atrofida o`z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o`qitash usuldir.
Shukurov F.B.
«Davra suhbati» usul qo`llanilganda stol-stullarni doira shaklida
joylashtirish kerak. Bu har bir o`quvchining bir-biri bilan «ko`z aloqasi»!»
o`rnatib turishiga yordam beradi.
Davra suhbatining og`zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra
suhbatida o`qituvchi mavzuni boshlab beradi va o`quvchilardan ushbu mavzu
bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so`raydi va aylana bo`ylab har bir
o`quvchi o`z fikr-mulohalarini og`zaki bayon etadi. So`zlayotgan o`quvchini
barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo`lsa, barcha fikr-
mulohazalar tinglanib bo`lingandan so`ng muhokama hilinadi. Bu esa
o`quvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam
beradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib,har bir
o`quvchiga konvert qog`ozi beriladi. Har bir o`quvchi konvert usgiga ma`lum bir
mavzu bo`yicha o`z savolini beradi va yonidagi o`quvchiga uzatadi. Konvertni
olgan o`quvchi o`z javobini qogozga yozib, konvert ichiga solib qo`yadi va
yonidagi o`quvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo`ylab harakatlanadi.
YAkuniy qismda barcha konvertlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: