10-mavzu: Havfli yuklarni tashish payitida xavfsizlik texnikasi talablari. Reja


Signalizatsiya va xavfsizlik belgilari



Yüklə 448,11 Kb.
səhifə2/2
tarix08.09.2023
ölçüsü448,11 Kb.
#142068
1   2
10-мавзу

Signalizatsiya va xavfsizlik belgilari
Hozirgi barcha zamonaviy texnikalarda xavf to'g'risida xabar berish va xavfli vaziyatni oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi.
Signal qurilmalari vazifasiga ko'ra ogohlantiruvchi, avariyaga oid, tekshirish va bog'lanuvchi bo'ladi. Ishlash tamoyiliga ko'ra esa, yorug'lik, tovush, rang va belgi signallariga bo'linadi.
Rang va belgi signallari xavf to'g'risida ma'lumot berish maqsadida foydalaniladi. Xavfsizlik belgilari standart bo'yicha to'rt guruhga ajratiladi: taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko'rsatuvchi va buyuruvchi. Har bir guruhdagi belgilar uchun standart asosida shakl, rang va belgi o'lchamlari o'rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan.
Belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang— «Taqiqlovchi», «To'xta», «Aniq xavf»; sariq rang - «Diqqat», «Xavf to'g'risida ogohlantirish»; yashil rang — «Xavfsiz», «Ruxsat», «Yo'l ochiq»; ko'k rang — «Ma'lumot» ma'nolarini bildiradi.
Belgilar ma'lum shakl, rang va o'lchamga ega bo'lib, ular Davlat standartida ko'rsatilgan. Masalan, taqiqlovchi belgilar yumaloq shaklda, ogohlantiruvchi belgilar uchburchak shaklda, buyuruvchi belgilar kvadrat va ko'rsatuvchi belgilar to'g'ri to'rtburchak shaklida tayyorlanadi.
Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chekishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash va h.k.
Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo'lish ehtimoli to'g'risida ma'lumot beradi. Masalan, portlash, yong'in, elektr, biror predmet tushib ketish xavfi va b.
Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshi-rishga ruxsat etishni ko'rsatadi.
Ko'rsatuvchi belgilar turli xil obyektlar joyi, manzilini ko'rsatish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida xafsizlikni ta'minlashda yuqorida keltirilgan texnik vositalardan tashqari ish joylari va jihozlar oraliqlari o'lchamlarini me'yorlashtirish ham muhim o'rin tutadi.
Taqiqlovchi belgilar

Buyuruvchi belgilar



Nazorat uchun savollar.

1.Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalarini ayting?


2.Signalizatsiya va xavfsizlik belgilari

3.Moddiy javobgarlik deb nimaga aytiladi?

4.Jinoiy javobgarlik deb nimaga aytiladi?

5.Intizomiy javobgarlik deb nimaga aytiladi?

Yüklə 448,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin