10-mavzu: Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə8/9
tarix02.01.2022
ölçüsü161,5 Kb.
#36252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu- Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining shart

Uchinchi bosqich (2010dan h.d.)mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan “Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi hamda 2012 yil 19 dekabrda Birinchi Prezident tomonidan imzolangan holda 2012 yil 20 dekabrda matbuotda e’lon qilindi30.

Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanada ta’minlanishiga erishiladi.

Yuqoridagi qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o‘ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mezonlari belgilandi.

Yangi qonun orqali “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi va “Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga 4 tadan, jami 8 ta yangi qo‘shimcha prim moddalar va 16 ta turli mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamoxang holda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish borasida ham keng ko‘lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.Xususan, milliy saylov qonunchiligimiz umume’tirof etilgan xalqaro prinsip vanormalarga to‘la mos holda huquqiy jihatdan yanada rivojlantirildi, liberallashtirildi va saylov amaliyotini modernizatsiyalash yo‘lida yangi bosqich boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabussi bilan mamlakatimiz tarixida birinchi marta bir nechta qonunlarning o‘rniga tizimlashtirilgan, konkret va yaxlit qonun hujjati – 18 ta bob hamda 103 ta moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi” tayyorlandi va joriy yilning 25 iyunida“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QonunPrezident tomonidan imzolandi.Ilgari saylovlarni o‘tkazish tartibi alohida-alohida normativ huquqiy-hujjatlar bilan tartibga solingan edi.Ushbu kodeksi bilan Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibini belgilab berildi.Qonun bilan saylovlarda har bir fuqaro bir ovozga ega ekanligi, erkin va yashirin ovoz berilishi, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshirilishi mustahkam qo‘yildi.Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugituziladi.Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka o‘z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‘ygan holda Qonunchilik palatasidan o‘rin egallashi mumkin.Endilikda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi.Unga ko‘ra saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiyveb-saytida saylovchilarning ro‘yxati to‘g‘risidagi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga 15kun qolganida, chet davlatlardagi vakolatxonalarda, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olisva borish qiyin bo‘lgan erlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga 7 kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.Kodeks bilan kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari belgilandi.Jumladan, ommaviy axborot vositalarining vakillari saylov jarayonini yoritish, ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqigaega.Prezident saylovi, Qonunchilik palatasideputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari tugashidan kamida 3 oy oldin e’lon qilinadi.saylovlar soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.Ilgarisoat 6 dan soat 20 gachao‘tkazilgan.Saylovchi ovoz berish binosiga kelgach uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. SHundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.Saylov byulleteni yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.

Prezident saylovining o‘ziga xos xususiyatlari.

Prezident 5 yil muddatga saylanadi va bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Prezident bo‘lishi mumkin emas. 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotganfuqaro Prezident etib saylanishi mumkin. Prezident saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida 75 kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish saylovga 65 kun qolganida boshlanadi 45 kun qolganida tugaydi. Prezident saylov natijalari e’lon qilingan kundan kechi bilan 2 oyda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.

Prezident saylovi, Oliy Majlisga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi vaMarkaziy saylov komissiyasining rasmiyveb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi.Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdankeyin 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi. SHuningdek, ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.



Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin