TAQDIMOT JARAYONIDA KO`RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH.
Multimediali taqdimot- bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuni o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim.
Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar qiladi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi.