Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Buxoro amirligida asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta ahammiyatga ega bo’lgan bo’lsa-da,ko’pgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning kundalik ehtiyoj uchun zarur sohalari rivojlangan edi. Butun o’rta asrlarda mavjud bo’lganidek,amirlik davrida ham hunarmandlar uyushmalari (kasaba, sexga ega bo’lganlar).Uning tashkil topishi mahsulot ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rnatishga,mahsulot ishlab chiqarish huquqini saqlash va raqobatbardoshlikka intilish bilan bog’liq edi. Amirlikdagi hunarmandchilikning barcha sohalarida bunday uyushmalar mavjud bo’lib,uni saylab qo’yiladigan shaxs-rais yoki oqsoqol boshqargan. Hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilashda, turli soliq va to’lovlar yig’imida, usta va shogird munosabatlarida, xo’jalik ishlarini yuritishda uyushma raisining xizmati katta bo’lgan.
Ilgarigi davrlarda bo’lganidek, amirlikning hunarmandchiligi sohasida to’qimachilik uning asosiy tarmog’i hisoblangan. Ushbu tarmoqning rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan soha uchun mahalliy xom ashyo manbalari – paxta, jun, ipak yetarli darajada bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, ichki va tashqi bozorda, kundalik hayotda to’qimachilik mahsulotlariga talab katta edi. Amirlikda ayniqsa bo’z, chit,olacha ko’p miqdorda tayyorlangan. Qarshi, Hissor, Baljuvon, Dehnov, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va ularning atroflarida ipak matolar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Boshqa shahar va qishloqlarda ham ip yigirish, mato to’qish, tayyor kiyim tikish, gilam to’qish va boshqa to’qimachilik sohalari ancha rivojlangan. Manbalar ma’lumotlariga ko’ra, Buxoroning zarbof to’nlari, Shahrisabzning iroqi do’ppilari,Termizning harir matolari, Samarqand va Boysun hunarmandlarining ipak matolari amirlikdan tashqarida ham juda mashhur bo’lgan.Amirlik hunarmandchiligidagi muhim tarmoqlardan yana biri bu – kulolchilik edi. Xo’jlik tarqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kulolchilik amirlikning deyarli barcha hududlarida rivojlangan edi. Kulolchilik eng taraqqiy etgan markazlar Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisab, Urgut, Dehnov, G’ijduvon kabilar bo’lib, ularning mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda talab katta bo’lgan. Amirlik kulolchiligida O’rta Osiyoning ko’pgina kulolchilik maktablariga xos bo’lgan manzaralar(turli gullar va o’simliklar tasviri), turli hayvonlar,qushlar, hashoratlar yoki ular tanasining bir qismini shartli ravishda tasvirlash kulol ustalar tomonidan keng qo’llanilgan.Amirlik iqtisodiyotining metallga ishlovberish sohasi ham yaxshi rivojlangan. Shahrisabz, Urgut, Nurota, Bosun, Sherobod kabi tog’li tumanlardan ma’danlar qazib olingan bo’lib, ulardagi konlardan foydalanish ba’zi tanaffuslar bilan XX asr boshlariga qadar davom etgan edi.Bu davrda amirlikdagi metallga ishlov berish taraqqiy etgan quyidagi to’rtta asosiy tarmog’i-temirchilik, misgarlik, cho’yan quyish va rixtagarlikni alohida ko’rsatish mumkin. Temirchilik sohasida ustalar qishloq xo’jaligida va kundalik turmushda ishlatadigan mehnat qurollari, harbiylar uchun jangovar qurollar yasaganlar. Amirlikning ko’pgina shaharlarida Temirchi, Guzari, Chilangaron kami chilnagar-temirchilarning maxsus mahalla guzarlarining mavjudligi ushbu hunarmandchilik turining ancha tarqqiy etganligini ko’rsatadi. Amirlikning asosan yirik shaharlarida misgarlik ham rivojlangan. Mis xos ashyosi asosan Rossiyadan keltirilgan bo’lib undan chilim idishlari, barkash, lagan, ko’zacha, tog’oracha kabi ko’plab idishlar yasalgan hamda ular turli naqshlar bilan mohirona bezatilgan.Buxoro amirligining metallga ishlov berish sanoatida degrezlik-cho’yan quyishning alohida o’rni bor edi. Bu soha ustalari asosan shaharlardagi maxsus guzarlarda yashaganlar. Ular cho’yandan qozon, chiroq, manqaldon kabi buyumlar yasaganlar. Bronzadan buyumlar yasash –rixtagarlik ham amirlikning ko’pgina shaharlarida taraqqiy etgan edi. Ushbu kasb sohiblari turli buyumlar va taqinchoqlar yasaganlar.Undan tashqari amirlikda hunarmandchilikning boshqa ko’pgina turlari ham rivojlangan. Xusuan Buxoro, Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi zargar ustalar tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar, metal va turli xil shishalardan yasalgan taqinchoqlar amirlik va undan tashqari hududlarda ham mashhur bo’lgan. Ko’nchilik ham yaxshi rivojlangan tarmoq hisoblangan. Charmgar ustalar tomonidan yaxshi ishlov berilgan terilardan turli xil oyoq kiyimlari, bosh kiyimlar, po’stin va nim po’stin, turli xil meshlar (sut,suv, qimiz va b. uchun) tayyorlangan.Amirlikning deyarli barcha hududlarida yog’och o’ymakorligi yaxshi rivojlangan. Shaharlarda mohir duradgorlar ko’p bo’lgan. Amirlikning shahar va qishloqlarida tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ichki bozor extiyojlarini ta’inlabgina qolmasdan ko’p hollarda tashqi bozorga ham chiqarilgan.Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim o’rin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik matablari mavjud edi. O’z kasbining ustasi bo’lgan mohir hattotlar davlat va xo’jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko’chirishda me’moriy inshootlarga turli yozuvlar (Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo’lganlar.Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, G’uzor, Katta qo’rg’on, Dehnov kabi ko’plab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod me’moriy (masjid, madrasa va sardoba) majmuasi,Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda ko’plab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yo’llar bo’ylarida sardobalar bunyod etilgan.
Xullas, O’zbekiston davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi davlatining ham o’z o’rni va mavqyei bo’lib, mang’itlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda qator yuksalishlar bo’lib o’tdi. Ammo, mamlakat iqtisodiy jihatdan qudratli va siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Ko’p hollardagi iqtisodiy tanglik, siyosiy beqarorlik, o’zaro nizolar XIX asrning ikkinchi yarmida davlatning katta hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi. Buxoro amirlari 1920 yilga qadar Rossiyaga vassal holatda taxtni egallab turdilar.XVIII asrning oxiri XIX asrda Buxoroda Sayfulla Masxara, Ergash masxara va boshqa aktyorlar ishtirokida "Rais", "Tabib", "Murab boshi” nomli komediyalar sahnalardan tushmay ijro etilib kelingan.Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim o’rin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik matablari mavjud edi. O’z kasbining ustasi bo’lgan mohir hattotlar davlat va xo’jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko’chirishda me’moriy inshootlarga turli yozuvlar (Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo’lganlar.