Pulakcha — zardo’zlikda ishlatiladigan kichkina tangacha. Mayda ok, sariq, qizil va boshqa ranglarda bo’ladi, buyumga qadash uchun o’rtasidan teshikcha qilingan metall pistoncha.
Olmos qubbalar — zardo’zlikda ishlatiladigan turli nav oltindan zardo’zlarning o’zlari yasagan zargarlik taqinchoqlariga o’xshab ketuvchi bo’rtma naqshlar hamda qimmatbaho toshlar.
Zarhal po’g’alar — mahalliy zargarlar ishlagan, odatda qora sir va feruza bilan bezatilgan, nafis gul naqshi tushurilgan bo’ladi.
3ardo’zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o’ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi. N. Aminov o’zining «Biz zardo’zlarmiz» risolasida zardo’zlik sirlari, zar tikish xillari va usullari to’g’risida batafsil to’xtab o’tgan. Zardo’zlik umuman ikkiga bo’linadi, birinchisi — zamindo’zi, ikkinchisi — guldo’zi.
Zamindo’zi — bunda zar tikilayotgan kiyim yoki kiyim gulnaqshining zamini yoppasiga zar bilan tikiladi. Zamindo’zi siddi ustiga tikilib, siddi jaydari ipakdan tayyorlanadi. Birinchi navbatda ip 4 yoki 5 qavat qilib, keyin esa ikki qavat qilib eshiladi. Shu hosil bo’lgan ingichka ipni zardo’zlikda siddi deb yuritiladi. Zardo’zlikda tikilish, joyining yuzasi katta yoki kichikligiga qarab, o’lchamga moslab dastgohda siddilar sariq bo’z ustiga sakkiz, yigirma, yigirma to’rt qator qilib tortiladi. Siddilar aniq hisob bilan tikilib ular sanab tikiladi hamda ularning soni mo’ljaldagidan ortiq bo’lmasligi kerak. Aks holda, mavj yoki nusxalar buziladi. Zamindo’zida mavji yak ro’ya va mavji duro’ya qismlari bor. Zamindo’zi qadimda qimmatbaho to’nlarda ishlatilgan bo’lib hozir zardo’zi do’ppilarning jiyagidagina qo’llanib kelinadi.
Guldo’zi — bunda tikilayotgan naqshning tagi okiq qolib faqat gul naqshlarining o’zi zar bilan tikiladi. Guldo’zi tikish usuli o’ziga xos bo’lib, bu quyidagi bosqichda bajariladi. Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi. Naqsh nusxasi qalin qog’oz, karton yoki teridan qirqib andozasi tayyorlanadi. Sidirg’a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya’ni omonat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karton nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi. Biroz bo’rtma naqsh gul hosil bo’ladi. Zardo’zlikda zar tikish xillari hamda usullari juda ko’p. Ammo ularning ayrimlari deyarli qo’llanilmayapti. Bu tikish xillari kam qo’llansada lekin uning ishlatish sohasini topsa bo’ladi. Bu usullarning yo’q bo’lib, unutilib ketayotgani kishini achintiradi. Qadimdan qo’llanilib kelingan tikish usullaridan yosh avlod foydalansa, xalq yaratgan an’anaviy, nodir uslublarni asrab qolgan bo’lar edik.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tamizki!; O’zbekistonda amaliy san’at turlari juda xilma-xil va rango-rang bo’lib, butun dunyo xalqlarini lol qoldirishga qodir sanaladi. Qadimdan mashhur amaliy san’atimiz Mamlakatimiz dovrug’ini dunyoga taratadi! Yurtimizga tashrif buyurgan xar bir sayyox borki esdalik uchun san’atimiz namunalaridan albatta o’z yurtiga olib ketib, san’atimizni dunyo bo’ylab kezishiga xissa qo’shadi1.
Kitob yozish, to’plash, bezash sohasidagi an’analar XVI—XVIII asrlarda ham davom etgani, ayrim xonlar maxsus kutubxonalar yaratgani va unda ko’plab qo’lyozmalar to’planganligi haqida ma’lumotlar saqlangandir. Masalan, shayboniylardan Abdullaxon II, Abdulazizxonlar, ashtarxoniylardan Subhonqulixon o’z saroylarida — Buxoroda katta kutubxonalar tashkil etganlar. Umuman kitob san’ati, husnixat — xattotlik, miniatyura sohasida muhim yutuqlar qo’lga kiritildi. Buxoro maktabi faol ravishda o’zini tanitdi.
XIV asrdan boshlab shakllanib kelgan Buxorodagi husnixat va miniatyura XVII—XVIII asrlarga qadar Sharqda o’z yetakchi mavqyeini saqlab keldi va boshqa musulmon Sharqidagi bu san’at rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. XVI—XVII asrlarda ijod etgan mashhur husnixat va miniatyura ijodkorlaridan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Xevraviy, Mahmud ibn Is’hoq ash-Shihobiy, Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy, Do’st Muhammad Buxoriy kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin. Do’st Muhammad Buxoriy husnixat nazariyasi bo’yicha maxsus risola ham yozgan. Xususan, shu davrlarda «Tarixi Abdulxayrxon» («Abulxayrxon tarixi»), «Tavorixi guzidaiy nusratnoma» («G’alaba haqida tanlangan tarixlar»), Alisher Navoiy asarlari ro’yxati kabilarning chiroyli ko’chirmalari va ularga ishlangan miniatyuralar o’z davri san’atining oliy namunalari hisoblanadi.Movarounnahr san’ati, ilm-fan, madaniyati bu asrlarda ham boshqa musulmon Sharqi, Eron, Turkiya, Koshg’ar, Hindiston kabi mamlakatlar bilan yaqin aloqada bo’ldi, o’zaro ta’sirda rivoj topdi. Boshqa o’lkalardan Movarounnahrga turli ziyoli, madaniyat arboblari kelib o’z faoliyatini davom ettirganidek, Buxoro, Samarqand kabi turli shaharlardan chiqqan olim, donishmand, san’at arboblari boshqa mamlakatlardagi madaniy oqimda ishtirok etdilar.Masalan, Turkiyada miniatyura san’atining rivojida Markaziy osiyolik san’atkorlar peshqadamlik qildilar. Akademik V. V. Bartold bu haqda shunday deydi: «Turkistonning Old Osiyoga bo’lgan ta’siri qanchalik uzoq davom etgani shu faktdan ma’lum: «Sulton Boyazid II davri (1481—1512) da rassomlik san’atini dastlab Turkiyaga keltirgan kishi o’zbek san’atkori Bobonaqqosh edi». Bobonaqqosh turk miniatyurachilarining ustozi bo’lib tanilgan edi. Shayboniyxon tomonidan naqqosh G’ulom Shodi Qozon xoni Muhammad Amin saroyiga uning iltimosiga binoan yuboriladi. Shuningdek, XVI asrning ikkinchi yarmida buyuk boburiy shohlardan Akbar saroyiga Samarqand ustalari Muhammad Murod va Muhammad Nodirlar safarbar etilgan edi. Erondan qator olim-fozillar, san’atkorlar diniy sharoitning noqulayligidan qochib yoki o’z ixtiyorlari bilan Movarounnahr shaharlariga kelib joylashib qoldilar. Shoirlar Fayzulloh ibn Ruzbehxon, Zayniddin Vosifiy, mashhur xattotlar Xo’ja Mahmud, Said Ahmad Mashhadiy, yuqorida qayd etilgan Mirzajon Sheroziy, Qorabog’iy kabilar shular jumlasidandir2 Bu davrda Buxoroda xattotlik va miniatyura san'ati keng rivojlangan bo'lib, rassomlar asosan qo'lyozmalarni bezash bilan shug'ullangan.Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma'sum Olamiyon "Ahloqi Munshiy" kitobini, Sa'diyning she'riy asarlarini bezagan.
Amir Nasrullo davrida ijod ilgan Mirzo Sodiq Jondoriy qo'lyozma kitoblargan lavhalar hamda Sa'diy va Hofiz asarlariga rasmlar ishlagan.Ahmad Donish (1827-1897) Buxoro kutubxonasida xattot va rassom bo'lib ishlagan. U “Shohi Darvesh”, "Ajoyib at-tabaqot" kabi qo'lyozmalarga rasmlar ishlagan.