10-MAVZU. BUXORO XONLIGI VA AMIRLIGI DAVRI MADANIYATI VA SAN\'ATI
Buxoro xonligida kurilgan tarixiy obidalar Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi shahar markazida, aniqroq qilib aytilsa, qadimiy Shahristonda joylashgan bo’lib, ikki ulkan gumbazi bilan boshqa tarixiy binolardan ajralib turadi. Madrasaning kirish qismi kunbotar tomondadir. Darvoza ulkan peshtoq ostida joylashgan. Bino to’rt qavatdan iborat bo’lib, unda 114 ta xona bor. Madrasaning ichki qismi ham ajoyib tarzda loyihalashtirilgan. Hujralarni to’rtta ulkan peshtoq ajratib turadi. Madrasa binosini milodiy 1530–1536 (hijriy 936–942) yillari shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo’lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so’ng uning o’g’li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullohxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi, hurmat qozonadi. Madrasa qariyb besh asrdan buyon Sharqu G’arbga ilm nurini taratishdek ezgu yo’lda xizmat qilayotir. Faqat o’tgan asrning 30-yillarida uning faoliyati bir necha yil to’xtatib qo’yildi. 1943 yilga kelib, sobiq ittifoqda yagona Islom o’quv yurti sifatida yana ish boshladi. Zamonasining yetuk olimlaridan Miyon Malik, u kishining shogirdi, O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy nazorati asoschisi Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon, Qozi Asqar, Domla Ikromcha, Sulaymon Xo’ja, Domla Izomiy, Domla Qosim, Muxtorjon Abdullayev, Abdug’ani Abdullayev, Yusufjon Shokirov va boshqalar shu madrasaning talabalari bo’lishgan. Ilm maskanida qo’shni Afg’oniston, Eron, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya va Xitoydan ham juda ko’p talabalar tahsil olishgan. Ular orasida zamonasining yetuk olimlari bo’lib yetishganlari oz emas.
Toqi Telpakfurushon 1578-1579-yillarda Abdulloxon buyrug’i bilan beshta ko’cha tutashgan maydonda qurilgan bo’lib, usti berk bozor - tim bo’lgan. Bosh gumbazi olti qirrali, atrofi kichik gumbazchalar bilan qoplangan. Katta gumbaz ikki qavatli bo’lgan, koshin sirli terrakota bilan qoplama qilingan
BUXORO MINORALARI
Minorai Kalon.Chorbakr minorasi.Hazrati Imom minorasi.
BUXORO TOQLARI
Toqi Tirgaron
Abdulloxon farmoyishiga ko’ra qurilgan Toqi Tirgaron (yana bir nomi Toqi Ro’g’angaron) to’rtburchak shaklida bo’lib, sakkiz qirrali katta gumbazi to’rtta kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan. Ostida juvoz yog’i bilan birgalikda, ovchilar uchun miltiq, patronlar sotiladigan do’konlar bo’lgan. Bu toq timlar umumiy savdo markaziga qo’shilgan holatda bir xil tizimda faoliyat yuritgan. Savdo rastasi Ko’kaldosh madrasasidan boshlanib, Registondagi do’konlar bilan birgalikda faoliyat yurgizgan. Bu esa savdo ishlari uchun qulay imkoniyat yaratgan.Toqi Tirgaron buzilib ketgan. Inshoot bino qilingan joy viloyat musiqali drama teatrining avvalgi binosi yaqinidadir.