10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Ta’limni boshqarish bo‘iicha vakolatli davlat organlari (vazirlik va idoralar)ning



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə9/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
10-mavzu PB

Ta’limni boshqarish bo‘iicha vakolatli davlat organlari (vazirlik va idoralar)ning ta’lim sohasidagi huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
— ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;

  • ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish vauslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;

  • o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;

  • o‘quv va o‘quv-uslubiyat adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;

  • savlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

  • pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularni malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.



Mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar)ning ham ta’lim sohasida o‘z vakolatlari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;

  • ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning nizomlarini ro‘yxatga oladilar;

  • o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;

  • ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar1.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi (9.10- rasm).





1 Oliyta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami. „SHarq". Toshkent, 2001. 12—13- betlar.

1. Maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda bilimga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga


oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro jamg‘armalar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

  • maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

  • zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsulьtatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

  • maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

2.Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I—IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda
bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan so‘ng ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi shahodatnoma beriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limningyangichatizimi va mazmunini shakllantirish uchun:

  • maktabning I—IV sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlikni hisobga olish;

  • yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

  • hududlarning geografik va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;

  • o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

  • ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish;

  • o‘quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmokdarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi — akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin