2.Media ta’limning asosiy mazmuni. Respublikamizning pedagogik olim va amaliyot-chilari ilmiy asoslanganhamda О ‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ulami ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalami ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyatitug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlami va yuqori malakali olimlami yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ulaming eskirib, talabga javob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalana versa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan bormoqda. Bu yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyat-ga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki: - ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish
maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
-- an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so'zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «Axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
--fan-textika taraqqiyotininig o‘rta rivojlanganligi natijasida axborotlaming keskin ko‘payib borayotganligi va ulami yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
--kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan te fakkurdan tobora foydali natijaga ega bolgan, aniq yakunga asoslang an texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;
--yoshlami hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv torliqqa majmuaviy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qili hidadir.
Keyingi 10-yillar ichida yaratilgan, pedigogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg'or pedagogik texnologiya». «Progressiv pedagogic texnologiya» kabi tushunchalar ko‘p uchrab turgani bilan, ulaming o‘zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan.
Darhaqiqat, XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlami yangicha mazmun kasb etishini ta’minlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarsi kishilami moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlaminig yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ulami qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli
bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.