10-mavzu. Buxoro xonligi va amirligi davri madaniyati va san'ati reja



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/7
tarix10.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#110512
  1   2   3   4   5   6   7
10-MAVZU. BUXORO XONLIGI VA AMIRLIGI DAVRI MADANIYATI VA SAN\'ATI


10-MAVZU. BUXORO XONLIGI VA AMIRLIGI DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI


REJA

  1. Shayboniylar davrida madaniyat va me'morchilik. Hattotlik san'atining rivojlanishi.

  2. Ashtarxoniylar davrida me'morchilik san'ati. Tasviriy san'at me'moriy bezaklarda, amaliy san'at buyumlari keng o'rin egallashi va ularning ajralmas qismiga aylanishi.

  3. Buxoro amirligida madaniyat va san'at. Buxoroning Markaziy Osiyodagi diniy markaz sifatidagi o'rni.

XVI-XVII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari xayotida o’ziga xos bir davr bo’lib xisoblandi. Shayboniylar xukumronligi davri xamda uning avlodlari zamonida toju — axt uchun tanimsiz kurashlar o’zaro ichki nizolar tufayli o’lkadagi ijtimoiy siyosiy va madaniy axvol malum muddatda inqiroz davrni o’z boshidan kechirdi. Nodirshox Buxoro xonligiga qarshi ko’p yerlarni Eronga qo’shib oldi. So’ngi yillarda Ashtarxoniylar sulolasining nufuzi susayib, mang’it qabilasidan bo’lgan Muxammad Xakim otaliqning ta’siri kuchayib bordi va u 1753 yili o’zini amir deb elon qildi. Bu davrda Turkistonda Buxoro xonligidan tashqari Amudaryonyng quyi oqimida Xiva xonligi mustaqil rivojlanayotgan edi. XVII asrning oxiriga kelib Farg’ona vodiysida Qo’qon xonlari xar tomonlama o’zini mustaqil xonlik sifatida ko’rsata boshladi.


Shu tariqa Markaziy Osiyoda uchta yirik ijtimoiy — siyosiy va madaniy markaz naydo bo’ldi xamda ularning o’ziga xos madaniyatlari shakllana boshladi. O’lkadagi mavjud ijtimoiy siyosiy vaziyatlar madaniy rivojlanishga o’z ta’sirini doimo ko’rsatib keldi Shayboniyxon (1451 — 1510) qo’shinlarining Markaziy Osiyo xududini bosib olishi uchun qulaylik tug’dirdi. Muhammad Shayboniyxon ko’chmanchi qabilalarni birlashtirgan, ixtidorli ilmli shahzoda bo’lgan. U Samarqand, Buxoro, Yassi, Astraxan kabi shaharlarda bo’lib, o’z davrining yaxshi ma’lumotli kishisi hisoblangan. U turk va fors tillarini mukammal bilgan. Old Osiyo va Markaziy Osiyoning ichki vaziyatini yaxshi bilgan siyosatchi bo’lib, temuriylar davridayoq ruhoniylarning vakillari orasida yuksak martabali homiylarga ega bo’lgan. Movarounnahrning ko’plab shahar zadogonlari Shayboniyxonni qo’llab quvvatlagan. Chunki ular turli bosqinchilik urushlari, bebosh beklarning o’z boshimchaliklaridan bezor bo’lgan edilar. Uning tarafdorlari mana shu tartibsizliklarni yo’qotish uchun kuchli xon hokimiyatini o’rnatilishidan manfaatdor edi. Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, temuriylar davlatini zabt etishda Shayboniyxon tevaragida jipslashgan bir qator urug’"lar, naymonlar, uyg’urlar, do’rmonlar, mang’itlar, minglar, qo’ng’irotlar, jaloyirlar, ichkilar, qiyotlar, burqutlar, shunqorlilar ishtirok etgan.
Shayboniyxon ko’chmanchilarning jangovor an’analari bilan O’rta Osiyo shaharlarining madaniy yutuqlarini birlashtira oldi. Bu esa istilochilik yurishlarini muvaffaqiyatli chiqishini ta’minladi.
XVI asrning birinchi o’n yilligidayoq Shayboniylar Markaziy Osiyoning Buxoro, Samarqand, Shosh, Kesh, Urganch, Nasaf, Hisor, Termiz, Balx, Hirot kabi yirik savdo hunamandchilik va madaniy markazlarini egalladi.Siyosiy nizolar va urushlar natijasida mamlakatning iqtisodi izdan chiqqan, savdo, tovar -pul munosabatlari yomon ahvolda edi. Hunarmandlar va dehqonlar o’z ishlarini tashlab ketgan, shahar va qishloqlar hayoti inqiroz jarayonini uz boshidan kechirayotgan edi. Shayboniylar tomonidan mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa turgazish uchun o’tkazilgan chora tadbirlar XVI asrning 30 -yillariga kelib o’z natijalarini berdi. Shayboniylar davrida 3 marta pul islohoti o’tkazildi. Shuning uchun Muhammad Shayboniyxon (1501-1510y) Ubaydulla Sulton (1533-1539y) Abdullaxon (1557-1598y) davrlarida mamlakatning iqtisodiy va madaniy hayotida yuksalish davri bo’ldi. Ayniqsa Abdullaxon davrida markazlashtirish siyosati oxiriga yetkazilib, xon hokimiyati cheklanmagan huquqqa ega bo’ldi.So’nggi o’rta asrlar arxitekturasi to’rtta davrga bo’lingan. Birinchi davr XVI asr boshlaridan XVII asrning 60 -yillarigacha o’z ichiga olib, temuriylar davri qurilishini davom ettirish va shahar uchun intilishini kuchayganligi bilan harakterlanadi. Bizgacha sanoqli qurilish inshoatlari etib kelgan bo’lsada, Buxoro qurilish maktabining o’ziga xos xususiyatini ko’rsatadi.1514 yil Buxoroning markaziy maydonida Kalon (katta) Juma masjidi qurilgan. 1535-1536 yillarda uning qarshisida Mir-Arab madrasasi qad ko’targan. Bundan tashqari aholi zich yashaydigan guzarlarda Xuja Zayniddin xonaqosi va Baland masjidi kabi inshoatlar barpo etilgan.
Ikkinchi davri esa XV asrning 60 -yillaridan XVI asrning oxirigacha bulgan davrni uz ichiga oladi. Abdullaxon II (1557 -1598y) davrida mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik hukm surib, arxitektura va san’at rivojlanadi. Buxoro markaz bqlganligi uchun Samarqand, Toshkent, Termiz kabi shaharlarga nis - batan tez rivojlana boshladi. Lekin shunga qaramay Toshkentda Baroqxon va Kqkaldosh, Denovda Sayid Otaliq madrasasi, Termizda Sulton - Saodat (nekrapol) maqbarasi qad ko’tardi. qarshi cho’llarida va G’uzor Kelif savdo karvonlari yo’lida Abdullaxon rabot deb ataluvchi karvon saroylari qurildi. Bu davr qurilishida jamoat inshoatlari va shahar va xalqaro savdo sotigini rivojlanishi uchun yullar, karvonsaroylar, sardobalar qurilishi yetakchi urin egallaydi. Birgina Abdullaxon davrida bunday inshoatlarning soni 500 dan oshib ketdi. Buxoroni uzida qurilgan Modarixon va Abdullaxon ansamblini uz ichiga oluvchi "qush madrasa", Govkushon va Xuja madrasalari uzining keng maydonlari bilan kishilarni diqqatini uziga jalb etdi. Shaharning savdo rastalari orasidan utadigan yo’l kengaytirilib, asosiy savdo yo’liga tutashtirildi. Buxoroning sharqiy rabodida ham yirik Kukaldosh madrasasi bunyod etildi.Shahar tashqarisida muhim ibodatxonalardan biri Nomozgoh majidi qad kutardi. Uchinchi davri XVII asrni uz ichiga olib, binolarni sirti tez buziladigan qoplamalar bilan bezaldi.Lekin Buxoro va Samarqand regisondagi qurilishlar bundan isisodir. Buxorodagi Labi xovuz Devonbegi xonaqosi va madrasasi urtasida qurildi.(1619- 1622y) Samarqanddagi Registon maydonida Ulug’bek xonaqosi urnida (1636y) Sherdor, 1647-1660 yillar Tillaqori madrasalari qurilib, Mirzoi deb ataluvchi ilgarigi karvon saroy o’rnini ishg’ol qildi. Bu qurilishlar o’zining hajmi, salobati va mahobati bilan XV asr arxitekturasini davom ettirilishi edi. So’nggi feodal davri arxitekturasining yangi 4 -bosqichi XVIII -XIX asrlarni qamrab oladi. Bu davrning merosi deyarli qurilgan Samarqand shahrining Chelak mavzesidagi maqbara xuddi shu an’analarimizni qayta tiklanganligini namunasi bo’ldi. Buxoro xonligi me’morchiligi shaharsozlik taraqqiyoti, bino turlarining rivojlanishi va umuman yangi me’moriy hamda badiiy amaliy san’at taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Bu davrda to’qimachilik ham rivojlandi. Ipak, tillo ipakli mato, qog’oz va jun matodan atlas, shoyi, kimxob va boshqalar tayyorlanar edi. Kiyimlar choddor, ham,boz,karbos, mitqol, alacha, zandanachi kabi matolardan ham tikilar edi. Taniqli tikuvchilar Jon Ali va Nazar, Muhammad qosim, Mulla Jamol Chitgar, Loxuriy chitgarlar- Samarqandda, Poyondoyi alachi, Alachabof, Alashox, Alachabof kabilar Buxoroda faoliyat ko’rsatganlar.
Bu davrda zarduzlik, (chekankachilik) misgarchilik,kulolchilik noyatda yaxshi rivojlandi. Zarduzchilikda Buxoro va Samarqandning do’ppilari, kamzullar, salla, rumol, ayollar kuylaklari, qimmatbaho kiyimlar zar jiyakli qilib to’qiladigan bo’ldi.Taqinchoqlar kupaydi. Zargarlar nozigardon, zebigardon, xalqa, sirg’a, xafaband, tillaqosh, tomoqlov kabi taqinchoqlarni ishlagan.Bronza, mis, va kumushdan idishlar yasash keng tarqalgan. Idishlar qsimlik novdalari va gullar tasviri bilan bezalgan. Samarqandlik Husayn Misgar, Buxorolik Yor Hasan Rixtagarlar mashhur misgarlar hisoblangan.
XVI -XVII asrlarda kulolchilik ham taraqqiyot etdi. Kulollar sirsiz, buyoqsiz xumlar, kuzalar, angobli bezalgan, qalin va tiniq rangda sirlangan kosa, lagan, tuvaklarni turli shakllarini ishlab chiqarganlar. Idishlar geometrik va qsimlik guli tasviri bilan bezatilgan. Idishlar zangori, firuza va yashil, sariq ranglarda bo’yalgan.Buxoroda Huja Miroqi Kosagar, Mas Ali Kosagar, Sulton Muhammad Kosagar kabi mashhur kulollar bo’lgan.
XVI —XVII asrlarda Samarqand va Buxoro butun urta Sharqning musiqa markazlaridan biriga aylangan edi. XVI asr boshlarida Hirotdan va Xurosonning boshqa shaharlaridan Movarounnahrga ko’plab musiqachilar ko’chib kelgan. Buxoroga kelgan Husayn Udiy, G’ulom Shodi va boshqalar musiqa nazariyotchilari bo’lgan. Bu esa Samarqand, Buxoro kabi O’rta Osiyo shaharlarida mahalliy musiqa va uning nazariyasini kuchayishiga sabab bo’ldi. Shaharlarda musiqa madaniyatini taraqqiyoti uchun ijtimoiy muhit yaxshi edi. Musiqa va she’riyat bilan jamiyatning keng qatlami qiziqib, kishilarni uylarida, majlislarda mushoira va musiqa kechalari uyushtirilib turilgan. Bu davrda uzbek va tojik xalqlarining shashmaqomi vujudga keldi.
Bu davrda g’ijjak, sato, qubuz, dumbira, dutor, tanbur, rubob, chang kabi simtorli asboblar, sibiziq, gajimay, nay, qushnay, surnay, karnay kabi chaladigan, doira, nog’ora, safan, qosliuq kabi urib chaladigan musiqa asboblari keng tarqaldi.
XVI asrning yirik musiqashunos olimi Najmiddin Kavkabi Buxoriy o’zining "Risolayi musiqa" nomli asari bilan mashhur bo’ldi.U Sharqdagi buyuk musiqashunos olimlarni asarlarini to’pladi. Uning asarida Abu Nasr Forobiy, Sayfiddin Urmaviy, Amuliy, Adulqodir, Marog’iy va boshqalarni asarlari va musiqada yaratgan uslublariga ta’rif berilgan. Buxoro, Xivada masxarabozlik, Kuqonda qiziqchilik teatrlari mavjud edi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin