10-mavzu. Regression va korrelyatsion tahlil


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 188,24 Kb.
səhifə3/4
tarix04.10.2023
ölçüsü188,24 Kb.
#152260
1   2   3   4
10-mavzu. Regression va korrelyatsion tahlil

Asosiy tushuncha va atamalar
Funksional bog‘lanish, korrelyatsion bog‘lanish, to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bog‘lanish, korrelyatsion tahlil, regression tahlil, juft korrelyatsiya, ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya, regressiya koeffitsiyenti, Fexner korrelyatsiya koeffitsiyenti, chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyenti, deterimnatsiya koeffitsiyenti, ranglar korrelyatsiya koeffitsiyenti, determinatsiya va korrelyatsiya indekslari, regressiya ko‘rsatkichlari mohiyatliligining Styudent t-mezoni, korrelyatsiya koeffitsiyenti mohiyatliligining Fisher f-mezoni, elastiklik koeffitsiyenti, ko‘p o‘lchovli regressiya, xususiy regressiya koeffitsiyenti, standartlashgan regressiya ko‘rsatkichlari, ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyenti, xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti, kolleniearlik, istiqbolni nuqtali va oraliqli baholash, assotsiatsiya koeffitsiyenti, kontigentsiya koeffitsiyenti.
Qisqacha xulosalar
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar juda murakkab bo‘lib, ular orasida ko‘pincha korrelyatsion bog‘lanishlar mavjud. O‘zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchi Y taqsimoti mos kelsa, bunday bog‘lanish korrelyatsiya deb ataladi.
Korrelyatsion tahlilda hodisalar orasidagi bog‘lanishning zichlik darajasi aniqlanadi. U korrelyatsiya koeffitsiyentlarini hisoblash, ularning muhimligi, ishonchliligini baholashga asoslanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti ikki yoqlama talqin etilishi mumkin: X ni Y bilan bog‘lanish zichligi yoki Y ni X bilan bog‘lanish zichligi. Bu ko‘rsatkich faqat bog‘lanish kuchini o‘lchaydi, ammo uning sababini yoritib bermaydi.
Regression tahlil bir hodisa o‘zgarishi natijasida boshqa hodisa qancha miqdorga o‘zgarishini yoritib beradi, ya’ni omillar samaradorligini aniqlash imkoniyatini tug‘diradi. Buning uchun omil belgi va natijaviy belgini umumiy iqtisodiy sifat tahlili asosida aniqlash kerak. Shunga qarab regressiya tenglamasini X ni Y bo‘yicha yoki Y ni X bo‘yicha tuzish masalasi yechiladi, chunki regressiya koeffitsiyentlari har xil miqdoriy qiymatlarga ega bo‘ladi.
Regressiya tenglamalarini bir belgining berilgan qiymati asosida boshqa belgining tegishli o‘rtacha qiymatini baholash uchun ifoda sifatida qarash mumkin. X ning Y bo‘yicha chiziqli regressiya tenglamasi (ularning o‘rtacha miqdorlari uchun nuqtalar orqali o‘tkazilgan o‘qlarga nisbatan qaralgan) va Y ning X bo‘yicha tenglamasi: , bu yerda ya’ni belgilar qiymatlarining ularning arifmetik o‘rtachasidan tafovutlari; b1,b2 - regressiya koeffitsiyentlari yoki qisqacha regressiyalar.
Korrelyatsiya koeffitsiyentining kvadrati determinatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Natijaviy belgi variatsiyasining qanday qismi omil belgi tebranishi bilan tushuntirilishini ta’riflaydi. Korrelyatsiya ko‘rsatkichlarini faqat variatsiya, o‘rtachadan tafovutlanish atamasi orqaligina talqin etish mumkin. Ularning belgilar darajalari orasidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlari sifatida talqin etib bo‘lmaydi.
Korrelyatsion-regression model - bu o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni natijaviy belgi bilan muhim omil belgilari o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar bilan ifodalashdir. Modellashtirish jarayonida quyidagi shart-talablarni ta’minlash kerak:

Yüklə 188,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin