10-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja


Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya-larini tatbiq etish



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə7/12
tarix04.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#92985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 (1)

4.Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya-larini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.
1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.
2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas.
Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
3. Bilvosita dialog - virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlami, komyuter qo‘ygan vazifalami, o‘yinlami takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha
oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyorlov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir.
Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlami o‘rgatishga qaratilgan, tekshiruychi - sinovchi, majmuaviy «sayohab yoki «ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi. Mashg‘ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga j oylashtiradi. Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallami monitor ekraniga chiqaradi. Bolalaming diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi.
0‘iganilganmaterial mustahkamlanadi. Bolalaming mashg‘ulot davomida olgan bilimi baholanadi. 0 ‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlami kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg'ulotlaming aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar
shaklida o‘tkaziladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilaming kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emasligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan.
15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi. Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilaming toliqishini hisobga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mavzuga tegishli og‘zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmundagi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog‘ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishini bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‘ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ulamingfikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining algortmi:
1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.
2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bildiradi.
4. Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.
5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlami va kompyuter qo‘ygan vazifalami, o‘yinlami takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hollarda ham ulaming harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluksiz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «sichqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylashgan holda bolalaming 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlariyo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining
ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga
aylanaii.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, *mashg‘ulot fontal ravishda, bitta bo‘Isa, undan navbatma-navbat foydalani gan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan (birinchi tarbi/alanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTM larda.proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib
olib boradi. 15-20 daq;qali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan materiallar savol-javob asosida mustah-kamlanadi va tarbiyalanuvchilaming bilimlari baholanadi. Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tarbiyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg‘ulot mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish
texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin