyot shuncha tez rivojlanadi va shuncha ko‘p jtimoiy muammolar hal etiladi. Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi, desam butun xalqimiz bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi deb o‘ylayman [1].
Dahaqiqat, vatan ostonasi maktabdan boshlanadi. Muhtaram Prezidentimzning yuqoridagi fikrlariga nazar tashlasak, haqiqatdan ham o‘quvchilar maktabga bilim olish uchun kelishadi. Jajji o‘g‘il-qizlarimiz endigina hayot ostonasi atalmish matabga – ilm maskaniga qadam qo‘yishlari bilan maktab, ona vatan, ustoz, kitob, tabiat va boshqa tushunchalar bilan batafsil tanishish orqali ham boshlang‘ich sinflardan lug‘at olamini boytib boradi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak yosh avlodni har jihatdan yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalashni boshlang‘ich sinfdan boshlashimiz kerak. Ma’lumki, kelajak yosh avlodimiz boshlang‘ich ta‘limda bilimlarni mustahkam egallasa, uning ertangi kuniga poydevor bo‘lishi shubhasizdir. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda bolaga bilim berishda va badiiy olamini boyitishda lug‘atlardan foydalanish samarali natija beradi. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish ona tili mashg‘ulotlarining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri ekanligi, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va bu lug‘atdan foydalanish malakasini shakllantirish bilan bir qatorda ularning badiiy olamini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Shu bois ham lug‘at ustida muntazam ishlash o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirish va badiiy olamini yuksaltirishning muhim omilidir. Lug‘at bu – ma’lum bir tilga oid so‘zlarning qandaydir maqsad, mavzu ostida yig‘ilgan ko‘rinishidir. O‘sha tilga oid so‘zni to‘g‘ri yozishda, uning kelib chiqish tarixiga oid tarkib jihatidan tahlil qilganimizda ham lug‘atlarga murojaat qilamiz. Lug‘at o‘quvchining bilimini kengaytirishda, so‘zlarni to‘g‘ri yozishda xato qilmaslikka, nutq madaniyatini puxta egallashda, ularda teran fikrlash qobilyatini oshirish bilan bir qatorda badiiy olamini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq malakasini mustahkamlashda lug‘atlardan foydalanishga yordam beradigan o‘yin mashg‘ulotlarini dars jarayonida koproq foydalanishga e’tiborni kuchaytirishimiz kerak. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda bolaning badiiy olamini yuksaltirishda lug‘atlardan foydalanish alohida o‘ringa ega. O‘quvchilar lug‘atga qiziqishlari orqali ularni qayerdan izlab topishni o‘rganishadi. Lug‘atlar turli-tuman bo‘lganligidan ular bilan ishlash turlicha bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan bola, shubhasiz, undan samarali foydalana oladi. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosiga e’tiborli bo‘lib ishlashdan maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchining nutqda foydalanish va nutqini anglashga erishishdir. Masalan, boshlang‘ich sinf darsliklarining oxirgi qismida lug‘atlar berilgan. O‘quvchilar ulardan foydalanib, o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarning lug‘atlaridan foydalanadilar. Masalan: Binafsha – bu gulning nomi, raketa – osmonga uchuvchi temir jism, telefon – aloqa vositasi, uchuvchi – osmonda parvoz qiladigan samolyot, vertolyot va boshqalarni boshqaradigan inson, gulxan – quruq shoxlarni yoqqanda undan chiqqan alanga va boshqalar orqali o‘quvchilar lug‘at boyliklarini yanada boyitadilar [2]. Darhaqiqat, matn va lug‘at ustida ishlash ona tili ta’lim jarayonida eng asosiy ishlardan biri ekanligini isbotlashning hojati yo‘q, chunki bunda lug‘atning o‘rni beqiyosdir. Matn ustida ishlashning bosh maqsadi o‘quvchilarda mukammal nutq malakalarini va lug‘at boyliklarini shakllantirishdan iborat. Masalan, 3-sinf ona tili darsligining 229-mashqida rasmga qarab matn tuzish berilgan [3]. Ushbu mashqni bajarish orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlari boyitiladi. Mashqda berilgan rasm yozuv taxtasiga ilib qo‘yiladi va o‘quvchilar fikri tinglanib oxirida xulosalanadi. Rasmdagi ikki kishining telefon orqali suhbatida, eng birinchi, kichik yoshli o‘quvchi “assalomu alaykum” so‘zi bilan boshlashni o‘quvchilar aytadilar, uning ma’nosi “sizga sog‘lik tilayman” deyilgani aytib o‘tiladi. Darhaqiqat, “salom” odobning boshi hisoblanadi. Salomlashishning turlari ham juda ko‘p. Masalan, “assalomu alaykum” deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yish ham, qo‘l berib ko‘rishish ham salomlashishning belgisidir. Bunda o‘quvchilarning fkrlash qobilyati va dunyoqarashini o‘stirish uchun savol beriladi:
Dostları ilə paylaş: |