UYuCh (UVCh)-terapiya
Davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluk-siz va impulsli rejimda qo‘llaniladi. Impulsli rejimda elektr maydo-nining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi pauza almashinib turadi. Ultra yuqori chastotali impulsli elektr maydonining organizmga ta'siri MNSga kuchli “urishlar” hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi, bu vaqtincha parabiozga olib keladi. Bunday mexanizm MNSda dimlanish jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan.
UYuCh o‘zgaruvchan elketr maydoni teridagi retseptorlarga ta'sir etmasdan chuqur kirib boradi, u yerdagi to‘qimalarda issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. UVCh maydon ta'siri tok o‘tkazuvchi suyuqlikda ionlar tebranish yo‘nalishini chaqiradi, dielektrik to‘qimalarda yadro va elektronlar tebranishini qutb molekulalari o‘rta holat atrofida aylanma harakatni yuzaga keltiradi. Ionlar, dipol va qutb molekulalar holatining o‘zgarishi issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. Issiqlikning hosil bo‘lishi ko‘proq maydon quvvatiga va to‘qimalarning energiyani o‘ziga olishiga bog‘liq. UYuChning issiqsiz dozirovkada qo‘llanilishi yaqqol bo‘lgan ossilyator ta'sirni chaqiradi. Zaryadlangan tolachalarning tebranishli harakatlari to‘qimalarning, ayniqsa kolloidlarning xujayra va molekulyar tuzilishida fizikaviy-kimyoiy o‘zgarishlarga olib keladi.
UYuCh elektr maydonining fiziologik ta'siri uning dozasiga bog‘liqdir : kuchsiz dozalari to‘qimalar va organlar funksiyasini oshiradi, kuchli dozalari aksincha ularning funksiyalarini susaytirib qo‘yadi. Masalan : kuchsiz dozalar o‘t (safro) ishlab chiqishini kuchaytirsa, kuchli dozalari susaytiradi; kuchsiz dozalari nerv regeneratsiyasini tezlashtiradi, kuchlilari susaytiradi. UYuCh elektr maydonining ta'siri ostida granu-lyasiyalarning o‘sishi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi kuchayadi, qon va limfa oqimining kuchayishi tufayli to‘qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi, shunga ko‘ra to‘qimalar har xil zararli ta'sirlarga yaxshi-roq bardosh beradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligi kuchayadi, bu ekssudatlarning tezroq so‘rilib ketishiga va to‘qimalardagi shishning qaytishiga yordam beradi, fagotsitlarning qondan to‘qimalarga chiqishi osonlashadi. UYuCh elektr maydoni ta'siriga bosh miya bilan orqa miyadagi vegetativ markazlarning hujayralari, shuningdek vegetativ tugunlarining hujayralari sezgirdir. Bu maydon ta'siri ostida organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va faollashadi, immunologik jarayonlar kuchayadi, u yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lnish o‘chog‘ida kalsiy ionlari sonini oshiradi, u yerdan zaharli maxsulotlarining so‘rilishini sekinlashtiradi, bakteriyalarning hayot faoliyatini pasayti-radi.
Muolaja o‘tkazish uchun partotiv “UVCh-4”, “UVCh-30”, “UVCh-62”, “UVCh-66” va statsionar “Ekran-1”, “Ekran-2”, “UVCh-300”, “Impuls-2”, “Impuls-3”, “UVCh-54” apparatlaridan foydalanib, elektr maydon kondensator plastinalar yordamida havo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi.
UYuCh-terapiya tavsiya etilganda quyidagi holatlarni esda tutish zarur:
1.Kondensator plastinalar yaqinlashganda maydon zichligi oshadi, ular orasidagi masofa uzoqlashganda maydon zichligi kamayadi va tarqalishi ortadi.
2.Agar maydonga yod metall buyumlar tushsa, u o‘ziga elektr maydonini qaratadi, ya'ni metall buyum atrofida maydon yig‘ilishi kuzatiladi.
3.Kondensator plastinalarining burchak ostida joylashishida elektr maydoni bir me'yorda bo‘lmaydi va bir-biriga juda yaqin tursa issiqlik ta'siri ko‘p bo‘lmaydi.
4.Kondensator plastinalarining yuzasi bir xil bo‘lmasa, u holda kichik yuzalida maydon zichligi ko‘payadi va bu yerda biofizik jarayonlar va organizm reaksiyasi yaqqolroq bo‘ladi.
5.Kondensator plastinalar joyidan qo‘zg‘atilsa maydonning bir xilligi o‘zgaradi.
UYuCh-terapiya kasalliklarining hamma davrida qo‘llanilishi bilan boshqa usullardan afzalroq hisoblanadi, Uni o‘tkir yiringli kasalliklarda, yallig‘lanish jarayonlarida, atoniyalarda, spazmlarda, nevrit, nevralgiyalarda va h.z. tavsiya etiladi. Qon ketishga moyillik, yomon sifatli o‘sma, II – III darajali yurak yetishmovchiligi, aorta anevrizmi, gipotoniya, miokard infarkti bo‘lsa tavsiya etilmaydi.
Muolaja maxsus tayyorlangan xonalarda o‘tkaziladi. Bu xonalarda metall buyumlarning bo‘lishi mumkin emas, devorlari ichkaridan qo‘rg‘oshinli rezina bilan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: |