10-ma’ruza. Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili (Yaponiya)



Yüklə 31,15 Kb.
səhifə1/5
tarix28.04.2023
ölçüsü31,15 Kb.
#104500
  1   2   3   4   5
10-ma’ruza. Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya ja


10-ma’ruza. Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili (Yaponiya).

1.Yaponiya ta’lim tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari.


2. O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari ta’lim-tarbiya jarayonining qiyosiy tahlili.
3.O‘zbekiston va Osiyo davlatlarida maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim.

Tayanch iboralar: nippon, dz’yuku, boshlang’ich maktab, o’rta maktab,oliy maktab.

Yaponiya – Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Uning hududida 6,5 mingga yaqin orol bor. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Yaponlar o’z davlatlarini “Nixon”, “Nippon” deb atashadi. Uning ma’nosi “Kunchiqar mamlakat” deganidir.


Maydoni 377,8 ming kv.km. Aholisi 127 mln. 960 ming kishi (2011 y). Aholisi bo’yicha dunyoda 10 o’rinda turadi. Poytaxti – Tokio shahri.
1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi o’z faoliyatini boshlagan. Davlat boshqaruvi konstitutsion parlamentar monarxiyaga asoslangan. Konstitutsiyaga ko’ra, Yaponiya imperatori davlatni boshqarishda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Barcha davlatlararo rasmiy uchrashuvlarda imperator davlat boshlig’i sifatida qatnashadi.
Akixito 1989 yildan beri Yaponiya imperatori bo’lib kelmoqda.
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota - onalar qanchalik omilkorlik bilan yondashayotganligini guvohi bo’lamiz.
Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Buni to’liq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash kifoya.
Zamonaviy ta’lim tizimi bosqichlari
1. ASOS SOLISH BOSQICHI (1868-1885 yillar). Zamonaviy ta’limning ilk ustunlari yaratildi.
2. BIRLASHISH BOSQICHI (1886-1916 yillar). Turli xil maktab qonunlari chiqa boshladi, sistematik ta’lim tizimi yaratildi.
3. TARQALISH BOSQICHI (1917-1936 yillar). Ta’lim tizimi Ta’lim bo’yicha Favqulodda kengashning tavsiyalariga asosan rivojlantirildi.
4. HARBIY BOSQICH (1937-1945 yillar). Harbiylashgan ta’limning cho’qqisi davri.
5. ZAMONAVIY BOSQICH (1945 yildan hozirga qadar).
Yapon ta’limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat’iy shiori bo’lib, biri “Fukoku- kioxsi” — boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa “Siokusan kogio”-ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda “Ta’lim haqida Qonun” qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta’lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta’minlashga samarali xizmat qiluvchi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ich 256 ta o’rta maktab, 8 ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta’lim shakllari ma’rifatli G’arb ta’lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik boshlang’ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila boshlandi.
1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-kizlar uchun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta’lim berilardi.
1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag’lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tamoyillari kirib kela boshladi.
1946 yilda qabul qilingan Konstitutsiya Yaponiya fuqarolarining ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barcha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart» ekanligi belgilab qo’yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta’lim haqida Qonun» Yaponiya konstitutsiyasi ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta’limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, o’zining qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». Shunday qilib, Yaponiya’ning Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi kunda qat’iy markazlashdi, ilg’or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta’lim tizimlari qaror topdi.
Majburiy ta’lim
O’quv yili aprel oyidan boshlanadi. Boshlang’ich hamda o’rta maktab barcha uchun majburiy hamda bepuldir. Boshlang’ich maktab o’quvchilari (1-6 sinflar) uchun uyga vazifa berilmaydi. Biroq o’rta (7-9 sinflar) va oliy maktab (10-12 sinflar) o’quvchilari uchun ko’p uy vazifasi beriladi.
1. Boshlang’ich maktab 6 yil.
2. O’rta maktab 3 yil.
3. Oliy maktab 3 yil.

Yüklə 31,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin