10-mavzu. Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari reja



Yüklə 38,2 Kb.
səhifə5/9
tarix31.08.2023
ölçüsü38,2 Kb.
#141180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kreditning zarurligi, funktsiyalari, turlari va shakllari

10.4. Kreditning tamoyillari.

Kreditning funksiyalarini to‘laqonli amal qilishida uning tamoyillari alohida o‘rin tutadi. Kredit quyidagi tamoyillarni bajaradi:


muddatlilik tamoyili (kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma’lum muddatga beriladi. Mamlakatimiz bank tizimida kreditlar muddatiga qarab, qisqa yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi);
to‘lovlilik tamoyili (kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to‘lovlarni foiz ko‘rinishida kredit oluvchidan undiradi);
ta’minlanganlik tamoyili (berilgan kreditlarning barchasi u yoki bu darajada tegishli risk bilan bog‘liq bo‘ladi, kreditor ushbu riskni pasaytirish maqsadida kredit oluvchidan uning ta’minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar mol – mulklarni garovga qo‘yish, sug‘urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat xatlari bilan ta’minlanadi);
qaytarishlik tamoyili (kreditor tomonidan vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘lar tegishli muddatlardan so‘ng to‘liq qaytaralishi lozim bo‘ladi);
maqsadlilik tamoyili (kreditor berayotgan kredit bo‘yicha tuzilgan shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‘yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funksiyalari va tamoyillarini to‘laqonli amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi kredit funksiyalari va tamoyillarida o‘z aksini topadi.
10.5.Kreditning ob’ektlari va sub’ektlari.

Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‘liqroq ochib berishda uning sub’ektiv va ob’ektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning sub’ektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi.


Kreditning sub’ektiv mohiyati bir – biriga bog‘liq bo‘lgan “kreditor” va “kredit oluvchi”ning munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
“Kreditor” va “kredit oluvchi” o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning asosida tovar – pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larning mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir – biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir – biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi.

Yüklə 38,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin