10-mavzu. Dumalash podshipniklari uchun joizliklar va o‘tqazishlarni tanlash reja podshipniklarni shartli belgilash tizimi


raqami qo‘yiladi.  Teshikning diametri 10 mm dan 17 gacha podshipniklar uchun shartli belgi 13 -  jadvalga keltirilgan.  13-jadval



Yüklə 94,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix25.12.2023
ölçüsü94,8 Kb.
#193814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-M

9
raqami qo‘yiladi. 
Teshikning diametri 10 mm dan 17 gacha podshipniklar uchun shartli belgi 13 - 
jadvalga keltirilgan. 
13-jadval 
Podshipnik diametrining belgisi 
Ichki diametri (d), mm 
Diametrning belgisi 
10 
00 
12 
01 
15 
02 
17 
03 


Agar podshipnik teshigining diametri jadvalga ko‘rsatilganlarga to‘g‘ri 
kelmasa, unga eng yaqin diametr belgisi olinib, uchinchi o‘rniga 9 raqami qoyiladi. 
Ichki diametri 9 mm gacha bo‘lgan barcha podshipniklar shartli belgisining birinchi 
raqami (o‘ngdan) mm hisobida ichki diametrning haqiqiy qiymati ko‘rsatiladi, bunda 
uchinchi o‘rinda 0 raqami qo‘yiladi, ikkinchi raqam esa seriyasini belgilaydi. Misol: 
1025 radial ikki qatorli sferik yengil seriyali ichki diametri 5 mmga teng bo‘lgan 
sharikli podshipnik. 
Podshipniklarning yig‘ish aniqligi 
Podshipniklarning to‘g‘ri, ravon ishlashlari uchun bir xalqaning ikkinchisiga 
nisbatan qo‘zg‘aluvchanligini (tirqish bo‘lishi kerak) ta’minlash lozim. 
Qo‘zg‘aluvchanlik podshipnik konstruksiyasiga, xiliga, o‘rnatish shartiga va 
yuklanishiga bog‘liq holda tirqish qiymati bilan ta’minlanadi. 
Tirqish radial va o‘q bo‘yicha bo‘ladi (95-rasm). 
95-rasm.
Dumalash podshipnigidagi tirqishlar. 
Radial tirqish (S) deb,
aylanish o‘qiga perpendikulyar tekislikda dumalash 
elementi bilan dumalash yo‘li orasidagi bir tomonli yig‘indi tirqishga aytiladi (95-
rasm).
Radial tirqishning uch xil turi (
boshlang‘ich, o‘rnatishdagi
va 
ishchi)
mavjud. 
Bu tirqish qiymati podshipnikning vazifasiga va uning ish rejimiga bog‘liqdir. 
Podshipnikka tushadigan yuk qancha katta bo‘lsa, tirqish shuncha kichik bo‘lishi 
lozim. 


Tirqish qiymatini muqobil qiymatidan kamaytirib yuborish, uni o‘q bo‘ylab 
yo‘nalgan kuchni qabul qilish qobiliyatini susaytiradi. Oshirib yuborish esa uning 
aylanish aniqligini sursaytiradi, natijada uning ishlash muddati kamayadi. 

Yüklə 94,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin