10-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


tangriga o’z hohishi bilan yuzlashish



Yüklə 141,27 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü141,27 Kb.
#179014
1   2   3   4   5   6   7
10-MAVZU

tangriga o’z hohishi bilan yuzlashish; zuhd fi dunyo-har qanday lazzatdan o’zni tiyish; tavakkul- Ollohga e’tiqod va bu yo’ldan har qanday nopok narsalardan voz kechish; qanoat; uzlat-xilvatni ixtiyor qilish; mulozamat az-zikr; tavajjuh-Xudoga muhabbat qo’yish; nafsni yengish; muroqaba-tafakkur, mushohada qila bilish; rizo-Xudo xushnudligi erishish.
Tasavvuf (naqshbandiya) tariqati ma’naviy-axloqiy ta’limot sifatida Temur va Temuriylar davrida xalq mafkurasiga aylanadi va kishilarni mo’g’ul istilosiga qarshi kurashga, bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi. Amir Temurning “Kuch-adolatda” degan shiori mazmuni naqshbandiya tariqatining “Dil ba yoru dast ba kor” tamoyili bilan yo’g’rilgan edi. Temuriylar davrida Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ijodkorlar naqshbandiya tariqati tamoyillari asosida ijod qiladilar va uning g’oyalarini hayotga tadbiq etishda ibrat namunalarini ko’rsatadilar.
Abdurahmon Jomiy (1414-1492)ning “Bahoriston” asarida muhabbat, baxt, burch, yaxshilik va yomonlik kabi axloqiy mezoniy tushunchalar xususida fikr yuritiladi. Ularning mazmun mohiyati kichik-kichik, hikoyalar, masallar, qit’alar orqali ifodalanadi.
Shuningdek, «Bahoriston»da Jomiy o’z davrining muammolari, g’oyalari, umuminsoniy, axloqiy tamoyillar haqidagi qarashlarini bayon etadi. Shuning uchun bu kitob faqat Sharqdagina emas, G’arbda ham mashhur bo’lib ketdi. U 1846 yilda nemis tiliga, 1882 yilda ingliz tiliga, 1925 yilda fransuzchaga, 1935 yilda rus tiliga tarjima qilinadi. Bu yerda asardagi hikoyatlardan ba’zilarini keltirib o’tamiz. «Ikki donishmand orasida ishq-muhabbat haqida so’z ketdi. Biri dedi: - Ishqning xosiyati hamisha mehnatu balodur va hammavaqt oshiqning tortgani xasratu jafodir. –Jim bo’l! Dedi unga ikkinchisi. – Sen hech qachon jangdan keyingi sulhni ko’rmagansan, firoq ketidan visol kayfini surmagansan, sof dillilik oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas va agar bu andishadan uzoq bo’lsa, undan iflosroq kishi bo’lmas».
Qit’a
Ishq nurining jilvasi mardlar dilin jamoli,
Dili go’zal bo’lmaganga, mayl qilmas muhabbat!10
Jomiy «Xaft avrang» asarida yozadi:
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom
Yaxshilik qil, yaxshilik qilg’il mudom.
Yaxshilikni sen o’zingga pesha qil,
Hyech kishiga ranju ozor bermagil.11
Buyuk shoir o’zining aytganlariga umri davomida amal qilib yashaydi. Shu bois Alisher Navoiy uni «Kamolot cho’qqisining nurli quyoshi deb ataydi».
Alisher Navoiy (1441-1501) insonni oliy qadriyat deb biladi va bunga har bir kishi eng avvalo o’zida axloqiy fazilatlarni shakllantirish orqali erishadi. Inson bu dunyoga bir marta kelar ekan, deb uqdiradi mutafakkir shoir o’zida ana shunday fazilatlarni kasb etib yashamog’i kerak:
Kamolot kasb etkim olam uyidin,
Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak biaynih,
Erur hammomdan nopok chiqmoq.
Uning “Mahbub ul-qulub”(«Qalblar sevgilisi») asari bevosita axloqiy masalalarga bag’ishlangan bo’lib, unda axloqiy me’yorlar, tamoyllar o’git, hikmatlar tarzida bayon etiladi. Ushbu asar buyuk shoirning umri oxirida(1500-1501) yilda yozilgan bo’lib , uning davomida to’plangan hayotiy tajribasi, umrguzaronligining sarhisobidir. Asar uch qism va xotimadan iborat.
Birinchi qism- «Xaloyiq ahvoli, fe’l atvori» da u o’zi yashagan jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarning o’rni, vazifasi, burchiga bo’lgan munosabatlari haqida fikr yuritiladi. Bunda odil shohlar, vazirlar, amaldor qoziyu beklarning burchlari hikmatli tavsiflarda bayon etiladi. Biz bularni bugungi axloqshunoslik fanida « kasb odobi», «etiket», «muomalo odobi» kabi tushunchalar bilan ifodalaymiz.Shunga ko’ra ushbu hikmatu, o’gitlar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Bu o’rinda undagi 12-13- qozilar va qonunshunos muftilar to’g’risidagi fasllardan ba’zi iqtiboslar keltirib o’tamiz. «Agar qozi» poraxo’r bo’lsa, islom dini qo’rg’oniga rahna soluvchi bo’ladi; agar u o’zi pora berib, qozilik mansabiga o’tirgan bo’lsa, pora evaziga shariat qonuni buza oladi. Qozi qonun yo’lidan bir qadam hali toymasligi- to’ri yo’ldan chiqmasligi lozim».
«Mufti (islom dini huquqshunosi- izoh bizniki) hiylagarlik bilan yolg’on fatvo(xukm) yozar ekan, u qalamining uchi bilan shariat yuzini qora qilgan bo’ladi, shu qilgan ishi uchun haq olib, o’z moliga qo’shsa-dinni dunyoga(molga) sotgan bo’ladi . Bunday mufti –odam o’ldiruvchi tabibdir. Fatvo berishda pul evaziga «ha» yoki «yo’q» degan hukmni qilgan bo’lsa, u qalam tebratuvchining qo’lini qalamdek kesmak kerak».12
Kitobning ikkinchi- «Yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida» deb nomlangan qismida odob,xulq bilan bog’liq axloqiy me’yorlar xususida fikr yuritiladi. Xususan,bunda hozirgi axloqshunoslikda tasniflanmaydigan «Tavba», «Tavoze’», «sabr-qanoat»ni insonning muhim axloqiy fazilati deb tafsiflaydi: Shu haqda iqtiboslar keltirib o’tamiz: «Tavba –gunohkor bandaning ko’ngil ko’zgusini gunoh zangidan tozalaydi; avf sayqali bilan u ko’zguning yuzini yoritadi. Tavba-baxtsizlik yo’lining oxiri va to’g’rilik yo’lining boshlanishidir; u takabburlik g’aflatidan seskanmoq va bashariyat uyqusidan uyg’onmoq va o’zining noloyiq ahvolini anglamoq va behuda fe’llarini tashlamoqdir».13
«Tavoze’(odob saqlash, xokisor, kamtar bo’lish- izoh bizniki) xalqning muhabbatini jalb qiladi, odamlarni u bilan do’stlashtiradi. Tavoze’- takabbur muxolifga muloyim va kamtarlik yo’lini ko’rsatadi. Tavoze’li(odobli) inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir».14
«Mahbub ul-qulub» ning uchinchi qismi «Turli foydali maslahatlar va maqollar» deb ataladiki, u mohiyatan o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan pandnomadir. U o’z ichiga har biri g’oyat teran falsafiy mazmunga ega bo’lgan 117 ta tanbihlar (hikmatli o’gitlar) ni oladi.Ularning har biri hadisona mazmunga ega o’git, pand- nasihatlardir. Agar aytish joiz bo’lsa, mazkur tanbihlar inson komilligi haqidagi tamoyillardir. Ulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz.
«Eshitmoq-kishini boyitadi; ko’p gapirmoq_ sayozlatadi. Ko’p gapirgan- yanglishadi. Ko’p yegan- ko’p yiqiladi. Tan kasalining sababi- ko’p yemakdir, qalb kasalining sababi – ko’p demakdir».15
«Saxovat- insoniyat bog’ining hosildor daraxti, balki u daraxtning mevasidir… Yer tagida yashirinib yotgan xazinaning tuproqqa foydasi tegmaydi».16
«Ilm o’rganmoq- e’tiqodni mustahkamlashdir, ammo boylik orttirmoq uchun emas».17
XV asrdan boshlab Ovro’pada uyg’onish davri boshlanadi va bu keyinchalik Yangi— ilm-fan, ma’rifatning rivojlangan davrning shakllanishiga zamin tayyorlaydi. Uyg’onish davridagi axloqiy qarashlar gumanizm-insonparvarlik g’oyalari ta’sirida rivojlanadiki, bunga Lorenso Valla, Nikallo Makiavellalar katta hissa qo’shadilar.
L.Valla (1407-1457) “Haqiqiy va yolg’on ezgulik”, “Ixtiyor erkinligi haqida” nomli asarlarida barcha jonzotlarning tabiatan o’zini asrashga va iztirobdan qochishga intilishini ta’kidlaydi va buni o’zining axloqiy qarashiga asos qilib oladi. U muhabbat, ixtiyor erkinligi masalalarini ana shunday biologik qarashidan kelib chiqqan holda tavsiflaydi. Uningcha, muhabbat lazzatga o’xshash hissiy idrok etishdir, ixtiyor erkinligi esa har bir kishining yaxshi yashash uchun intilishi va yomonlikdan qochishidir.
M.Makiavelli (1469-1577) axloqshunoslik masalalarini din, siyosat bilan bevosita bog’liq tarzda talqin qiladi. Uning bunday qarashlari “Podshoh”, “Tin Liveyning birinchi dekadasi” asarlarida bayon etiladi.
I. Kant va G.Gegellar Yangi davr axloqshunosligi rivojiga katta hissa qo’shgan nemis mumtoz falsafasining namoyandalaridir.
I.Kant (1924-1804)ning axloqiy qarashlari undan keyingi davr axloqshunosligiga katta ta’sir ko’rsatadi. U “qat’iy imeriativ” (“mutlaq buyruq”) yoki “axloqning oltin qoida”si degan nom olgan g’oyani ilgari suradiki, unga muvofiq mazkur buyruq (imperitiv) xatti-harakatning mazmuniga bog’liq bo’lmagan holda xulq-atvorning yalpi umumiy qonuni bo’laoladigan qoidaga amal qilishni talab etadi.
Mazkur qoidaning muhim talabi: bu “ ... faqat shunday qoidaga muvofiq harakat qilki, unga amal qilish barobarida uning eng umumiy qonun bo’lib qolishini xohlab qolishing mumkin bo’lsin”18.
Kantning fikricha, insonning tabiiy mayllari irodaga ta’sir o’tkazadi va ayni paytda iroda erkin aql yordamida o’rnatilgan qonunga bo’ysunadi. Bu axloqiy majburiyat-amr sifatida qat’iy imperativ-mutlaq buyruq mavqyeiga egadir. Va shundan kelib chiqqan holda axloqiylikning mezoni adolatdir, deb hisoblaydi faylasuf.
Kantning axloqiy qarashlari uning “Xulqlar metafizikasi”, “Axloq metafizikasi” asarlarida o’z aksini topgan.
V.Gegel (1770-1831) axloqshunoslik masalalalarini huquq, siyosat bilan bog’liq tarzda talqin qiladi. Uning axloqiy imperiativ haqidagi qarashi shunday: “Qonunlar harakat qilmaydi, balki faqat inson harakat qiladi”.
U cherkovning tarkidunyochilik axloqiga qarshi chiqadi va har qanday fazilat “Huzur-halovat baxsh etsa, shunchalik saodatga eltadi”, deb hisoblaydi.
Eng yangi davr axloqshunosligi bevosita shu davr falsafiy fikri uchun xos bo’lgan irrasionalizm (lot. Irrationalis-g’ayri aqliy) uslubi ta’sirida rivojlanadi. Ekzistensiyachilik, pragmatizm, pozitivizm, ruhiy tahlil kabi axloqiy yo’nalishlar ana shunday uslubiy ta’sir natijasida shu davrda yuzaga keladi.
Eskzistensiyachilik (lot.Existenlia-mavjudlik) XX asr axloqshunosligidagi yetakchi yo’nalishdir. Mazkur ta’limotda kishining har lahzada hayot va o’lim oralig’ida kechadigan ichki kechinmalari mavjudligi asosiy masala sifati olib qaraladi. Ushbu ta’limot nemis faylasufi Karl Yaspers (1983-1869) tomonidan ilgari suriladi va undan keyinchalik fashizmning g’oyaviy quroli, mafkurasi sifatida foydalaniladi. Chunki Yaspers insondagi zo’rlik, shafqatsizlikka moyil biologik jihatlarni uning ma’naviy-axloqiy javobgarlikdan ozod holatdagi mavjudligi tarzida talqin qiladi. Keyinchalik ekzistensializmga fransiyalik Jon PolSartr (1905-69) tomonidan gumanizm ruhi singdiriladi.
Pragmatizm AQSh da yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari (Ch.Pirs, J.Dyui) axloqiy me’yorlar, normalar kishining foydali faoliyati talablariga bo’ysinadi, degan qarashni ilgari suradilar. Shunga ko’ra, deb hisoblaydi ular, axloq kishi xatti-harakatlari, fe’l atvorlarining normalari emas, balki uning istak va niyatlaridir. Va ular har bir kishining o’z hohishi, o’z maqsadi bor bo’lgani uchun ularda shunga muvofiq o’zi uchun nima yaxshi va nima yomon ekanligini aniqlashga yordam beruvchi axloqiy me’yori, o’lchovlari bo’ladi.
Ruhiy tahlil ta’limotining asoschisi avstriyalik psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) bo’lib, u axloqiy masalalarni kishi ruhiyatida muhim mavqyeni egallovchi ongsizlik hodisasi orqali talqin qiladi. Freydning fikricha, inson shaxsi uchta-Id,Ego, Superego komponomentlarining o’zaro birligidan tashkil topadi. Freydning fikricha, ongsizlik inson shaxsi tarkibidagi Markaziy komponentdirki, u inson tanasining ichki ehtiyojidan kelib chiqadi. Ongsizlikda hech qanday zamon ta’siri bo’lmaydi va unda hech qanday yaxshilik ham, yomonlik ham yo’q, u axloqiy me’yorlarga bo’ysinmaydi.
Inson shaxsi tarkibidagi Ego (onglilik) va Superego(oliy ong) komponentlari bevosita Id bilan bog’liqdir. Ego Id negizida, Superego esa Ego zaminida vujudga keladi. Shaxsdagi barcha axloqiy me’yorlar, xulq-atvor talabalari Superego komponentida mujassamlashadi va ma’naviy-axloqiy taqiqlar qatlamini hosil qiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Ovro’pa Sharq mamlakatlarida ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy o’zgarishlar turli yo’llar bilan Turkiston hayotiga ham kirib kela boshlaydi. Bu davrda Rossiya chorizmi 1870 yilga kelib Qo’qon xonligini bosib oladi va Buxoro hamda Xiva xonliklarini o’z vassaliga aylantiradi. Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachiligiga qarshi kurashi- jarayonida ma’rifatchilik harakati yuzaga keladi. Mazkur harakat yangi taraqqiyot, ilm-ma’rifatga chaqiruvchi, millatni uyg’otuvchi kuch sifatida maydonga keladi. Asta-sekin ma’rifatchilik harakatidan jadidchilik o’sib chiqadi. Va u yangicha ta’lim-tarbiya maktab, maorif tizimini yo’lga qo’yish masalalarini kun tartibiga qo’yadi. Bu davrda Ahmad Donish, Berdaq, Abay, Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvarlar yetishib chiqadi.
Ahmad Donish (1827-1897) mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni tanqid ostiga oladi. O’z yurtining Ovro’pa mamlakatlaridan iqtisodiy, madaniy jihatdan orqada qolishning asosiy sabablarini ko’rsatib berishga harakat qiladi.
Uning fikricha, agar hukmdor adolatli siyosat yuritsa, ilm-fan, san’atning gullab-yashnashiga yo’l ochib bersa, mamlakat obod bo’ladi, xalq farovonlikka erishadi.
Qoraqalpoq shoiri Berdaq (1927-1900) “Axmoq podsho”, “Xalq uchun”, “Bo’lgan emas” kabi asarlarida axloqiy me’yorlar, tamoyillarni poetik uslubda bayon etadi.
Abay Ibrohim Qunanbayev (1845-1904) jamiyatdagi barcha salbiy hodisalarning sababi axloqiy qoida, talablarga rioya qilmaslikdir deb hisoblaydi.Uning fikricha, odam bolasi onadan axloqsiz bo’lib tug’ilmaydi, uning axloqsizligi tarbiyasizlik natijasidir. Abay hayo, uyat, insof, odillikni insonning eng asosiy fazilatlari deb ko’rsatadi. Masalan, u uyatni kishining or-nomusi, o’zining yaramas xulqiga qarshi turuvchi ichki isyonidir deb tavsiflaydi.
Abdulla Avloniy (1848-1734)ning axloqiy qarashlari XXasr boshlari Turkiston ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egallaydi. U axloqiy tarbiya, ilm-ma’rifat masalalarini shu davrining talab, ehtiyojlaridan kelib chiqib tahlil qiladi va bunda zamonaviylik, dunyoviylikni asosiy mezon qilib oladi.
Avloniy tarbiyani uch turga bo’ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloqiy tarbiya. Bulardan axloqiy tarbiyani shakllantiruvchi, martaba, komillikka ko’taruvchi tarbiya deb hisoblaydi. Avloniy mazkur tarbiyaning jamiyat va shaxs ravnaqida qanday muhim rol o’ynashni ko’rsatib beradi. Bu borada uning “Tarbiya—biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.”, degan fikri hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas, bil’aks alohida kasb dolzarblik etmoqda.
Rejadagi uchinchi savolni o’rganishda mazkur fanning kishilik jamiyatining barcha davrlarida ma’naviy- ma’rifiy rol o’ynaganligiga e’tiborni qaratmoq lozim. Bunda mazkur masalaning mohiyati ikkinchi savol orqali anglashilishi ma’lum bo’ladi.
3.Axloqshunoslikning vazifalari, jamiyat ijtimoiy – ma’naviy hayotidagi o’rni uning falsafiy fan ekanligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, inson, uning mohiyati falsafaning azaliy muammolaridan biri hisoblanadiki, buning tadqiqi axldoqshunoslikning alohida ilm sohasi sifatida falsafadan ajralib chiqishni yuzaga keltiradi.
Axloq inson mohiyati, uning borlig’ining substansiyaviy (javhariy) jihati bo’lib, «homo sapiensye» ni—“aqlli mavjudot”ni qanday qilib «noto motalisus» – “axloqiy mavjudot”ga aylantirish eng qadimgi davrdan to hozirgacha ham yechimini topmagan muammo bo’lib kelmoqda.
Hozirgi davr jahon sivilizasiyasiga xavf solayotgan global ekologik muammolarni insonning “aqlli mavjudot” sifatidagi xatti-harakatlari keltirib chiqargan bo’lsa, uni bartaraf etuvchi ham uning o’zi hisoblanadi. Buning uchun esa u tom ma’nodagi “axloqiy mavjudot” darajasiga ko’tarilmog’i, o’z-o’zini anglab yetmog’i lozim bo’ladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda Yer yuzidagi-oqsil moddalarning yashashiga, hayotga xavf solayotgan ekologik muammolar, aytish mumkinki, insonning uzoq yillar mobaynida tabiatga “axloqsiz mavjudot” sifatida munosabatida bo’lib kelganligining natijasidir. Bu o’rindda mashhur avstriyalik biolog, Nobel mukofoti sovrindori Konrad Lorensning quyidagi so’zlari mutlaq haqiqatdir: “Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizasiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to’poslikdir”.
Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda, axloqshunoslik fani global miqyosdagi hayot-mamot masalalarini hal etishda muhim rol o’ynaydi.
Uslubiy ko’rsatmalar boshida ta’kidlaganimizdek, axloqshunoslik o’z tadqiqot obyektini nazariy (bayon qilish; izohlash) va amaliy (didaktik, o’rgatish) yo’nalishlarida o’rganadiki, uning vazifalari ham ana shu tomonlar bilan belgilanadi. Nazariy yo’nalishdagi vazifalari: 1) axloqni o’ziga xos ijtimoiy ong shakli, ijtimoiy hodisa (fenomen) sifatida o’rganish; 2) uning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan o’zaro dialektik birlikda jamiyat va shaxs ma’naviy hayoti tizimida amal qilish qonuniyatlarini ochib berish; 3) axloqiy mezoniy tushunchalar, me’yor va tamoyillarning bahoviy, qadriyatli tabiatini ko’rsatib berish; 4) gumanitar-pedagogik tavsiyalar qoidalar ishlab chiqish.

Yüklə 141,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin