Eng yaxshi ta’lim-tajriba. Nazariy mashg‘ulotlar, bilimlarni o‘rganish, ish ko‘nikmalari hosil qilish uchun juda foydali. Lekin amaliy bilimlar tajriba orqaligina egallanadi. Tajriba nafaqat bevosita kasb ko‘nikmalariga amaliyotda o‘rgatish jarayonida, balki o‘qitishning dasturiy usullari qo‘llanilganda ham egallanishini yodda tutish lozim.
Kompaniya xodimlari o‘qitish-jamoa jarayon ekanligini yaxshi bilishlari kerak. Eng chuqur va foydali rivojlanish axborotni bir yoqlama manbadan olganda emas, balki bilimlar bilan o‘rtoqlashish natijasida amalga oshadi.
Bilimlar bilan samarali ayirboshlash faqat ma’lumotlarga tez yo‘l topishdangina iborat emas. Kompьyuterning dasturiy ta’minoti va „Internet" texnologiyalari ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni osonlashtiradi, ammo xodimlarning o‘zida axboroglarni tarqatishga qiziqish bo‘lishi kerak.
An’anaviy korxona xodimlari izlanuvchi bo‘lishlari mumkin. Lekin ular rahbarlik lavozimida bo‘lmasalar, izlanishlar samarasi yo‘qotiladi yoki oshkor qilinmaydi. Uzluksiz o‘qiydigan korxonada esa izlanuvchanlik hamisha va hamma joyda namoyon bo‘ladi. Bu, ayniqsa, jamoa bo‘lib ishlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Qadriyatlar va dunyoqarashlar tizimi mushtarak bo‘lishi kerak. Xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar ko‘p hollarda, hatto birgalikda ishlaydigan insonlarning ham ishlab chiqarish jarayonlariga qarashlari turlicha bo‘lishidan dalolat berib turibdi. Agar xodimlarning fikrlashi — mezonlar, qadriyatlar, yondashuvlar umumlashtirilib, jamoa barcha a’zolari tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa, bilimlar ayirboshlash murakkab kechadi.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi — uzluksiz
ta’lim tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos va mos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qaytatashkil etishni hayotiy zaruratga aylantirdi. 1992 yilda „Ta’lim to‘g‘ri-sida"gi qonunning qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi birinchi va juda muhim qadam bo‘ddi. Ushbu qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab qo‘yildi:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi vaizchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg‘unlashtirish1.
„Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ngyangi o‘quv rejalari, dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratishga kirishildi. Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etila boshlandi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan hududiy yo‘nalishga o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi. O‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi, universitet ta’limi rivojlanishi ta’minlandi. Yangi ixtisosliklar, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Umuman, maktab ko‘p tarmoqli tizimga o‘tkazildi. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting usulida baholashga o‘tildi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga qo‘yilayotgan talablar hisobga olingan holda aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etildi.
Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Qobiliyatli talaba yoshlarni Amerika Qo‘shma SHtatlari, YAponiya, Xitoy, Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy markazlarida o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
SHunga qaramasdan, amalga oshirilgan mavjud o‘zgarishlarning o‘zi kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlay olmadi.
Ayniqsa, kadrlar tayyorlash tizimi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining moddiy-texnik asosi bugungi kun talabiga javob bermay qoldi. SHu bilan birga, ularda yuqori malakali pedagog kadrlar, hozirgi davr talablariga javob beradigan o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar juda kam ekanligi ayon bo‘ldi. Ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta o‘zaro hamkorlik va foydali integratsiyaning mavjud emasligi kadrlar tayyorlash tizimidagi eng jiddiy kamchiliklardan biri edi.
Ayniqsa, kadrlar tayyorlash tizimi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining moddiy-texnik asosi bugungi kun talabiga javob bermay qoldi. SHu bilan birga, ularda yuqori malakali pedagog kadrlar, hozirgi davr talablariga javob beradigan o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar juda kam ekanligi ayon bo‘ldi. Ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta o‘zaro hamkorlik va foydali integratsiyaning mavjud emasligi kadrlar tayyorlash tizimidagi eng jiddiy kamchiliklardan biri edi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabr kuni va bevosita rahbarligi ostida 2019- yildan 3-oktabr kuni “O’zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” farmoni asosida takomillashtirildi.
Milliy dasturga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari etib quyidagilar belgilandi:
respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan, xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi etib belgilandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish belgilab qo‘yildi:
„Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamo-naviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilma-lari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni amalga oshirish1..
Kadrlash tayyorlash milliy modeli nomini olgan mazkur dasturningasosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iboratdir:
Dostları ilə paylaş: |