10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi Reja



Yüklə 34,61 Kb.
səhifə5/9
tarix12.10.2023
ölçüsü34,61 Kb.
#154429
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi

Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
Ishsizlik turlarini tasniflashda ba’zi adabiyotlarda ma’lum noaniqliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, professor M.N.CHepurin va E.A.Kiselevalar umumiy tahriri ostida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada «ixtiyoriy» va «majburiy» ishsizlik turlari ham ajratib ko‘rsatiladi. Ularning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy ishsizlik – bu bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjudligi sharoitida ishchini ish haqi darajasi yoki mehnatning tavsifi qoniqtirmaganligi sababli paydo bo‘luvchi ishsizlik hisoblanadi. Majburiy ishsizlik esa ish haqining bozor muvozanati nuqtasidan yuqori darajada o‘rnatilishi oqibatida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasida tafovut vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Ish bilan to‘liq bandlilik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. CHunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishchi kuchi tarkibiga ishlay oladigan va ishlashni xohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo‘ladi. Boshqacha aytganda, band bo‘lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo‘lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) bildirgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Ishsizlik va uning darajasini aniqlashda ba’zi bir adabiyotlarda turli noaniqliklarni keltirib chiqaruvchi holatlar ham uchraydi. Jumladan, V.I.Vidyapin umumiy tahriri ostidagi darslikda mehnat qilish yoshidagi aholi tarkibi institutsional va noinstitutsional aholiga ajratiladi. Institutsional aholi – bu nobozor tuzilmalar, ya’ni davlatning armiya, politsiya, davlat apparati singari institutlariga yo‘naltirilgan aholidan iborat. Aholining qolgan mehnat qilish yoshidagi qismi noinstitutsional aholi hisoblanadi. Band bo‘lgan aholi tarkibiga iqtisodiyotning bozor tuzilmalariga yo‘naltirilgan aholi kiritiladi.
Shuningdek, bandlik va ishsizlik darajasini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanilishi ta’kidlanadi:
- noinstitutsional aholi soni (CHnn);
- ish bilan bandlar soni (CHz);
- ishsizlar soni (CHb);
- ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan shaxslar soni (CHnrs).
Mazkur ko‘rsatkichlar o‘rtasida quyidagi bog‘liqlik mavjud:
- ishchi kuchi soni CHrs = CHz + CHb;
- noinstitutsional aholi soni CHnn = CHz + CHb + CHnrs;
- aholining bandlik darajasi Uz = CHz / CHnn;
- aholining ishsizlik darajasi Ub = CHb / (CHz + CHb);
- ishsizlik me’yori Nb = [CHb / (CHz + CHb)] x 100%;
- aholining ishchi kuchi tarkibiga jalb etilganlik darajasi Uvrs = (CHz + CHb)/CHnn.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, darslik mualliflari tomonidan bir qator chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan: birinchidan, ishchi kuchi va aholi tushunchalari o‘rtasidagi tafovutga e’tibor qaratilmagan; ikkinchidan, ishchi kuchi bandlilik darajasini aniqlashda davlat sektorida band bo‘lganlar hisobga olinmagan; uchinchidan, bandlik darajasini aniqlashda ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan shaxslar soni asossiz ravishda qo‘shilgan.
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Yüklə 34,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin