Shukurov F.B.
Private Key - Maxfiy kalit. Bilishi shart bo'lgan sub'ektlardan boshqa
xechkimga oshkora qilinmaydigan kalit. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va
shifrni ochish uchun, nosimmetrik kriptotizimlarda raqamli imzo qo'yish va
axborot shifrini ochish uchun ishlatiladi.
Private Keyring - Maxfiy kalitlar boylami. Boylam egasiga tegishli bir yo
undan ortiq maxfiy kalitlar to'plami.
Protection model - Ximoya modeli. Axborot ximoyasi tizimini aks ettirib,
uni xavfsizlik darajasini tadqiq etishga imkon beruvchi tizim.
Public Key - Oshkora kalit. Axborotni shifrlash va
raqamli imzoning
to'g'riligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Oshkora kalit boshqalarga erkin
tarqatiladi va birov uni bilgan bilan unga mos maxfiy kalitni hisoblab topaolmaydi.
Public Keyring - Oshkora kalitlar bog'lami. Oshkora kalitlar to'plami.
Uning tarkibida boylam egasining ham o'z oshkora kaliti bor.
Public-Key Cryptography - Oshkora kalitli(nosimmetrik) kriptografiya.
Oshkora va maxfiy kalitlar juftidan foydalanishga asoslangan va ishlatiladigan
aloqa kanalining himoyalangan bo'lishini talab qilmaydigan kriptotizimlar
texnologiyasi.
Regulation - Tartibga solish. Axborotga beruxsat munosabatda bulishni
minimumga keltirishga qaratilgan texnologiyaga asoslangan ximoya usuli.
Screening - Ekranlash. Tarmoklararo ekran(branmauer)ning ruxsat
etilmagan tashki axborot okimlarini utkazmay ichki tarmok xavfsizligini saklash
vazifasi.
Security audit - Xavfsizlikni tekshirish. Axborot tizimi va tarmog'ining
hamda axborotlarning xavfsizlik xolatini tekshirib baholash.
Security model - Xavfsizlik modeli. Axborot xavfsizligi siyosatining formal
ifodasi.
Security policy - Xavfsizlik siyosati. Axborot xavfsizligini taminlashga va
tajovuz oqibatlarini tugatishga qaratilgan meyorlar majmui.
Signature - Imzo. Maxfiy kalit vositasida hosil qilinadigan raqamli kod.
Imzo uni verifikatsiyalash jarayonida axborot
aslini(manba'ini,egasini,tasdiqlovchisini) aniqlash imkonini beradi. Raqamli imzo
maxfiy kalit va imzolanayotgan xujjat mazmunining funktsiyasidir.
Dostları ilə paylaş: