10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza



Yüklə 5,55 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,55 Kb.
#209585
23-mavzu slaydi

23-mavzu: Iqtiboslik. Parafraza.

Ilmiy tadqiqot

Yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda, hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog'langan ikki qutb — tajriba va nazariyadan iborat.

TARKIBIY QISMLAR:

1. Kirish-bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

2. Asosiy qism- muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilinadi.

3. Xulosa- mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi.

Tadqiqotning obyekti.

Tadqiqotning predmeti.

Tadqiqotning maqsadi.

Tadqiqotning vazifalari.

Ilmiy yangiligi

Mavzuning o’rganilganlik darajasi.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.

Ishning tuzilishi va umumiy hajmi.

Iqtiboslik nima?

  • Iqtibos. Iqtibos (arab. – ziyo olmoq), sitata – biror asardan so’zma-so’z olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material – misol sifatida qo’llaniladi.
  • Iqtibos, asosan, ilmiy (ko’pincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qo’shtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday ko’chirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini to’g’ri tushinish imkonini beradi.

Tasviriy parafraza nima?

  • Tasviriy ifoda.Parafraza.Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so`z birikmasi tasviriy ifoda(yoki parafraza) deyiladi: qushlar - qanotli do`stlar; fazogirlar – samo lochinlari; makkajo`xori - dala malikasi; paxta - oq oltin, rassomlar – mo`yqalam sohiblari. Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi.

Parafraza

Havola-fikr, mulohaza va shu kabilar haqida maʼlumot uchun biror manbaga qarashga undash, shu manbani koʻrsatish.

Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. I. bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi.

Sitata (lot. citare — keltirmoq, eʼlon qilmoq), iqtibos.

Iqtibos

“LPning har qaysi turini alohida-alohida o‘rganish va ularning o‘zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir”1.

1. Нурмонов А., Искандарова Ш.Тилшунослик назарияси. Ўқув қўлланмаси– Тошкент., 2008, 151-152- бетлар.].

Iqtiboslik qanday manbalar olinadi?

  • Davlat arboblari nutqidan(masalan, davlat rahmari)
  • Taniqli insonlarning nutqidan(shoir, yozuvchi, aktyorlar, biznesmanlar, kashfiyotchilar…)
  • Muqaddas manbalardan(Qur’on, hadis matnlari, islomiy olimlar fikrlaridan)
  • Tarixiy shaxslarning fikrlaridan (Amir Temur, Navoiy…)
  • Ilm-fan olimlari asarlari yoki nutqidan va hokozo.

Uyga vazifa:

1. Mavzuni o‘qib o‘rganish.

2. Iqtiboslar yod olib kelish.

3. Badiiy asar o‘qish.

Asosiy adabiyotlar:

E'tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 5,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin