10-mavzu: sohaga oid taqdimot nutqi reja


Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari



Yüklə 163,48 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü163,48 Kb.
#210417
1   2   3   4
10-mavzu

Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:
1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.
2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.
3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.
1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.
4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
-jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
- havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);
- ixchamlik, harakatchanlik;
- chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
- moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
- qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi);
- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).


Yüklə 163,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin