Tahliliy qism:
Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning
kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o'zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda "axborot tushunchasi" sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga
almashtirish mumkin bo’lgan mahsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda.
Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan
kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda.
Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda
kirishdan, qasddan o’zgartirishdan, uni o’g’irlashdan, yo’qotishdan va boshqa
jinoiy xarakterlardan ximoya qilishga kuchli zarurat tugiladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda,
berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini
tizimli tarzda ta'minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo’llash, choralarni
ko’rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
Axborotni himoya qilish deganda:
- Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot
elementlarining buzilishi, yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
- Axborotning
butunligini
saqlab
qolgan
holda,
uni
elementlarini
qalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
- Axborotni tegishli huquqularga ega bo’lmagan shahslar yoki jarayonlar
orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
- Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat
tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar
tushuniladi.
Yuqorida ta'kidlab o’tilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoqlari va
tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib
chiqadi. Shuning uchun hozirgi mavzu Respublikamizning oliy va o’rta maxsus
o’quv muassasalari o’quv rejalarida munosib o’rin egallaydi.
Ushbu mavzuning vazifalari:
O’quvchilarda kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligi
to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish;
Axborotni ximoya qilishning nazariy, amaliy va uslubiy asoslarini berish;
O’quvchilarga kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligini
ta'minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo’llashni nazariy jixatdan
o’rgatish;
O’quvchilarni axborotni ximoya qilish bo’yicha ishlab chiqarilgan turli hil
dasturiy maxsulotlardan erkin foydalana olish imkonini beradigan bilimlar
bilan ta'minlash;