31-modda. Axborot olish Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida, shu shaxsning o‘ziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi xabarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.
[OKOZ: 1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.01.00 Umumiy masalalar]
32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik Oldingi tahrirga qarang. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarang: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. Oldingi tahrirga qarang.