To‘g‘ri va egri chiziqli bog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz? Misollarda tushuntirib bering.
Korrelyatsion tahlil qanday maqsadni ko‘zlaydi? Regression tahlil-chi?
Korrelyatsion bog‘lanishni modellashtirish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topadi? Har bir bosqichda qanday masalalar va usullar yordamida yechiladi?
Juft korrelyatsiya nima? Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiyachi?
To‘g‘ri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Tenglamasi qanday ko‘rinishga ega va hadlari (koeffitsiyentlari) nimani anglatadi?
Egri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Uning qanday shakllari mavjud?
Egri chiziqli regressiya tenglamalarini to‘g‘ri chiziqli shaklga keltirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Egri chiziqli regressiya koeffitsiyentlari qanday talqin etiladi. Bunday tenglamalar ekstrimumi qanday aniqlanadi?
Korrelyatsiya koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? U qanday hisoblanadi?
Fexner va Spirmen korrelyatsiya koeffitsiyentlari haqida nima deya olasiz?
Regressiya tenglamasi parametrlarining muhimligi (ishonchligi) qanday baholanadi? Korrelyatsiya koeffitsiyenti-chi?