O‘quvchilarning badiiy olamini yuksaltirishda lug‘atlardan foydalanish



Yüklə 34,37 Kb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü34,37 Kb.
#46702
1   2   3   4   5
2 5188243424674845792

1-savol. “Assalomu alaykum” so‘zini kim birinchi bo‘lib aytishi kerak? O‘quvchilar javobi: kichkinalar, kattalar – ikkalasi ham birdaniga berishi kerak. To‘g‘ri javob: avvalambor xoh kichik, xoh katta bo‘lsinyaxshi tarbiyali inson birinchi bo‘lib salom berishi kerakligini tushuntiriladi. Lekin kichiklar kattalarga salom bersa to‘g‘ri bo‘lishi ham ta’kidlanadi va bu orqali oquvchilarning axloqiy tarbiyasi yuksaltiriladi. 2-savol. Mehmonxonada mehmonlar o‘tirishibdi. Rustam mehmonxonaga kirib keldi. Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak? O‘quvchilar javobi: Rustam, mehmonlar. To‘g‘ri javob: har doim eshikdan kirib kelgan yoshi kichik odam salom berishi kerak. 3-savol. Salomlashishning qo‘l berib ko‘rishish usulida kim birinchi bo‘lib qo‘lini uzatish kerak? O‘quvchilar javobi: kichik yoshli inson. To‘g‘ri javob: katta yoshli inson qo‘l uzatsagina kichik yoshdagi inson ko‘rishishi kerak, chunki katta yoshli kishi ko‘rishishni istamasa, kichik yoshdagi inson izza bo‘lishi mumkun, shu sababdan ham katta yoshli inson birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi kerak.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan mavzuga doir bo‘lgan barcha elementlarga rioya qilinsa, quydagilarga erishish mumkin.



  1. O‘qituvchilar lug‘atshunoslik haqidagi bilimlarni puxta egallagan bo‘lishsa, ular har tomonlama o‘quvchilar badiiy olamini lug‘atlar orqali boyita oladi.

  2. Har bir darsda o‘quvchilar rasm asosida ko‘proq og‘zaki matn tuzishsa, so‘z boyliklari yanada boyiydi. Masalan, rasmlar ilova qilinadi.

3. O‘quvchilarga atrof-muhit, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari orqali matn tuzishda lug‘atlarga ko‘proq murojaat etsa, lug‘at orqali, ularning badiiy olami yanada boyiydi.

4. Ona tili darsida o‘quvchilar faqatgina mashqlar bajaribgina qolmay, nutq madaniyatini o‘stiradigan matnlar tuzishlari lozim.

5. Lug‘atlar orqali maqollarga ko‘proq murojaat etib dars davomida foydalansak, o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalaymiz.

6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga juda qisqa muddat ichida og‘zaki testlardan foydalanib, ularni milliy urf-odatlarimizni o‘rgatish bilan birga dunyoqarashini o‘stirishimiz kerak.

7. Dars davomida har kuni lug‘atdan foydalansak, o‘quvchilar ko‘proq kitobning qayeridan darsga oid lug‘at so‘zlarni topish malakalari oshadi.

8. O‘quvchilarga qiziqarli bo‘lgan lug‘atlar asosida har xil o‘yinlardan foydalanilsa, ko‘proq natijaga erishamiz.



Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy olamini yuksaltirishda lug‘atlardan foydalanish eng samarali usullardan hisoblanadi. Shu bilan birga darslikka murojaat qilish, mashqlar bajarish maqsadga muvofiqdir. Zero, kitobni sevish hamda undan unumli foydalanish o‘quvchini ajoyib suhbatdosh, topqir va har tomonlama bilimdon shaxs qilib kamol toptiradi. Lug‘atlarni puxta o‘zlashtirish orqali esa yosh avlodning badiiy olami yuksaladi va dunyoqarashi kengayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ibragimova F. Pedagogik konfliktologiya (magistrlar uchun o‘quv-uslubiy majmua). Jizzax 2020. B. 32-33. Ibragimova F

  2. Xudoyberganova M., Yo‘ldoshova Sh., Fuzalov S. 3-sinf ona tili darsligi. Toshkent. 2019. B. 48-49.

  3. Xudoyberganova M., Yo‘ldoshova Sh., Fuzalov S. 3-sinf ona tili darsligi. 229-mashq. Toshkent. 2019. B. 82.

Yüklə 34,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin