10-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI UCHUN JOIZLIKLAR VA
O‘TQAZISHLARNI TANLASH
REJA
1. Podshipniklarni shartli belgilash tizimi.
2. Dumalash podshipniklari uchun joizliklar va o‘tqazishlar tizimi.
3. Podshipnik halqalari yuklanishi turlari.
4. Dumalash podshipniklarning o‘tqazishlarini hisoblash va tanlash.
5. Dumalash podshipniklarning o‘tqazishlarini chizmalarda belgilash.
Podshipnikning asosiy birikuvchi elementlari va aniqlik klasslari
Podshipniklarning atamalari
va aniqliklari GOST
24955-81
bilan
muvofiqlashtiriladi.
Dumalash podshipniklari sanoatni barcha sohalarida keng qo‘llaniladi, eng
ko‘p ishlab chiqariladigan qismlar bo‘lib, ular maxsus ixtisoslashtirilgan zavodlarda
ishlab chiqariladi.
Dumalash podshipnigi murakkab uzel bo‘lib, tashqi va ichki xalqalar dumalash
elementlari
hamda
separatordan
tashkil
topgan
(105-rasm).
Dumalash
podshipniklarining biriktiriluvchi o‘lchamlari uning
tashqi xalqasining tashqi
diametri (D), ichki xalqasining ichki diametridir (d), xalqa kengligi (V) va
xalqalarning o‘tmaslash radiusi (r) ( 94-rasm).
94-rasm.
Dumalash podshipnigining tuzilishi, o‘lchamlari va elementlari.