Masofadan turib o‘qitish texnologiyasi — insonning mustaqil ravishda, lekin nazorat ostida tegishli bilimlar, ko‘nikmalarni muayyan vaqtlarda o‘qituvchi maslahatlarini olgan holda (ishlab chiqarishdan ajralmasdan) egallashining uslub, shakl va vositalari yig‘indisidir. Mazkur texnologiya talab etilayotgan muayyan bilimlar hajmi poydevoriga qo‘yilgan. O‘zlashtirish uchun taqdim etiladigan bilimlar hajmi masofadan turib o‘qitishga mo‘ljallangan maxsus kurs va modullarda jamlanadi. Bu bilimlar hajmi tarmokda mavjud ta’lim standartlari hamda ma’lumotlar banki, videoteka kutub-xonalariga asoslanadi.
Tinglovchilar uchun axborotlar quyidagi shakllarda etkaziladi:
bosma materiallar (o‘quv-uslubiyot qo‘llanmalari);
elektron materiallar (kompьyuter ta’lim kurslari, ma’lumotlar banki, bilimlar banki, elektron darsliklar);
audio va video tasmalar;
televidenie o‘quv ko‘rsatuvlari;
nazorat va taxlil etuvchi tizimlar.
Bu materiallar quyidagi axborot manbalari orqali etkaziladi:
bosma nashrlar;
audio va video tasmalar;
egiluvchan magnit, lazer va qattiq disklar;
nazorat jadvallari va qoliplari.
Masofadan turib o‘qitishda quyidagilar ta’lim vositalari hisoblanadi:
Masofadan turib o‘qitishda telekommunikatsiya tizimi markaziy bo‘g‘in hisoblanadi. Ulardan o‘quv jarayonini ta’minlash uchun foydalaniladi. Bu tizimlar orqali:
tinglovchilar zarur o‘quv va o‘quv-uslubiyot materiallari bilan ta’minlanadi;
o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasida masofadan turib aloqa o‘rnatiladi;
axborot tarmoqlariga ulanishga erishiladi.
Demak, masofadan turib o‘qitish texnologiyalari o‘quv material-larini tinglovchilarga etkazib berishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiqfarqlanar ekan. Xususan, ta’lim muassasalarining masofadan turib o‘qitish tizimida quyidagi texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin:
1. Keys-texnologiya. Ushbu kurs kitob sifatidagi o‘quv-amaliy darslik bo‘lib, unda o‘rganilayotgan mavzu yaxlit yoritilgan holda tinglovchi o‘z bilimini tekshirib ko‘rishi uchun zarur miqdordagi nazorat topshiriqlari bo‘ladi. Kurs qo‘shimcha o‘quv materiallaridan
iborat audio va video tasmalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
2. SD-ROM — texnologiya.Kurs mulьtimedia interaktiv mahsulotli SD-disk sifatida bo‘ladi. Bu kursni kompьyuter orqali uyda yoki ish joyida egallasa bo‘ladi.
3. Tarmoq texnologiyasi. Bu usulda kurs ta’lim muassasasi o‘quv serveriga tarmoq murojaati vositasi bilan egallanadi.
Masofadan turib o‘qitishda avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining roli kattadir. Yirik kompaniya va firmalarda hozirgi vaqtda personal ixtisosliklari va xizmat vazifalariga muvofiq yuzlab avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari hamda mashq qildiruvchi imitatorlar yaratilgan. Odatda avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi 6 ish tartibiga ega:
O‘qitish.
Imtihon.
Namoyish qilish.
Nazorattopshirigi.
Statistika.
YOrdam.
Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimining dasturiy ta’minoti katta imkoniyatlarga ega. U ish tartibini, o‘quv-mashq topshiriqlarini bajarish uchun tanlay oladi, tegishli tartib bo‘yicha bilimni tekshiradi, „O‘qitish” tartibida tinglovchi tushunmagan masala yuzasidan yordam olish imkoniyatiga ega. SHuningdek, avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi tinglovchi o‘qitish jarayonida faollik ko‘rsatmasa unga tegishli ta’sir ko‘rsata oladi. „Imtihon” tartibida esa tinglovchi savollarga javob berish vaqtini nazorat qila oladi.
Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi dasturiy ta’minoti jumladan, Microsoft Windows operatsiya tizimi boshqaruvi ostida ishlay oladi.
Masofadan turib o‘qitishda mulьtimedia tizimidan foydalanish yanada samaraliroqdir. Mulьtimedia tizimi kompьyuter texnologiyalari yo‘nalishlarining tadrijiy davomidir.
Mulьtimediadan foydalanuvchi audio va video xabarni elektron pochta orqali uzatish, dasturiy mahsulotni nutq bilan izoxlab berish, ekran „oynacha”laridan biriga teletasvir yoki boshqa joydagi o‘qituvchi tasvirini qabul qilib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda telekommunikatsiya vositalarining takomillashtirilishi ensiklopediyalar, lug‘atlar, o‘quv darsliklari to‘plamlarini server ilovalariga aylantirish imkonini beryapti. Ushbu ilovalar mijozlari sifatida foydalanuvchilarning www brauzer (browser)lari bo‘ladi. To‘g‘ri, buninguchun „o‘z” o‘qitish kompьyuteri va serveriga ega bo‘lish talab etiladi. SHu holdagina mazkur server ilovalaridan www — sahifalar orqali tanishish mumkin.
Elektron pochta orqali esa „virtual sinf”lar tashkil etsa bo‘ladi. Internetda tarqatish ro‘yxati (mailing Lists) degan tushuncha mavjud. Bu serverga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot bo‘lib, bir guruh insonlarning o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini tug‘diradi. Bu quyidagicha tashkil etilishi mumkin.
Muayyan bir masala mavzu bo‘yicha bahs guruhi tuzilib, bu hakda manfaatdor shaxslarga bahs o‘tkazish qoidalari hamda ushbu guruhga obuna bo‘lish tartibi (tarqatish ro‘yxati) ma’lum qilinadi. Har bir foydalanuvchini ro‘yxatga olish server tomonidan elektron pochta orqali foydalanuvchidan tegishli shakllagi maktub olinishi bilan (e’lon qilingan manzilga server-varaqqa tushunarli mazmundagi topshiriq, masalan, zarur tarqatish ro‘yxati nomlanishi — subscride listnante bayon etilgan maktub yuboriladi) avtomat ravishda amalga oshiriladi.
Bahs guruhiga guruhlarning bir a’zosi tomonidan yo‘llangan maktub server-varaqtomonidan avtomat tarzda barcha qatnashchilarga yuboriladi. Bu qatnashchilardan biri o‘qituvchi bo‘lishi mumkin. Ushbu usul juda qulayligi va arzonligi bilan farqlanadi. Mazkur server-varaqdan foydalanish uchun foydalanuvchining o‘z elektron pochtasiga ega bo‘lishi kifoya.
Bahs guruhlarining yana bir turi — yangiliklar guruhi (USENET)dir. Internetda ularni shunday deb nomlashadi. Bu holda serverda yangilik guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot o‘rnatiladi. Tarqatish ro‘yxati usulidan farqli o‘laroq, yangiliklar guruhi real vaqt (onlayn) tartibida ishlaydi, ya’ni foydalanuvchilar „Onlayn" tartibiga ulanishlari lozim bo‘ladi. YAngiliklar guruhida ishlash tartibi tarqatish ro‘yxati usulidek: foydalanuvchilar guruhga boshqa qatnashchilar tomonidan yo‘llangan xabarlar bilan tanishadilar, belgilangan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, maktub jo‘natadilar, muhokamaga qo‘yilgan masala asosida bahs yurgizadilar va hokazo. Faqat bu hammasi darhol, real vaqtda bo‘ladi. Buning uchun bahs qatnashchilari bir vaqtda muhokama o‘tkazish uchun o‘z kompьyuterlari oldida bo‘lishlari talab etiladi.
Masofadan turib o‘qitishni keng rivojlantirish uchun respublikamiz korxona va tashkilotlarida istiqbolli axborot texnologiyalarini jadal joriy etishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda. Ayniqsa, quyidagi texnologiyalar va o‘qitish tizimlari yaratish muhimdir:
Kompьyuter o‘qitish tizimlari, shu jumladan mulьtimediadan foydalangan holdagi texnologiyalar.
Uqitish jarayonini shaxsiy kompьyuterlar orqali tashkil etish.
Ekspert o‘qitish tizimlarini yaratish.
Telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish.
Amaliy dasturlar to‘plamlari texnologiyasini yaratish.
Uzluksiz ta’limga masofadan o‘qitishni kengjoriy etish.
Uzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida ushbu masalalarga katta e’tibor berilayotganligi diqqatga sazovordir.
SHuningdek, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda ham Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari: kunduzgi, eksternat va masofadan ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin, deb ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra: masofaviy ta’lim — oliy ta’limning kasbiy dasturlarini, asosiy faoliyatdan ajralmagan holda ta’lim muassasasidan uzokda o‘zlashtirishdir. U zamonaviy axborot texno-logiyalari va teletarmoqlar texnologiyasi vositalaridan foyda-lanishga asoslanadi.1 Vazirlik 1998 yildayoq oliy o‘quv yurtlarini mulьtimedia majmualari bilan ta’minlash to‘g‘risida alohida buyruq2 qabul qilgan.
1 Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami. „SHarq". Toshkent, 2001, 241- bet.
2 Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar tuplami. „SHarq". Toshkent, 2001.312-bet.