Toqi Ordfurushon Toqi Ordfurushon qadimiy ark janubida XVI asrda Abdulloxon davrida Buyuk Ipak yo’l i yoqasida qurilgan. Toq ko’chalar uch tomondan tutashgan joyda bo’lgan. Usti berk bozor. Bosh gumbazi ichkarisi sakkiz qirrali to’rtta kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan. Buxoro shahrini un bilan ta’minlab turish maqsadida bu mahsulot savdosi bitta gumbaz ostida tashkil qilingan. Un zaxirasi, asosan, G’ijduvon, Vobkent, Gala osiyodagi suv tegirmonlari orqali ta’minlab turilgan. Toq 1930 yilgacha ishlab turgan. Shundan so’ng Ark atrofidagi barcha binolar, jumladan, Dorush-shifo, Xo’ja Nihol, Bozori Go’sfand madrasalari, xonaqoi Usto Ruhiy, madrasai Shodimbiy, Toqi Tirgaron, Toqi Ordfurushon, masjidi Poyanda va boshqalar buzib tashlagan. Bular o’rnida inqilob bayramlari o’tkazib turilgan.
Toqi Zargaron O’tmish qadriyatlaridan biri Toqi Zargaron – xalqning bebaho madaniy merosidir. Toqi Zargaron Abdulloxon timining shimol tomonida – chorrahada joylashgan. Unda o’ttiz oltita zargarlik do’konlari bo’lgan. Bu miyonsaroy kvadrat tuzilishiga ega. Chor dara va to’rt atrofi gumbazli dolondan iborat. Miyonsaroy gumbazi, uning ostidagi toqi ravoqlarning konstruksiyam diqqatga sazovor. Gumbaz kvadrat xonadagi sakkiz ravoq ustiga o’rnatilgan. Tim joylashgan bozor Chorsu deb yuritilgan. Shoir Mushfiqiy o’z qasidasida bino qurilgan yilni ko’rsatadi: “Mushfiqiy bahr sol tarixash zi dar raqam Chorsui xoni jahon”. Ifodadagi “Chorsui xoni jahon” jumlasidan abjad hisobida 990 hijriy, ya’ni 1582 milodiy yil kelib chiqadi.
O’z vaqtida Toki Zargaron atrofida zargarlik ustoxonalari, har xil do’konlar, qo’ng’iroqsozlik ustoxonalari joylashgan. Savdo markazi hind karvonsaroyi hamda jamoat yig’iladigan joylarga yaqin bo’lganligi sababli arxitektura jihatidan ancha qulay joyda barpo qilingan. Turli bezaklar berilgan bozor, tim do’konlar qatorida karvonsaroy ham birlashib, o’ziga xos arxitekturaviy ko’rinishni tashkil etgan.
Ashtarxoniylar davrida ham Buxoro xonligida me’morchilik san’ati tasviriy san’at, amaliy san’at, miniatyura va kitobot san’ati keng rivojlandi. Ayniqsa me’morchilik sohasida bu sohalar rivoji ayniqsa ko’zga tashlanadi.
Sherdor madrasasi-Samarqanddagi me’moriy yodgorlik 1619-1636 yillarda Registon ansanmbili tarkibida Mirzo Ulug’bek xonaqoxi o’rnida Yalangto’sh Baxodir tomonidan qurdirilgan. Ulug’bek madrasasining ro’parasida joylashgan. Ikki qavatli bosh tarzining ikkinchi qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtog’ ravog’i ichkarisidagi koshinli bezagi orasida zaminli koshinga oq harflar bilan me’mor Abduljabbor nomi yozilgan. Ayvonlar serhasham Hovli atrofidagi ikki qavatli hujralar ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini bajargan. 1960-64 yillarda peshtoq koshinkor bezaklari qayta tiklangan.
Tilla-qori madrasasi - Tillakori madrasasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblisa Ulug’bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi o’rnida Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1646—47). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shimoliy sharqiy qismida), hujralar o’rnida peshtoq gumbazli masjid (g’arbida) joylashgan. Bosh tarzidagi bezak mavzularining boyligi, ichki va tashqi naqshlarning serhashamligi, peshtoq qanoti va tokchasidagi iroqi kashtani eslatuvchi bezaklar, bo’rtma yozuvlar o’ziga xosdir. Ravoq burchaklari, bezakli toqilarni to’ldirishda koshinpaz ustalar turli usullarni qo’llashgan (g’ishtlarning mayda naqshlari koshinlarning handasiy va islimiy naqshlari bilan moslashtirilgan). Koshinkori ravoqlarda yashil tangachalar, sarg’ish yaproqlar va feruza poyalar aks ettirilgan. Xonaqoh izorasi koshin namoyon, devori, gumbazi va bag’ali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy. Mehrob ravog’i muqarnas kosachalar bilan to’ldirilib, zarhal berilgan hamda Qurʼon oyatlaridan olingan bo’rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yog’och o’ymakorligida pardozlangan. Hovli sahni (50x50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadoniga panjaralar ishlangan. Hujralar yoz kunlari ham salqin bo’ladi. Tillaqori madrasasida muzey tashkil etilgan bo’lib, unda madrasani taʼmirlashga oid narsalar saqlangan.
Buxoro amirligi davri me’moriy obidalari
Sitorai Mohi Хosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy - bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826-60) va Muzaffarxon (1860 - 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885-1910) da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910-20)da yangi saroy qurilgan. Sitorai Mohi Хosa maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng , baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbiriga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi - yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanilgan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yogʻochdan qilingan ikki tabaqali darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatiDarvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, jan. tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Binoga kiraverishda Gʻozgʻon marmaridan usta Abdurahim yoʻnib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi daxlizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjimador, nafis naqshlari jozibador gullari bilan uygʻunlashgan. Devorning koʻzgulardan iborat boʻlishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning koʻzni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib koʻrsatadi.
Oqsaroy 2 yil mobaynida Usta Shirin rahbarligida (25 - 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shim. qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida saklab qolgan. Bogʻning qoq oʻrtasida 8 xonali koʻshk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Oshxonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Koʻshkning janubida toʻgʻri burchakli devori tokchali katta xona boʻlgan.Qolgan boshqa xonalar yotokxona va xizmatkorlar uchun moʻljallangan. Bogʻning januda ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (1917-18). Hovuz kulrang Gʻozgʻon marmari bilan qoplangan. Binoning ichida uzun yoʻlak boʻlib, xonalari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hozir Sitorai Mohi Хosada Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan.
Buxoro amirligida kitobat san’ati yaxshi rivojlangan.
ADABIYOTLAR. 1.Пугаченкова Г.А "Памятники искусства Средний Азии.
Москва, Наука 1983 йил.
2.Мирзаахмедов Д. К "Истории художественной кулътури
Бухари" Ташкент, Наука 1990 год.
3."Маънавият юлдузлари" (М. М Хайруллаев таҳрири
остида), Тошкент, 1999 йил.
1 Муаллиф(лар): З.Хамидова | 2018 й. 30 ноябрь | Категория: Миллий-маданий меросhttps://www.bukharamuseums.uz/uz/maqolalar/item/ozbekistonda-sanat-turlari-va-ularning-rivojlanishi