10-MAVZU. BUXORO XONLIGI VA AMIRLIGI DAVRI MADANIYATI VA SAN\'ATI
Samarqand yog’och o’ymakorligi maktabida esa o’ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, o’simliksimon girix; va gulli girix naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan xamda o’yma yuzasining ranglanishi bilan ajralib turadi. Ijodkor ustalari Abduxofiz Jalilov, Asatilla, Nasrulla, Nurali Nazrullayevlardir.
Amaliy san’atning ganchkorlik turi xam diqqatga sazovor va juda qadimiy tarixga ega. Ganchkorlik O’zbekiston me’morchilik-bezak san’atining qadimiy turlaridan biri bo’lib, XX asrga kelib Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Qo’qon kabi shaharlari uning asosiy markazlaridan hisoblanadi.
Ganchkorlik san’ati xalq amaliy-bezak san’atining boshqa turlariga qaraganda, me’morchilik san’ati bilan uzviy bog’liq. Chunki ganchkorlik azaldan saroy, masjid va madrasa binolari hamda badavlat shaharliklarning uy-joylarini bezab turgan. Dastlab, qurilishlarda mahalliy maktablarga xos an’analar bilan bog’lanish kuchli bo’lgan.
Buxoro maktabi ganchkorligining texnik jarayoni birmuncha murakkab, ishlovlarning noyob uslublari va rang-barang ohanglari bilan ajralib turadi. Samarqand ustalarining ishlash uslublari Buxoro ganchkorligiga yaqin bo’lib, murakkab ganchning stalaktit uslubi orqali devorlar yuqori burchaklarini o’yma naqshli panno bezatilishi bilan ajraladi. Toshkent maktabida keng tarqalgan o’simlik-islimiy kompozisiyalar farg’onalik ustalarning ishlariga yaqin bo’lib, ko’pincha «o’simlik zanjiri» turkumidagi naqshlarni tashkil etadi.
XX asrning yarmida ganchkorlik an’analari yo’qolish arafasida bo’lgan, lekin 1970-chi yillaridan boshlab Toshkent va O’zbekistonning boshqa shaharlarida davlat ahamiyatiga molik obyektlarni, magazin, kafelarning qurilishida ganchkorlikdan unumli foydalanishga harakat qilindi. Shu bois 1990 yillarda Toshkentda yuqori darajali ganchkorlik maktabi rivoj olib («Usto» birlashmasi ustalari), ularning faolligida poytaxtning turli binolar interyerlari bezatildi («Oq saroy» qarorgohi, Oliy majlis binosi, «Turkiston» konsert zali, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, «Navro’z» nikoh o’yi, poytaxt teatrlari, metropoliten stansiyalari va b.).
Hozirgi vaqtda ganchkorlik amaliy-bezak san’atining yetuk turi bo’lib, uning O’zbekistondagi me’morchilik inshootlari bezashda ahamiyati katta. Ganchkorlik ustalarining ijodiy namunalariga bo’lgan talab Xalqaro miqyosida ekanligini ko’rsatmoqda.Amaliy san’atning gazlama tayyorlash, kashtado’zlik, zardo’zik, gilamdo’zlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlari xam juda qadimiy turlardan hisoblanadi.
Amaliy san’atning yuqorida sanab o’tilgan turlaridan zardo’zlik san’atiga nazar soladigan bo’lsak: