10 mavzu: korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyutsiyasi reja



Yüklə 114,94 Kb.
səhifə1/15
tarix12.04.2023
ölçüsü114,94 Kb.
#96465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10 mavzu korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyuts


10 - MAVZU: KORRUPSIYA SHAKLLANISHINING GENEZISI VA UNING EVOLYUTSIYASI
REJA:

  1. Korrupsiya tushunchasining mohiyati va uning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir.

  2. Korrupsiya bu – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat. 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasidagi asosiy tushunchalar. BMT ning korrupsiyaga qarshi kurashga oid ma’lumotnomasida “Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimyatini suistemol qilish”.

  4. Korrupsiya darajasi – jamiyatning o‘ziga xos termometri. “Korrupsiya – hokimyatning chirishidan iborat ijtimoiy hodisa”dir.

  5. XIX va XX asrlar bo‘sag‘asi rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishida yangi bosqich. XX asrning ikkinchi yarmida korrupsiya yanada dolzarb xalqaro muammoga aylana boshlanishi.



TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:Korrupsiya,manfaatlar to’qnashuvi, siyosiy korrupsiya,iqtisodiy korrupsiya, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib korrupsiya xalqaro muammoga aylandi. Ayniqsa, globallashuv jarayonlari natijasida bir mamlakatdagi korrupsiya boshqa mamlakatlar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. 1994-yilning 31-dekabrida «Finansial Times» gazetasi 1995-yilni «Korrupsiyaga qarshi kurashish yili» deb e’lon qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa korrupsiyaga oid savodxonlikni tashviqot qilish uchun 9-dekabrni «Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni» deb e’lon qilindi va ushbu kun 2004-yildan boshlab nishonlanib kelinadi. Korrupsiya (lat. corrumpere - ma’naviy (axloqiy) jihatdan buzish, razillashtirish, yo‘ldan urish, lat. Corruptio-pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (ma’naviy) buzilish, chirish, sotqinlik, tanazzul) - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama. Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqinligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Yevropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi. Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa - fosh qilinish va jazolanish risqi hisoblanadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon yetkazib, iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.1 Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Yüklə 114,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin