10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari



Yüklə 412,4 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.05.2020
ölçüsü412,4 Kb.
#31087
10 maruza


Yüklə 412,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:

10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari 

 

Web–saytlarni loyihalashda asos qilib olingan eng muhim pritsiplarni aniqlab olamiz. 



1. 

Foydalanuvchilar uchun aniqlash  

Web–sayt  loyihalarining  yaxshi  ishlashi  uchun  foydalanuvchilar  ko‘nglini  topishdagi 

absolyut  xohish  eng  muhim  shart  hisoblanadi.  Barcha  saytlar  ular  uchun  tayyorlanadi.  Bunda 

yaratishdagi  rejalashtiriladigan  har  qanday  texnologiya  foydalanuvchi  ishini  osonlashtirishni 

hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. 

1.  Keng davradagi foydalanuvchilarga mo‘ljal olish 

Har  bir  biznesning  maqsadi  pul  topishdir.  Har  bir  Web–saytning  maqsadi  esa,  maqsadli 

auditoriya  uchun  ishlash.  Web–sayt  maksimal  miqdordagi  foydalanuvchilar  mushkulini  oson 

qilishi kerak. 



2.  Foydalanuvchilarni quvvatlash 

Web–saytning  normal  ishlashi  uchun  foydalanuvchilar  bilan  teskari  bog‘lanish  zarur. 

Ularga  Web–saytda  etarlicha  komfort  bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  har  xil  informatsion 

quvvatlab  turish  vositalarini  tatdbiq  etish  talab  etiladi,  masalan,  nisbatan  murakkab  jarayon 

ishlari  bo‘yicha  spravochnik  materiallarini  saytda  chop  etish;  tez-tez  beriladigan  savollarga 

javoblarni chop etish va b.q. 



4. Vaqt o‘tishi bilan tekshirilgan usullarni qo‘llash 

Eng avval bu texnologiyaga xos internet tadqiqotchilari eng ko‘p tarqalgan texnologiyaga 

mo‘ljal  olishlari  zarur.  Internetdagi  har  bir  yangilik  foydalanuvchilarga  mos  keladigan  qat’iy 

testdan  o‘tishi  kerak  bo‘ladi.  Aks  holda  texnologiyadan  foydalanishda  saytda  qatnashuvchilar 

soni kamayib ketishi mumkin. 

5. Jamoa ishi 

Ilgari  Web–saytni  ishlab  chiqarish  va  uni  kuzatish  bilan  bitta  odam  shug‘ullanishi 

mumkin,  deb  qaralar  edi.  Bunday  odam  Web–master  deb  atalar  edi.  U  bir  nechta  vazifalarni 

bajarish kerak edi, masalan, sistema administratori, ma’lumot baza administratori, programmist, 

dizayner, HTML–koder (varaqlovchi), jurnalist, marketolog, Web–loyiha menejeri va b.q. Lekin, 

Web–saytni  to‘g‘ri  rejalashtirishda  yuqoridagi  vazifalarni  baravariga  bajara  oladigan  odam 

topilmasligi  aniq.  Bu  holatdan  chiqib  ketishning  bitta  yo‘li  bor;  bu  ham  bo‘lsa,  Web–saytni 

tatdbiq qilish bilan birga Web–sayt ish asbobi (instrument) bo‘ladigan yangi biznes–jarayonlarini 

yaratishdir. Masalan, yangiliklarni kim tayyorlaydi va chop etadi? SMI vakillari va jamoatchilik 

bilan  Web–sayt  orqali  kim  muomala  qiladi;  Web–sayt  orqali  xizmat  va  mahsulotlarga 

buyurtmalarni  ko‘rib  chiqish  vazifasini;  imkoniyati  bor  haridorlarga  maslaxat  berishni; 

varaqalarini  tartibli  va  xatosiz  chop  etib  nazorat  qilishni;  Web–sayt  uchun  kompleks  reklama 

kompaniyasini amalga oshirish va shu kabilarni kim bo‘yniga oladi? 

Natijada Web–sayt ko‘pchilik biznes–jarayonlarda qulay va kerakli asbobga aylanadi.  



Ortiqchalikni yo‘qotish 

Internet–bu ortiqchalikka ko‘z yumib ketadigan muxit emas. Internetdan foydalanuvchilar 

hamisha  duch  keladigan  muammolarga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  aloqa  kanalining 

bo‘shligi;  kirish  narxining  yuqoriligi;  raqobatdagi  axborotlarning  haddan  tashqari  kupligi; 

behisob  axborotlar  ichida  mo‘ljal  olish  murakkabligi;  monitor  ekranida  matnlarni  o‘qish 

qiyinligi; Web–saytni loyixalashda yuqoridagilarni inobatga olish zarur. 

Foydalanuvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida voz kechish mumkin bo‘lgan ko‘plab 

uchrab turadigan ortiqchaliklar; 

1. Murakkab va esga solish qiyin bo‘ladigan Web–sayt xillari. 

2.  Mijozga  tushadigan  ortiqcha  yuklama,  mijoz  tomonidan  nostandart  texnologiyadan 

foydalanish,  (bu–kontekstda  “mijoz”–Web–sayt  tashrif  buyuruvchilari  foydalanadigan 

brauzerlar). 

1. 

Grafika va animatsiyalardan ortiqcha foydalanish. 



2. 

Axborot saxifalarini ortiqcha yuklash. 

3. 

Menyudagi punktlarning haddan tashqari ko‘pligi (6-8 tadan kup) 



4. 

Maqolalardagi ortiqcha axborotlarning mavjudligi, maqolalar yomon yozilgan. 

5. 

Web–saytda jiddiy informatsion yuklamalarni o‘zida aks ettirmagan ortiqcha oraliq 



sahifalardan foydalanish. 

6. 


Sahifalarning yuqori qismida noratsional foydalanish, (muhim bo‘lmagan 

axborotlarning ko‘pligi). 



Web–sayt maqsad va vazifalari tahlili 

Web–sayt mohiyatini aniqlash 

Web–saytdagi foydalanuvchilar tartibi va ular ishlarini tashkil etish prinsiplarini aniqlash 

juda  muhimdir.  Web–sayt  foydalanuvchisining  ismi  bo‘lishi  kerak,  degan  savolga  aniq  javob 

bera  olsangizgina  bo‘lajak  Web–saytni  ko‘z  oldingizga  aniq  keltirasiz.  Buning  uchun 

foydalanuvchilar  extiyojlar  va  Web–saytga  jalb  etish  mumkin  bo‘lgan  jarayonlarni,  axborotlar 

to‘laqonligi va bajarish darajasini ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bular barchasi kerakli qarorlarni 

qabul qilishda asqotadi. 

Informatsion mavzularni aniqlash va tashkil etish 

Taklif qilinayotgan Web–sayt auditoriya tartibini va saytda tashkil qilinajak jarayonlarni 

analiz etib, uning informatsion modelini aniqlash mumkin. Buning uchun har bir foydalanuvchi 

guruh  uchun  mo‘ljallangan  informatsion  mavzularni  aniqlash,  keyin  ularni  kategoriyalar 

bo‘yicha  taqsimlash  kerak  bo‘ladi.  So‘ngra  informatsion  mavzular  o‘rtasida  vertikal  va 

gorizontal  aloqalar  ko‘rsatib,  Web–saytning  informatsion  ierarxiyasini  tuzish  zarur  bo‘ladi. 

Olingan strukturani  Web–saytda  amalga oshirilajak jarayonlarga mos  keladigan tarzda shunday 

tekshirish kerakki, undagi har bir konkret jarayon informatsion strukturaga mos tushsin. 

Tavsiya  qilinayotgan  analiz  sxemasini  umuman  istagan  korporativ  va  informatsion  Web–

saytlar  uchun  qo‘llasa  bo‘ladi.  Bu  Web–saytning  umumiy–funksionalligi  va  mohiyatini 

aniqlashda  dudmollik  (ikki  ma’nolik)dan  voz  kechishga  va  shu  bilan  tadqiqotchilar  uchun 

boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga imkon beradi,[20;167-180]. 

Web–saytni ishlab chiqish praktikumi quyida keltirilgan: 

A. Web–saytning maqsadli auditoriyasini aniqlang 

1.Web–sayt foydalanuvchilari maqsadli guruh ro‘yxatini tuzing. 

2.Web–saytdagi maqsad bo‘yicha bir − biriga  yaqin foydalanuvchilar guruhlarini guruhga 

ajrating, masalan: 

  mijozlar (doimiy mijozlar, potensial mijozlar); 



  hamkorlar (mavjud hamkorlar, potensial hamkorlar); 

  Mutaxassislar  (noraqobat  kompaniya  mutaxassislari,  boshlovchi  mutaxassislar, 



ekspertlar); 

  OAV vakillari. 



V. Web–saytda sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang  

Web–sayt orqali amalga oshirilajak jarayonlar ro‘yxatini tuzing, masalan: 

  mijoz tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborot olish; 



  mahsulotlarni sotib olish uchun oldindan berilgan buyurtmalarni rasmiylashtirish; 

  korporativ yangiliklarni mijoz, hamkor, OAV vakillari tomonidan olinishi; 



  professional mavzular mutaxassislar tomonidan muhokama etilishi

  mijoz va hamkorlar bilan so‘rov o‘tkazish; 



  xamkorlik 

to‘g‘risidagi 

takliflarni 

potensial 

hamkor 


(hamkor) 

bilan 


rasmiylashtirish. 

S. Web–saytning informatsion mavzularini aniqlang 

Oldingi  ikki  punktda  olingan  axborotlardan  foydalanib  Web–sayt  informatsion  mavzular 

ro‘yxatini tuzing. Mavzularni ierarxiya bo‘yicha taqsimlang, masalan: 

  kompaniya tog‘risida umumiy axborot; 



  kompaniya yangiliklari; 

  sotuv  maydonchasi  (elektron  vitrina)–mahsulotlar  axboroti–oldindan  berilgan 



buyurtmalar shakli; 

  Hamkorlar (partner) uchun axborot–potensial hamkorlar uchun axborot–hamkorlik 

to‘g‘risida taklif shakli–amaldagi hamkorlar uchun axborot; 

  mutaxassislar uchun axborot–informatsion maqolalar–forum; 



  kontaktli ma’lumotlar. 



D.Web–sayt dizayni konsepsiyasini aniqlang 

Dizaynga bo‘lgan korporativ talablar va uning maqsadli moxiyatidan kelib chiqib

dizaynga quyilgan muhim talablarni aniqlang, masalan: 

  sahifa yuqori qismidagidagi logotip;  



  yorug‘ fan, korporativ ranglar ( ko‘k, sariq); 

  hamkorlar  bilan  puxta  ishlashga,  mijozlarga  sifatli  xizmat  ko‘rsatishga  e’tibor 



beradigan,  mavjud  an’analar  bilan  dinamik  shaklda  rivojlanadigan  kompaniya 

obrazi. Biz, bozor sektorida qonunshunos kabi ish ko‘rarmiz.  

Har bir etuk mutaxassis faqat bizda ishlashni xoxlaydi. 

-kolontitul pastki qismidagi kopirayt.  



Web–sayt navigatsion modelini loyihalash 

Web–sayt  navigatsion  modeli  foydalanuvchilar  maqsadli  guruhi  xoxishlarini  inobatga 

olgan  holda  informatsion  ierarxik  struktura  asosida  quriladi  va  Web–saytning  barcha  zarur 

sahifalari ta’riflarini va navigatsiya elementlarni o‘z ichiga oladi.  

Birinchi  navbatda,  saytning  bosh  menyusi  va  servislar  menyusini  aniqlash  zarur.  Web–

sayt  bosh  menyusiga  bosh  sahifa  (main  page,  homepage)dagi  giperbog‘lanish  (ssыlka)  va 

saytning  asosiy  informatsion  bo‘limlari  kiradi.  YA’ni,  Web–saytning  informatsion 

to‘ldiruvchilariga tegishli bo‘limlar. Bunaqa bo‘limlar soni uchdan oltigacha bo‘lishi kerak, aks 

holda sayt bo‘yicha navigatsiyani amalga oshirish qiyinlashadi. Agar informatsion bo‘limlar soni 

ko‘p bo‘lsa, mavzu yoki foydalanuvchilar guruhlari bo‘yicha o‘xshash bo‘limlarni joylashtirish 

mumkin. Masalan, yangiliklar, press–relizlar va OAV vakillari uchun axborotlarni “Press–Sentr” 

bo‘limiga birlashtirish mumkin. Bosh menyuni tuzishda asosiy e’tiborni turli xil kategoriyadagi 

foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratish kerak; har xil murakkablikdagi axborotlarga 

(boshlovchi  va  ekspertlar);  birinchi  marta  tashrif  buyuruvchilarga  va  doimiy  tashrif 

buyuruvchilarga. 

Servislar  menyusiga  Web–saytning  informatsion  to‘ldiruvchilariga  tegishli  bo‘lmagan 

bo‘limlar kiradi. Lekin ular yordamchi servislar hisoblanadi. Masalan, sayt bo‘yicha sayt kartasi, 

umumiy  savollar  bo‘yicha  kontaktli  ma’lumotlar;  umumiy  savollar  bo‘yicha  teskari  bog‘lanish 

formasi va b.k. Bunday servislar har bir tashrif buyuruvchi va har bir Web–sayt saxifasida doim 

saqlanishi kerak. 

Bosh  menyu  va  servislar  menyusi  aniqlab  bo‘lingach,  Web–sayt  bo‘limlarining  ichki 

strukturasi va navigatsiyalarini analiz qilish zarur. 

Web–navigatsiyaning 4 xili mavjud.  

1.  YAssi–barcha  saxifalar  umumiy  giperbog‘lanishga  ega.  Bunda  bir  sahifadan  boshqa 

ixtiyoriy  sahifaga  o‘tish  mumkin.  Sayt  sahifalari  yuqori  darajali  yoki  yirik  sayt  bo‘limlari 

ko‘rniishida ishlatiladi.  

2.  Ketma-ket–har  bir  sahifa  oldingi  va  keyingi  sahifalar  uchun  giperbog‘lanishga  ega. 

Asosan,  sahifalar  ketma-ket  ko‘rib  chiqish  talab  etiladigan  ko‘p  sahifali  chop  etishlarda 

ishlatiladi. 

3.  Ierarxik–barcha  ketma-ket  keladigan  sahifalar  faqat  bosh  sahifa  (roditelskiy)  bilan 

giperbog‘lanadi,  lekin  bir  −  biri  bilan  kesishmaydi.  Murakkab  menyularni  ko‘rishda  elektron 

kataloglar ishlatiladi. 

4. Aralash–oldingi uch xil navigatsiyaning har xil variantlarida uchraydi. 

Navigatsiyaning  barcha  xillaridan  foydalangan  holda  Web–sayt  bo‘yicha  navigatsiya 

uchun qo‘shilishning maksimal darajasi 4-5 daraja bo‘lgani ma’qul. 

Demak, ideal holatda tashrif buyuruvchi saytning har bir sahifasini sichqonchani 3-4 ta 

chiqillatish mobaynida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Sayt  bo‘limlari  strukturasini  qurishda  yaxshi  anglash  uchun  uning  tiniqligiga  e’tibor 



berish kerak. 

Web–sayt  navigatsion  modelining  birinchi  varianti  qurilgach,  quyida  keltirilgan  test 

bo‘yicha tekshirib chiqing. 

1.  Web–sayt  yaratish  uchun  qanday  axborotlar  mavjud  va  foydalanuvchilar  uchun 

qanaqasi kerak? 

2. Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog‘lanish qanday uyushtiriladi? 

3. Web–sayt davomatini oshirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? 

1.  Web–saytning  alohida  bo‘limlari  qanday  tez-tez  va  qanaqa  vositalar  bilan  yangilanib 

turadi? 

2. Web–sayt foydalanuvchilarning maqsadli (tematik) guruhlari uchun qulay bo‘ladimi? 

3. Birinchi marta kiruvchilar uchun Web–sayt bo‘ladimi? Yigirmanchi marta kiruvchilar 

uchunchi? 

4. Tayyorgarlik darajasi har xil bo‘lganlar uchunchi?  

5. Turli xil mamlakat, mintaqalardan kelgan kishilar uchun Web–sayt qulaymi? 

Birinchi  to‘rtta  savollarga  berilgan  javoblar  Web–saytning  oldingi  yaratilgan 

informatsion  strukturasini  korreksiyalash  (tuzatish)ga  yordam  berish  mumkin.  Keyingi  to‘rtta 

savollar esa navigatsion strukturalarni tekshirishda yordam beradi. 

Web–saytning informatsion to‘ldirilishini loyihalash 

Web–saytni  loyixalash  jarayonida  uning  informatsion  to‘ldirilishi–kontent  (content–

ichidagi bor narsalar)ga alohida e’tibor berish zarur. Web–saytning informatsion va navigatsion 

strukturalari  aniqlangach,  sayt  alohida  sahifalarni  konkret  ravishda  informatsion  to‘ldirilishi  va 

uning ketma-ketligini aniqlashga kirishish zarur bo‘ladi. 

Buning  uchun  informatsion  to‘ldirish  uchun  mas’ul  hisoblangan  odam  bilan  birgalikda 

Web–saytning  har  bir  saxifasida  qanaqa  axborotlar  (matn,  tasvir,  animatsiya  va  b.k.) 

joylashganligi  aniqlanadi.  Barcha  olingan  ma’lumotlar  har  bir  masala  qarshisida  bajaruvchi  va 

bajarish muddati ko‘rsatiladigan jadvalga o‘tkazilishi shart. 

Bundan  tashqari,  Web–dizayner  bilan  birga  Web–saytning  har  bo‘limlarida  ishlatish 

mumkin  bo‘lgan  sahifalar  shablonlariga  belgi  qo‘yish  va  ularning  miqdorini  aniqlash  zarur 

bo‘ladi. Masalan, “Bosh sahifa”, “Bo‘lim bosh sahifasi”, “Bir sahifali maqola”, “ Ko‘p sahifali 

maqola” va b.q. 

Olingan  axborotlar  Web–dizayner  va  HTML–koder  uchun  to‘la  ish  hajmini  aniqlab 

beradi; loyihani bajarish uchun zaruriy vaqtni ob’ektiv baholashda yordamlashadi. 

SHunday qilib, Web–saytni amalga oshirish uchun quyidagilar mavjud: 

  maqsadli foydalanuvchilar aniqlanadi



  informatsion struktura aniqlanadi; 

  navigatsion model tadqiq qilinadi; 



  informatsion to‘ldirishning hajmi aniqlanadi; 

  sahifa shablonlari xususiyati (spetsifika) va miqdori aniqlanadi. 



Bu  bosqichda  Web–sayt  uchun  masalaning  ko‘ndalang  qo‘yilishi  tugallanadi.  Lekin, 

dinamik  Web–sayt  uchun  uning  funksionalligini  aniqlash,  ya’ni  Web–sayt  dasturiy  qismining 

zarur funksiyalarini ro‘yxat qilish, “texnik topshiriqlar”ni tuzish qoldi. 

Misol: 

Funksional nomi: Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog‘lanish. 

Ahamiyati.:  Web–sayt  tashrif  buyuruvchilaridan  informatsion  xabarlarni  Web–sayt 

administratori tomonidan yig‘ib olish. 



Tashrif  buyuruvchilar  funksiyasi:  majburiy  maydon  (joy)  hisoblanadigan  “Ism”, 

“Kontaktli e-mail” va “Xabar”larni o‘z ichiga olgan xabarlar formalarini to‘ldirish va jo‘natish. 

  xabarlarni  muvaffakiyatli  jo‘natilgach,  xabarlar  muvaffaqiyatli  jo‘natilganligi 



to‘g‘risidagi xabarni olish

 



xabar muvaffaqiyatsiz jo‘natilgach, muvaffaqiyatsiz jo‘natilgan xabar to‘g‘risidagi 

xabarni (formani takroriy to‘ldirish taklifnomasi bilan) olish; 

 

To‘ldirilgan  maydon  (joy)li  formalar  jo‘natishga  harakat  qilishda–to‘ldirish  shart 



bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmaganligi to‘g‘risidagi xabarni olish. 

Web–sayt administratori vazifa (funksiya) lari: 

1. Teskari bog‘lanish formalarini yaratish, tahrir qilish. 

1. Web–interfeys  orqali  xabarlarni  ko‘rib  chiqish,  ya’ni  xabarlarni  kelib  tushish  vaqtiga 

qarab  filtrlash;  e-mail  ning  xabarlarda  ko‘rsatilgan  kontaktli  adresi  bo‘yicha  javobli  xabarlarni 

jo‘natish va xabarlarni yo‘qotish. 

2. Administratorning e-mail adresiga xabarlarni jo‘natish, shu bilan birga, unga xabarlarni 

jo‘natish uchun e-mailni o‘zgartirish imkoniyati borligi. 

Web–sayt  loyihasini  amalga  oshirishning  navbatdagi  bosqichi  Web–sayt  sahifalari 

shablonlarini tayyorlash va ular asosida harakatdagi modellarni yaratish hisoblanadi. 

Web–sayt  bajarish  sifatini  tekshirish  uchun  quyidagi  savollar  to‘plamidan  foydalanish 

mumkin: 


Web–sayt dizayni va navigatsiyasini tekshirish. 

1. Web–saytning nimaga bag‘ishlanganligi birinchi qarashdan tushinarlmi? 

2. Web–sayt dizayni uning mohiyatiga va korporativ talablarga mos keladimi? 

3. Sahifaning yuqori qismida joy iqtisod qilinyaptimi? 

4.  Sahifada  ortiqcha  qo‘pol  va  foydasiz  elementlar  yo‘qmi?  Ulardan  voz  kechilsa  yoki 

kamaytirilsa yomon bo‘lmaydimi? 

Foydalanuvchi  Web–saytning  xohlagan  sahifasini  ko‘rib  chiqqach,  quyidagi  savollarga 

javob bera oladimi? 

  u qaysi sahifada joylashgan? 



  endi qaysi tomonga siljishi mumkin? 

  bu joyga qaytib kelish mumkinmi? 



  orqaga qanday qaytiladi? (Web–saytning ichki sahifalari uchun); 

  Web–sayt administratori bilan qanday bog‘lanish mumkin? 



  Turli  xil  tayyorgarlik  darajasidagi  foydalanuvchilarga  Web–saytning  funksional 

qismi  (formali  to‘ldirish,  Web–sayt  administratori  bilan  o‘zaro  muloqotda  bo‘lish 

va b.q.) dagi foydalanish yo‘llari tushunarlimi? 

SHuni  yodda  tutish  kerakki,  WWW  1989  yil  boshida  paydo  bo‘ldi.  Tadqiqotchilar–

SHveysariyadagi elementar zarrachalar Evropa laboratoriyasning olimlari. Bu taklifni amerikalik 

Teodor Nilson bergan. 

TCP/IP 


internetdagi 

protokollarning 

asosi 

hisoblanadi. 



Web  «klient–server» 

arxitekturasidan foydalaniladi. 

Brauzerlar  Web–sahifalarni  ko‘rib  chiqish  uchun  xizmat  qiladi.  Eng  ommabop 

brauzerlar:  Netscape  Comminicator  (Navigator)  va  Microsoft  Acsetnt,  Mosaic,  Ammeter  ham 

bor. 

Web–saytni  ishlab  chiqishdan  oldin  qator  asosiy  masalalarni  echish  talab  qilinadi, 



masalan:  auditoriya,  raqobatchi,  byudjet,  biznes  −  protsess,  Web–sayt  tadqiqodchisi,  joylash, 

quvvatlash va ko‘rib chiqish. 

Web–saytni  loyihalashning  asosiy  prinsiplari  orasida  quyidagilarni  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin:  foydalanuvchilarga  mo‘ljal  olish:  foydalanuvchilarni  quvvatlab  turish;  vaqt  bilan 

tekshirib chiqilgan uslublarni ishlatish, jamoa bo‘lib ishlash; ortiqchalikning yo‘qligi. 

 

Hyper Text Markup Lanquage (HTML)ni belgilash tili to‘g‘risida umumiy ma’lumot 

Butun  dunyo  o‘rgimchagi–World  Wide  Web  (WWW)  HTML  gipermatn  bog‘lanish  tili 

yordamida  tuzilgan  Web-sahifalardan  iborat.  HTML  ancha  murakkab  til  (Standart  Generalived 

Marnup  Language  SGMLning  hisoblanadi.  Ananaviy  tushuncha  bo‘yicha  HTML  butunlay 

dasturlash  tili  hisoblanmaydi.  HTML–hujjatni  belgilash  tili.  HTML–hujjatni  tadqiq  qilishda 

matnli  hujjatlar  teg(tag)lar  bilan  belgilanadi.  Ular  maxsus  burchakli  ishoralar  bilan  o‘rlagan 

bo‘ladi, (< va >). Teglar matnlarni formatlashda va matnga har xil nomatn elementlarni masalan, 

grafiklar, qo‘shimcha ob’ektlar va shu kabilarni o‘rnatishda ishlatiladi. 

HTML tilining asosiy qoidalari quyidagicha:  



1 − qoida. HTMLdagi istagan harakat teglar bilan aniqlanadi. Bitta teg (chap) harakatning 

bosh qismida, ikkinchisi esa, (o‘ng) oxirida turadi. Bunda teglar « < » yoki « > » ishoralar bilan 

yonma-yon turadi. YOlg‘iz o‘zi ishlatiladigan teglar ham mavjud. 

2  −  qoida.  Brauzer  darchasidagi  burchakli  qavs  ichiga  joylashtirilgan  istagan  teg  yoki 

boshqa  instruksiya  tashqariga  chiqarilmaydi  va  HTML–fayl  uchun  ichki  buyruq 

hisoblanadi,[19;56-68]. 

  SHakl:  ...sahifa  matni...<|HTML>  bunda  chapki  teg    HTMLdagi 

hujjatning  boshlanishini,  <|HTML>  teg  esa  oxirini  anglatadi.  Agar  brauzer  chapki  tegga  duch 

kelsa,  navbatdagi  matn–bu  HTMLdagi  kod  ekanligi  ma’lum  bo‘ladi.  Brauzer  o‘z  darchasida 

tegni emas, balki teglar o‘rtasidagi matnni ko‘rsatadi. Bu teglar bilan HTMLdagi istagan hujjat 

boshlanadi va tamom bo‘ladi. 

HTML qoidalariga ko‘ra, yopuvchi (o‘ng) teg xuddi ochuvchi (chap) teg singari yoziladi, 

lekin  teg  nomi  oldiga  «|»  (to‘g‘ri  slesh)  simvoli  qo‘shib  qo‘yiladi.  Qo‘shaloq  teglar  orasida 

yagona prinsipial farq shundaki, yopuvchi teglar parametrlardan foydalanmaydilar. 

Mos  yakunlovchi teglarga muxtoj bo‘lgan teglar  konteyner teglar deyiladi. Ochuvchi va 

yopuvchi  teglar  orasida  yozilganlarning  barchasi  teg-konteynerga  tegishli  bo‘ladi.  Ba’zida 

yakunlovchi  tegni  tushirib  qoldirsa  ham  bo‘ladi.  Masalan,  

  jadvalining  yacheykasidagi 

ma’lumotlarni ifodalovchi teg uchun unga mos bo‘lgan yopuvchi teg <| TD> ni doimo tushirib 

qoldirish  mumkin,  jadval  yacheykasi  uchun  ma’lumotlarning  tugallanganligi  navbatdagi  

 

tegning paydo bo‘lishi orqali aniqlanadi. 

  Qator  teglar  yakunlovchi  teglarga  muxtoj  bo‘lmaydi.  Misol  tariqasida  quyidagilarni 

keltirish  mumkin:    tasvirni  o‘rnatish  tegi;  


  satrining  majburiy  ravishda  uzatilishi; 

  bazaviy  shriftning  ko‘rsatmasi  va  boshkalar.  Ko‘pincha  tegning  mohiyatiga 

qarab uning yakunlanishiga muhtojligi to‘g‘risida fikr qilish mumkin. 

HTMLda  teglarning  noto‘g‘ri  yozilishiga  e’tibor  berish  odat  tusiga  kirmagan.  Noto‘g‘ri 

yozilgan  teg  yoki  uning  parametrini  brauzer  aniqlanishi  kerak.  Bu  barcha  brauzerlar  uchun 

umumiy qoidadir.  Ba’zan brauzerlar ta’siri  ostiga xato  yozilgan teglar bilan birga, brauzerning 

ma’lum versiyasi anglanmagan teglar ham tushib qoladi. 

HTML  teglari  «hissa  qo‘shish»  darajasi  bo‘yicha  ajralib  turadi.  Murakkab  HTML–

hujjatlarda  ba’zi  elementlarning  xissa  qo‘shish  darajasi  10dan  ham  oshishi  mumkin.  Bunda 

oldingi hissa qo‘shish darajasida bo‘lgan teglar mavjud teglarga nisbatan Bosh (roditelskiy) teg 

deyiladi.  Mavjud  teg  esa,  tarmoqlanib  chiqqan  (docherniy)  yoki  sho‘‘ba  teg  hisoblanadi.  O‘z 

navbatida,  sho‘‘ba–teg  o‘z  hissasini  qo‘shgan  boshqa  teglarga  nisbatan  bosh  teg  hisoblanishi 

mumkin. 


Teglar  parametrlar  yoki  atributlar  (ang.  attribute)  bilan  yozilishi  mumkin.  Ruxsat  etilgan 

parametrlar yig‘indisi har bir teg uchun individual hisoblanadi. Parametrlar yozishining umumiy 

qoidasi quyida keltirilgan. Teglar nomidan keyin bir-birlari bilan probellar bilan ajralib turadigan 

teglar  yozilishi  mumkin.  Teg  parametrlarining  ketma-ketligi  ixtiyoriy  ravishda  bo‘ladi.  Ko‘p 

parametrlar  ularning  mohiyatini  (znachenie)  ko‘rsatishni  talab  qiladi,  lekin  ba’zi  parametrlar 

ularsiz  yozilib  fikr  bildirmaslik  (jim  turish)ni  ma’qul  ko‘radi.  Agar  parametr  mohiyat  talab 

qilsa, u holda parametr nomidan keyin tenglik (=) ishorasi orqali ko‘rsatiladi. Parametr mohiyati 

qavs  ichida  yoki  kavssiz  yozilishi  mumkin.  Agar  parametr  mohiyatida  probel  ishtirok  etgan 

bo‘lsa,  u  holda  qavs,  albatta  yoziladi.  Parametr  mohiyatida  (teg  va  parametrlar  nomidan  farqli 

ravishda) ba’zida yozuv registri muhim bo‘ladi. Tegning parametr bilan yozilishiga misol:  



< TABLE BORDER ALIGN= “left”> 

Bu  erda    tegi  uchun  ikkita  parametr  berilgan.  Moxiyatsiz  ko‘rsatilgan  birinchi 

parametr BORDER. Ikkinchi parametr ALIGN left mohiyatiga ega. 

HTML  teglari  turli  xil  parametrga  ega  bo‘lishi  mumkin,  lekin  barcha  teglarga  mos 

tushadigan  qator  parametrlar  ham  mavjud.  Masalan,  HTML  hujjatidagi    bulimida 

foydalanishga ruxsat etilgan barcha teglar quyidagi parametrlarga ega bo‘lishi mumkin: CLASS, 

ID,  LANG,  LANGUAGE,  STILE  va  TITLE.  Parametrlar  CLASS,  ID,  STILElar  Internet 

Explorerning  3.0  versiyasidan  boshlab  va  Netscapening  4.0  versiyasidan  boshlab  kuvvatlanib 



keladi.  Bu  parametrlar  uslub  (stil)lardan  fodalanilganda  kerak  bo‘ladi.  Parametrlar  LANG, 

LANGUAGE,  TITLElar  faqat  Internet  Explorerning  4.0  versiyasidan  boshlab  quvvatlanib 

keladi. Bu parametrlar mos kelgan foydalanadigan tillarni ko‘rsatadilar (masalan, Rossiya uchun 

LANG=ru), skript yozish tilini (masalan, LANGUAGE=Java Script) va boshqalar. 

Zamonaviy  HTMLda  til  teglari  va  unda  ko‘rsatilgan  qiymatlar  bilan  birga,  boshlang‘ich 

HTML-kodda ssenariy kodlari(Java Script yoki VB Script) ham yoziladi.  

90-yillarning  o‘rtalarida  internet  tarmog‘ining  eksponensial  o‘sishi  oqibatida  HTML  tili 

ommaviy  tus  oldi.  Bu  vaqtga  kelib,  tilni  standartizatsiyalash  zarurati  tug‘ildi,  chunki  ko‘p 

kompaniyalar  Internetga  kirish  uchun  ko‘plab  dasturiy  ta’minotlar  ishlab  chiqdilar,  to‘xtovsiz 

o‘sib  borayotgan  (HTML  instruksiyasi  bo‘yicha)  o‘zlarini  variantlarini  tavsiya  qildilar.  HTML 

tili teglarini qo‘llash bo‘yicha yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi. 

World Wide Web Consortium (qisqacha–WZS) deb nomlangan tashkilot  HTML standarti 

(spetsifikatsiya)ni  yaratish  ishlarini  o‘ziga  oldi.  Uning  vazifasiga  brauzerlar  tadqiqotchi 

kompaniyalarning  har  xil  takliflarini  hisobga  olgan  holda  tilning  zamonaviy  rivojlanish 

imkoniyatlari  darajasini  aks  ettiruvchi  standartni  yaratish  kiradi.  Spetsifikatsiyaning  tasdiqlash 

sxemasi  quyidagilardan  iborat:  WZS  konsorsiumi  standart  loyihasini  tayyorlaydi.  Muhokama 

qilingandan so‘ng, uning ishchi (draft) varianti chiqariladi, so‘ngra uni ma’lum bir davrga yana 

muhokama qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam HTML standartining yangi teg 

va  versiyalari  muhokamasida  ishtirok  etishi  mumkin.  Muhokama  davri  tugagandan  keyin, 

standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya’ni HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan 

olingan  varianti  bo‘ladi.  Qabul  qilingan  standart  Document  Type  Definition  (hujjat  xilini 

aniklash) yoki DTD deb ataladi. 

Internetda birinchi marta ko‘rsatilgan (taqdim qilingan) HTMLdagi DTD–standartning 1.0 

versiyasi bo‘ldi. So‘ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun ancha aniq va o‘ylab qilingan 2.0 

versiya yaratildi. 

1996  yil sentyabr oyida  bir necha oylik muxokamadan so‘ng 3.2 versiya tasdiqlandi  (3.0 

versiya nashr qilinmadi). 

1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e’lon qilindi va 1997 yil dekabrida 

rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning eng oxirgisidir. 

  Umuman,  HTML  hujjat  standart  hisoblanishi  uchun  yana  prolog  (muqaddima)  ham 

kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o‘rnatiladi. Prolog quyidagi ko‘rinishga ega:  

 

Prolog bu maxsus ko‘rinishga ega bo‘lgan  yolg‘iz teg. Bu teg ochuvchi   oldida 

HTML–hujjatning  eng  oldiga  o‘rnatiladi  va  HTML  4.0–spetsifikatsiyasiga  qat’iy  mos  kelgan 

holda rasmiylashtirilgan hujjat hisoblanadi. 

HTML–hujjatga  prologni  o‘rnatish–bu  WZS  talabidir,  (Internetdagi  ko‘pchilik  HTML 

hujjatlarda prolog qo‘yilmaydi). 

HTML 4.0 spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta’rifdan  hujjat  strukturasi 

ta’rifini ajratish asosiy (klyuchevoy) g‘oyaga aylandi. Tajriba ko‘rsatishi bo‘yicha hujjatning bu 

ikkala ta’rifini bir-biridan ajratish platforma, muhit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga 

qilinadigan  sarf-harajatlarni  ancha  kamaytirar  ekan,  shu  bilan  birga  hujjatlarga  o‘zgarishlar 

kiritishni  osonlashtirar  ekan.  Bu  g‘oyaga  asosan,  stil  (uslub)  jadvali  yordamida,  xujjatlarni 

taqdim qilish usulidan ko‘plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi. 

HTML–standarti to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni WZS kansorsiumining–Web–saytidan 

quyidagi adres bo‘yicha olish mumkin: 

http:|www.WZ. org|TR|. 

4.0 spetsifikatsiyasi quyidagi adresda tayinlangan: 

http:||www.WZ.org|TR|REC.html 4u-971218 

HTML ning asosiy teglari 

Oldingi  bobda  aytib  o‘tilganidek,  HTML  hujjatlari–bu  matnli  fayllar  bo‘lib,  ularga 

belgilash  teglari  deb  nomlangan  maxsus  kodlar  kiritilgan.  Bu  teglar  Web-brauzerlarga  matn  va 

grafiklarni  qanday  qilib  sharhlash  va  aks  ettirish  lozimligini  ko‘rsatib  turadi.  HTML-fayl–bu 



oddiy  matnli  fayl.  SHuning  uchun  uni  istagan matn redaktorida, masalan  MS Word  yoki  oddiy 

«Bloknot»da yaratish mumkin. Hujjat yaratilgach, uni matn formatida saqlash kerak. Lekin, bu 

ishni  bajarishda  oldin  uning  kengayishini  o‘zgartirish,  ya’ni  TXT  o‘rniga  HTML  yoki  HTMni 

qo‘yishni  esdan  chiqarmaslik  kerak.  HTML  va  NTM  kengayishi  HTML-fayl  uchun  standart 

hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  bu  kengayishlar  kompyuterga  faylda  matnlardan  tashqari  HTML 

kodlari ham mavjudligini ko‘rsatib turadi. HTML tili harflar razmeriga befarqdir, ya’ni bosh va 

kichik  harflar  bir  xil  qabul  qilinadi.  Lekin  teglarni  yozishda  ko‘pincha  bosh  harflardan 

foydalaniladi. 

Web-sahifa ko‘rinishi va aks ettirilayotgan axborotning qanaqaligidan qat’iy nazar, HTML 

va WWW spetsifikatsiyasiga asosan har bir Web-sahifada ishtirok etishi zarur bo‘lgan quyidagi 

to‘rtta teglar mavjud: 

1.  brauzerga hujjat HTML tilida yozilganligi to‘g‘risida xabar beradi.  

2.  HTML–hujjatning kirish va bosh qismini belgilaydi. 

3.  asosiy matn va axborotni belgilaydi. 

4.    bu  Web-sahifa  to‘g‘risida  ko‘proq  to‘la-to‘kis  axborot  olish  uchun  kerak 

bo‘ladigan elektron pochta manziliga ega. 

Bu  teglar  Web-brauzerga  HTML–hujjatning  har  xil  qismlarini  aniqlash  uchun  juda 

zarurdir,  lekin  ular  Web-sahifaning  tashqi  ko‘rinishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’sir  etmaydi.  Ular 

HTMLga  kiritilgan  navbatdagi  yangi  ma’lumotlar  uy  sahifalarida  to‘g‘ri  sharhlash,  shu  bilan 

birga  barcha  Web-brauzerlarda  bir  xil  ko‘rinishga  ega  bo‘lishi  uchun  juda  zarurdir.  Masalan, 

sizning Web-serveringizda barcha HTML-hujjatlarni ko‘radigan va ularning ro‘yxatini tuzadigan 

dastur ishga tushirilgan. U  teglari ichida joylashgan matnlarni ko‘radi, xolos (bu erda 

hujjatlar  nomi  ham  joylashtirilgan  bo‘ladi).  SHunday  qilib,  agar  uy  sahifalarida    va 

  teglari  bo‘lmasa,  u  holda  u  ro‘yxatga  kiritilmaydi.  Anchagina  nomi  chiqqan  Web-

serverlar–qidiruv vositalarining ko‘pchiligi  mana shunday ishlaydi.  Ular  axborotlarni   

teglaridan oladi. 

va  teglari 

Bu  teglar  brauzerlarga  ular  orasidagi  matnni  xuddi  HTML  matni  kabi  sharhlash 

(izohlash) zarurligi to‘g‘risida xabar beradi, chunki HTML-hujjatlari faqat matnlidir.  

teg esa, faylning gipermatn bog‘lanish tilida yozilganligini gapirib turadi. 



va teglari 

Ular  Web-sahifalar  nomlarini  belgilaydi.  Buning  uchun    va    teglar 

orasida Web-sahifa nomi kiritiladi.  *.  Har bir HTML–hujjat  faqatgina bitta nomga ega bo‘ladi. 

So‘ngra uning oldi va orqa tomonlarini  va  teglari bilan belgilang. 

U,  odatda  brauzer  darchasi  sarlavhasida  ko‘rsatiladi.  Konteyner    tegini  hujjat  </p> <p>faylining nomi bilan adashtirmaslik kerak. Aksincha u fayl nomi va manziliga butunlay bog‘liq </p> <p>bo‘lmagan  matn  <b>satridir.  </b>Fayl  nomi  kompyuterning  operatsion  tizimi  (OT)  orqali  qat’iy  </p> <p>ravishda aniqlanadi. SHu bilan birga, hujjatlar nomi (teg <TITLE> bilan birga)ni hujjat ichidagi </p> <br /> <br />ko‘pincha <H> teglari bilan joylashadigan sarlavhalardan farqlash kerak bo‘ladi.  <br /> <br /><b><BODY> va</body></h>





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin