Digital Signature - Raqamli imzo. Axborotning raqamli izi(daydjesti)ning
shu axborotning xaqiqiyligini tasdiqlovchi sub'ektning maxfiy kaliti bilan
shifrlangan shakli. Raqamli imzo shu sub'ektga tegishli ekaniga ishonch xosil
qilish uchun axborotning raqamli izini hammaga ma'lum bo'lgan funktsiya asosida
hisoblab topib, natijani raqamli imzo egasining oshkora kaliti bilan ochilgan
imzosi bilan taqqoslash (verifikatsiyalash) yetarli.
Documented information - Xujjatlashtirilgan axborot. Moddiy tashuvchida
aks etgan va uni belgilovchi rekvizitlarga ega bo'lgan muayyan axborot.
Encryption - Shifrlash. Axborotni undan xabardor bo'lishi lozim bo'lmagan
shaxslar uchun mutlaqo tushunarsiz shaklga keltirish amali, ximoya usuli .
Enforcement - Majburlash. Foydalanuvchi yoki ijrochiga nisbatan moddiy
yoki jinoiy javobgarlik taxdidi ostida axborot jarayonlari koidalarining
bajarilishiga erishishga asoslangan ximoya usuli.
Identification - Identifikatsiya. Ko'rsatilgan identifikatorni uning egasiga
takdim etilgan identifikator bilan takkoslash.
Identifier - Identifikator. Axborot jarayoni subekti , vositasi va
obekti(axborot)ga takdim etiladigan, fakat unga biriktirilgan noyob belgi, simvollar
qatori.
Dostları ilə paylaş: |