Leykotsitlar Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari qonning yadroli qon hujayralari bo`lib diametri 4 14 mikronga teng, har 500 eritrotsitga 1 leykotsit to`g`ri keladi. Bola tug`ilgan vaqtda uning qon tarkibida leykotsitlar ko`p bo`lib, 1 mm3 qonda ularning soni 25-30 mingta bo`ladi. 10-15 kun o`tgach ular soni kamayib 12 yoshda 10 dan 12 mingacha kamayadi. Katta odamlar 1 mm3 qonida 7-8 ming dona leykotsit bo`ladi. Leykotsitlarnig soni organizmning holatiga, ovqatlanishiga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o`zgarb turadi. Odam charchaganda ular soni kamayadi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa bezlarda hosil bo`lib, 2-5 kun yashaydi. Leykotsitlar 3 gruppaga bo`linadi; 1) Donador leykotsitlar; 2) Donasiz leykotsitlar va 3) Monotsitlar.
Donador leykotsitlar o`z navbatida 3 gruppaga bo`linadi: neytrofillar, eozanafillar va bazafillar.
Kichik yoshli bolalarda leykotsitlardan limfotsitlarning protsent miqdori ortiq bo`ladi.
Leykotsitlarning ko`rsatilgan miqdordan ortib ketishi leykotsitoz deb atalsa, miqdordan kamayib ketishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlarning vazifasi organizmni turli mikroblardan himoya qilish immunitet faoliyatini oshiradi. Leykotsitlarning yod moddalarni yutish xususiyatini I.I.Mechnikov fagotsitoz deb atagan.
Immunitet. Odam organizmining antitila va antitoksinlar ishlab chiqarish ular orqali yuqumli kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o`zini himoya qilish xususiyati immunitet deb ataladi. Immunitet 2 xil, ya'ni tug`ma va ortirilgan bo`ladi. Tug`ma immunitet onadan bolaga o`tadi. Lekin u doimiy bo`lmaydi va bolaning birinchi yoshidayoq o`z kuchini yo`qotadi. Odamning hayoti davomida ortirilgan, ya'ni uning o`z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet (antitela va antitoksinlar) o`z navbatida 2 xil bo`ladi: tabiiy va suniy immunitet. Tabiiy immunitet odam biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalishi natijasida hosil bo`ladi va bir umr saqlanadi. qizamiq, chechak, tenki, bug'ma, ko'k yo'tal va boshqalarda shunday bo'ladi. Sun'iy immunitet esa emlash natijasida hosil qilinadi. Palimiyelit, bug'ma,ko'k yo'tal, qoqshol, vabo, qora chechak va boshqalarda emlanadi. Sun'iy immunitetning faol turida bir umr kasal bo'lishi mumkin.
Trombotsitlar. trombotsitlar yoki qon plastinkalari qonning shaklli elementlari orasida eng maydasidir. Diametri 2-4 mikronga teng. Ular suyaklarning ko`mik qismida va taloqda hosil bo`ladi.
Trombotsitlar ham yoshga qarab o`zgarib boradi. Katta odamlarda 1mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-370 ming, 2-3 yoshda 150-300 ming, 3-4 yoshda 356-370 ming trombotsitlar bo`ladi. Trombotsitlar qonning ivishida muhim rol o`ynaydi. Muskullarning harakati bilan bog`liq jismoniy ish bajarilganda trombotsitlar miqdori ortadi. Bu hodisani miogen trombotsigoz deb ataladi.
Qon ivishi katta biologik ahamiyatga ega bo`lib, organizm jaroxatlanganda qon yo`qotishdan saqlaydi. Organizm jaroxatlanganda qon chiqqan trombotsitlar yoriladi va ulardan chiqqan maxsus modda-serotonik qon tomirlarini torayishini ta'minlaydi.