4. Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahlili.
Innovatsion klaster texnologiyalarini qo‘llash butun dunyo bo‘ylab anchagina
keng rivojlandi. Aksariyat Evropa davlatlari o‘zlari uchun eng maqbul bo‘lgan
klasterlar asosida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishdi. Bunda
rivojlangan mamlakatlar hukumatlari o‘z kuch harakatlarini
mavjud klasterlarni
qo‘llab-quvvatlash va yangi tarmoqli tuzilmalarni yaratishga qaratmoqdalar. Davlat
nafaqat innovatsion klasterlarni yaratish tashabbuskori, balki tashkil etiladigan
klasterlarning faol ishtirokchisi ham hisoblanadi. Misol sifatida Germaniya
tajribasini olish mumkin. Germaniyada 1995-yildan
beri Bio Regio nomli
biotexnologik klasterlar tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur klasterlashtirish
yo‘nalishi Buyuk Britaniyada ham faol tarzda rivojlanmoqda. Edinburg, Oksford va
Janubiy-SHarqiy Angliya hududlarida biotexnologik firmalarning faoliyatini
yo‘lgan qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Jahon tajribasida klasterlar
asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning bir nechta markazlari mavjud bo‘lib, ular
innovatsion klasterlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagilar:
Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo va Lotin Amerikasi modellari.
YUqorida tilga
olingan modellarning solishtirma xarakteristikasi berilgan (10.1-jadval).
10.1-jadval
Xalqaro iqtisodiyotdagi klaster modellarini solishtirma xarakteristikasi
Qiyoslash
mezonlari
Amerika
modeli
G‘arbiy Evropa
modeli
Osiyo modeli
Lotin Amerikasi
modeli
Rossiya model
Klaster
tashkil
etish
maqsadi
Axborot
tarqatish,
marketing
ishlarini
yuritish,
logistika
masalalar
Innovatsion
rivojlanishni avj
oldirish
maqsadida
tarmoqli
tuzilmalar
Subshartnoma
asosida ishlab
chiqarishni
optimallashtirish
innovatsion
rivojlanish
barqarorligi
Tor ixtisoslik
yo‘nalishlarda
innovatsion
jarayonlarni
kuchaytirish
Tarmoqli
tuzilmalarni
rivojlantirish
Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahliliga ko‘ra,
mazkur tuzilmalarning asoslari sifatida texnoparklar,texnologiyalar,
yuqori
texnologiya hududlarini e’tirof etish mumkin.
Ma’lumki,
innovatsion
jarayon
texnologiyalar
transferi
asosida
yotadi.Texnologiyalar transferi o‘zining chiziqli ko‘rinishda rivojlanishiga muvofiq
qo‘yidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
fundamental ilmiytadqiqotlar;
amaliy tadqiqotlar;
innovatsion ishlanmalar;
yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
marketing va texnologiyalar tijorati (tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarish).
Texnologiyalar transferining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni amalga oshirish zarur:
olimlar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar va yangiliklar zarur;
g‘oyadan to ilmiy hajmdor mahsulotga aylanish mumkin bo‘lgan real
patentlangan ilmiy natijaga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish lozim. Buning uchun etarli
moddiy-texnik, tajriba-eksperimental va moliyaviy ta’minot kerak bo‘ladi. Bu erda
ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan investitsiya
berilishi muhimdir;
ilmiy ishlanma ishlab chiqarish tarmog‘ining amalda qiziqishini uyg‘otishi va
uni texnologik jarayonlarga joriy etilishi lozim;
sanoat sinovi uchun ishlab chiqarish tarmog‘ida tegishli infratuzilma va
sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur;
innovatsion mahsulot ichki va xalqaro bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega
bo‘lishi lozim, ya’ni import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan bo‘lishi
zarur.
Xususiy vaaksioner kapital, venchur kapital ishtirokida, innovatsion jarayonni
tashkil qilish, uni barcha bosqichlarida innovatsiyalarni amalga oshirish va taqdim
etilgan maqsadli investitsiyalar mavjud sanoatga innovatsiyalarni targ‘ib qilish
lozim.
Davlat yoki boshqa korxonalar topshirig‘iga
asosan innovatsion jarayon
oxirgi bosqichni tashkil qilish va boshqarish orqali menedjerlar guruhini ishga solish
va zaruriy infratuzilmaniyaratish orqali amalga oshiriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ko‘pgina mahalliy ilmiy ishlanmalar butun
sharoitda amalda bo‘lgan texnologiyalar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
guruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilarga
tayyor va yaxshi reklama
qilingan yangi texnologiya yoki mahsulotlarni sotib olish, ularning ishlab
chiqarishdan ko‘ra osonroq hisoblanadi. Respublika ishlab chiqaruvchilari hali ham
yangi mahalliy ishlanmalarga mablag‘larni ishonchsiz qo‘ymoqda.
Davlat amaliy ilmiy-texnik dasturlari darajasida ilmiy loyihalarni
moliyalashtirishda bu ishlarga qiziqqanlarni sanoat
tomonidan ishtirok etishini
ta’minlash va ayniqsa tarmoqlar,respublikaning etakchi sanoat ob’ektlari va ularning
moliyaviy ishtiroki bilan yaratiladigan venchur fondlari loyihalar amaliy
ishlanmalarning birinchi monitoringgini olib borish hamda innovatsiya bosqichiga
o‘tkazishi zarur. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishda innovatsion loyihalarni
venchur fondlari orqali moliyalashtirishi kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Zamonaviy innovatsion marketing strategik ko‘rinishlarini sharhlab bering?
2. Yuqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing
xususiyatlari qanday
tavsiflanadi?
3. Yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishda maqsadli bozorning tahlili.?
4. Innovatsion marketing strategiyasida texnologiyalar transferasi qanday tashkil
etiladi?
http://fayllar.org