O‘quv fanlari bloklari mazmuniga quyidagi talablar quyiladi. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bo‘yicha:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to‘ldirishi va rivojlantirishi; milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyatni, iqgisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi;
ta’limningtarix, falsafa, xalqan’analari, urf-odatlari bilan uzviy bog‘liqligini, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’minlashi;
insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhini rivojlantirish;
ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlash.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bo‘yicha:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rnining ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;
koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarni o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;
muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlash.
Umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha:
• matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar
o‘rtasida ilmiy-nazariy bog‘liqlikni t maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va uquvlarni shakllantirish i;
modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta qo‘llash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.