VII. Ilovalar.
Golasariy:
Active attack - Tajovuz. Xavfsizlikka tah didning yuzaga chiqishi.
Active threat - Xavfsizlikka taxdid. Qasddan tizimning xolatini
yomonlashtirishga qaratilgan muayyan turdagi xavf-xatarning ma'lum extimolligi.
Authentication information - Autentifikatsiya axboroti. Muayyan axborot
manbaining yo uni egasining aslini bilib olish uchun ishlatiladigan axborot.
Buknday axborot sifatida raqamli imzo, xujjat izi, manba' izi va sh.o'. bo'lishi
mumkin.
Authentication- Autentifikatsiya. Muayyan axborot manbaining yo uni
egasining aslini bilib olish. Bu maqsadda nosimmetrik kriptotizimdan
foydalanilganda hujjatning aslini (kelib chiqishini) xujjat tuzuvchining raqamli
imzosi vositasida aniqlab olinadi. Autentifikatsiya keng ma'noda qaralganda
axborotning manba'idan qat'iy nazar uning faqat ichki tuzilmasi asosida butunligini
aniqlashdir.
Dostları ilə paylaş: |