10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Personalning uzluksiz ta’limini tashkil etish



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə22/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
10-mavzu PB

3. Personalning uzluksiz ta’limini tashkil etish

Hozirgi sharoitlarda personalninguzluksizta’limini yo‘lga qo‘ymasdan juda jadal sur’atlarda o‘zgarib borayotgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ulardan samarali foyda-lanish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tasavvur etib bo‘lmaydi. Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar personalning uzluksiz ta’limini tashkil etishda katta tajribaga egadirlar.


Korxonada personalning uzluksiz ta’lim tizimi mutaxassislarning ish sifati, kasbiy mahorati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, ularni butun mehnat faoliyati davomida uzluksiz o‘qitish, personalni tarkibi va malakasi to‘g‘risida ma’lumotlar bankini yaratish, ularni xizmat vazifalarida siljitish va o‘stirish, o‘quv-uslubiy materiallar bankini yaratish va undan foydalanish imkonini beradi.
Ushbu tizimda o‘qitish korxonadagi mavjud asosiy kasblar va ixtisosliklar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun kompaniya va firmalarda faoliyat turlari va o‘qitish muddati belgilangan guruxlar shakllantiriladi. Har bir guruh uchun ish joylari pasporti, o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar, avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlaridan iborat o‘z o‘qitish to‘plami (bilimlar negizi) yaratiladi. Barcha ixtisosliklar bo‘yicha bunday o‘qitish to‘plamlari o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar, avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari jamg‘armasini tashkil etadi.
Personalning uzluksiz ta’limi kompaniya va firmalarning o‘zida ham, o‘quv markazlarida ham amalga oshirilishi, uzluksiz ta’limda xodimlar o‘z-o‘zlarini o‘qitish usulidan ham foydalanishlari mumkin.
Tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq o‘tkaziladigan uzluksiz o‘qitish korxona mutaxassislari ixtisosliklari uchun malaka oshirish rejalarida aks ettiriladi. Mazkur reja xodimning ishga qabul qilingan vaqtidan boshlab, uning butun mehnat faoliyati davrini qamrab oladi.
Personalni uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish uchun zarur ma’lumotlarni hozir ko‘pgina kompaniya va firmalarda qo‘llanilayotgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi („BRITISH AMERICAN TOBACCO UZBEKISTAN”) „VAT-kadrlar" tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu tizim bankida odatda quyidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi:

  • o‘qitilgan, attestatsiyadan o‘tgan xodimlar soni;

  • xodimlarning malaka oshirganliklari, qayta tayyorgarlikdan o‘tganliklari, so‘nggi o‘qitilgan vaqti;

  • muayyan davr oralig‘ida ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni;

  • tegishli o‘qitish turiga jalb etilgan sana yoki xizmat lavozimidagi siljishlar;

  • so‘nggi attestatsiyadan o‘tgan vaqti;

  • kadrlar o‘qitilishining tahlili;

  • lavozimda o‘stirish uchun zaxiraga kiritilgan mutaxassis va rahbarlar ro‘yxati;

  • xodimlarning ma’lumoti;

  • taxlil yoki umumlashtirish uchun lozim bo‘lgan boshqa ma’lumotlar (xodimlarning yoshi, ish staji, qaysi ta’lim muassasasini tugallaganlari vahokazolar).

YUqorida keltirilgan ma’lumotlar tahlili xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni oqilona hal etish uchun juda foydalidir.
Bundan tashqari, personalni uzluksiz ta’limga jalb etishda psixologik tadqiqotlar tizimidan ham foydalaniladi. Ushbu tadqi-qotlarni olib borish uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • psixologik va kasbiy layoqatni baholash bo‘yicha avtomatlashgan o‘qitish majmuasi. U 25 ta psixologik va psixofiziologik test uslublaridan iborat;

  • psixologik kasbiy layoqatni baholash bo‘yicha avtomatlashgan o‘qitish tizimi. U 12 ta psixologik test uslubidan iborat;

  • „Testlar" psixologik layokatni baholash bo‘yicha avtomatlashgan tizim. U 14 ta psixologik va psixofiziologik uslubdan iborat;

  • ijtimoiy-psixologik muhitni tadqiq etish bo‘yicha avtomatlashgan tizim. U ijtimoiy-psixologik muhitni, shuningdek, guruhning, jamoaning jipsligini, guruh har bir a’zosi ijtimoiy maqomini baholash bo‘yicha 2 ta test uslubidan iborat.

YUqorida ko‘rsatilgan barcha tizimlar bir-birlaridan mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida test dasturlari tizimini xodimlar, mutaxassislar va rahbarlar kasbiy layoqatini aniqlash uchun qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda ushbu tizimning asosini:

  • bilim, ko‘nikma, mahoratning kirish, joriy va chiqishdagi nazorat turlari;

  • avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi hamda mashqo‘tkazuvchilar (tarmoqdagi barcha ixtisosliklar uchun ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan) barcha turlariga kiruvchi test dasturlari banki tashkil etadi. Turlicha avtomatlashgan o‘qitish tizimi va mashqo‘tkazuvchilar (to‘la hajmli, imitatsiya qiluvchi, displeyli)dan foydalanish xodimlarning, ayniqsa, ularni ishga qabul qilish, o‘qitish strategiyasini tanlash, xizmat vazifasida siljitishlar va hokazolar paytida juda qo‘l keladi.

Mutaxassislarni zamonaviy mashqo‘tkazuvchilar (trenajyorlar)dan foydalangan holda tayyorlash ularni nazariy va amaliy jihatdan o‘qitishda yangi uslubiy imkoniyatlar yaratadi. Bu o‘quv jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Tayyorgarlikning bunday mavjud barcha imkoniyatlaridan mutaxassislar faoliyati (ular faoliyatlari shartlari)ga aniqtalablarni tadqiq etish orqaligina foydalanish mumkin.
Ishchi va mutaxassislar ish joylarini pasportlashtirish ana shu maqsadga xizmat qiladi. Personal bilimi, ko‘nikmalari, mahoratiga talablar uzluksiz ta’lim tizimining asosiy hujjati hisoblanib, o‘qitish unga asoslangan holda tashkil etiladi.
Personalni uzluksiz o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan kompaniya va firmalarda ish joyi pasporti odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi (9.11-rasm):

  • xodim haqida ma’lumotlar;

  • xodimningishtajribasi;

  • xodimning kasbiy bilimi;

  • xodimning kasbiy mahorati;

  • shaxsiy sifatlar;

  • shaxs psixologiyasi;

  • salomatlik va ishchanlik;

  • malaka darajasi;

  • xizmat karьerasi;

  • qiziqishi (xobbi);

  • xodimning shaxsiy nuqsonlari;

  • mehnatning tashkil etilishi;

  • mehnatgahaqto‘lash;

  • ijtimoiy ne’matlar;

  • ijtimoiy kafolatlar.




Ilmiy asosda tuzilgan ish joyi pasporti xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni rivojlantirish vazifalarini hal etishda me’yoriy hujjat vazifasini o‘taydi.


YAxshi xodimlar, odatda, o‘qish, malaka oshirishni, sifat jihatidan yangi vazifalarni hal etishni xohlaydilar. Biroq eng faol xodimlar ham buni qanday amalga oshirishni hamisha ham bilavermaydilar. Oqibatda ularning intilishlari ro‘yobga chiqmaydi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta’sirini qo‘rsatmay qolmaydi. Bu ro‘y bermasligi uchun korxona va tashkilotlarning kadrlar xizmati ishlab chiqarishning joriy va istiqboldagi faoliyati ko‘rsatkichlariga asoslangan hodda o‘z xodimlarini tayyorlash va rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishlari, bu rejalar bajarilishini muntazam nazorat qilib borishlari kerak.
Korxonada personalni uzluksiz o‘qitish tajribasiga tayangan holda uning quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • o‘qitishni umumiy ishlab chiqarish va kadrlar vazifalari bilan uzviy bog‘likligini ta’minlash;

  • o‘qitish dasturlarini guruhlarlar va ixtisosliklarga muvofiq ravishda individuallashtirish;

  • dasturlar uslubiyotini juda puxtalashtirish;

  • o‘qitishning faol usullaridan keng qo‘llanish va o‘qitish muddatlarini qisqartirish;

  • ixtisoslashtirilgan malaka oshirish markazlari tarmog‘ini yaratish;

  • bilimlar, ko‘nikmalar, mahoratga o‘qitishda bu bilim va ko‘nikmalarni rahbardan xodimga hamda xodimlar o‘rtasida bir-birlariga uzatishlariga erishish.

Personalni uzluksiz o‘qitish mundarija, mavzulari, mazmuni har bir korxona va tashkilot faoliyat turi ixtisosliklar, guruhlar tarkibi va hokazolarga muvofiq ravishida xil bo‘lishi tabiiy. Ayni vaqtda, bugungi kun talablaridan kelib chiqkan holda uzluksiz ta’limdan quyidagi masalalar o‘rin olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • bozor iqtisodiyoti asoslari;

  • xo‘jalik huquqi;

  • shartnoma asosida faoliyat olib borish;

  • personalni boshqarish;

  • menejment;

  • marketing;

  • boshqaruv psixologiyasi va ijtimoii psixologiya asoslari;

  • axborot ta’minoti;

  • mehnat qonunchiligi va ish haqi to‘lash tizimi;

  • mutaxassis ish joyiga ergonomik talabalar;

  • xavfsizlik texnikasi va mehnat muxofazasini tashkil etish.




Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin