10-mustaqil ish Xizmatlar sohasi va mehmonxona biznesida shartnomalarni amalga oshirish



Yüklə 5,97 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,97 Kb.
#209359
10-mustaqil ish Xizmatlar sohasi va mehmonxona biznesida shartnomalarni

10-mustaqil ish Xizmatlar sohasi va mehmonxona biznesida shartnomalarni amalga oshirish

FAN O’QITUVCHI: Salomov F

Talaba: Mirzayev Ya

REJA 1.Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari. 2.Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari. 3.Turistik shartnomaning zaruriy shartlari.

MIRZAYEV YA

Turistik korxona tashkil etilganidan keyin, bozor tomon ilk qadamini boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilishdan boshlaydi. Bozorga kiruvchi korxona strategiyasida hamkorlarning hududiy joylashuviga e’tibor berishi kerak. Bu turistik mahsulotning sotilishida muhim o‘rin egallaydi.

Turistik korxona tashkil etilganidan keyin, bozor tomon ilk qadamini boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilishdan boshlaydi. Bozorga kiruvchi korxona strategiyasida hamkorlarning hududiy joylashuviga e’tibor berishi kerak. Bu turistik mahsulotning sotilishida muhim o‘rin egallaydi.


Mahsulot o‘tkazish bo‘yicha hamkor tanlashda 3 ta shartga e’tibor qaratish zarur; faoliyat yuritish huquqiga egaligi, to‘lov qobiliyati va hamkorlik qilish imkoniyati. Faoliyat yuritish huquqiga egaligi – bu korxonaning turistik xizmat ko‘rsatishga huquqiy asosi borligi demakdir. Bunday huquq milliy qonunchilikka tayangan holda tegishli idoralar tomonidan beriladi. U ko‘pgina davlatlarda turli yuridik shakllar bilan belgilanadi (masalan, litsenziya, patent, davlat ro‘yxatidan o‘tish).
To‘lov qobiliyati – korxonaning shartnoma tuzishga yetarlicha mablag‘ga ega ekanligini bildiradi. Ko‘pincha korxonalar o‘z to‘lov qobiliyati yetarli ekanligini isbotlash uchun bankdan mablag‘ning taxminiy hisobi haqida hujjat olib kelishadi. Lekin, bu hujjatlar shartnoma tuzishga asos bo‘la olmaydi. Turistik korxonaning to‘lov qobiliyatiga bank kafolat berishi mumkin. Biroq, bank korxonaning maxsus shartnomasiz bunday kafolat berishiga haqli emas. Bu holatda u korxonaning moliyaviy holati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan bo‘ladi
Turizmda turistik korxonalar hamkorlarni mahsulotga qo‘yilgan sotish masalalari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlaydilar, ular hamkorlarni tanlashda quyidagi omillarni e’tiborga olishlari lozim:
*turlarning amaliy yo‘nalishi (dam olish, biznes safarlari, ov va boshqalar); *huquq va burch ko‘lami;
*belgilangan hudud, korxonalar guruhining mavjudligi;
*potensial turistlar guruhining ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa belgilari;
*savdo usullari va texnologiyasining turi;
*o‘zaro hisob - kitoblarning turi;
*turizm doirasidagi ish tajribasi va imidji;
*faoliyatning berilgan turidagi litsenziyaning mavjudligi
Sotuvlar va chegirmalarni belgilash nuqtai nazaridan, javobgarliklarni turoperator va turagent orasidagi munosabatlarni 3 xil variantga ajratish mumkin. Bu “tamoyilni ochish” deb nomlanadi. Tamoyilni ochish mazmuni va uning mohiyatidan kelib chiqqan holda turlarni sotishning quyidagi variantlari paydo bo‘ladi: A. Turagent turistik mahsulotini turoperator nomidan va topshirig‘iga binoan sotadi – bu “nomlangan tamoyildir”. Mahsulotlarning asosiy qismi turistik yo‘llanmalar do‘konida sotiladi
Turoperator turist bilan hujjatlarga asoslangan holda aloqada bo‘lmasa, turistik mahsulot bo‘yicha hamma da’volar (agar shunaqalar paydo bo‘lsa) turagentga bildiriladi, turagent esa mijozning da’voarzini turoperatorga yetkazadi. V. Turagent boshqa hududda o‘ziga turoperatorlik vazifalarining bir qismini olishi va turistik mahsulotni sotishi mumkin. Bunda turoperator ko‘rsatilmaydi, bu “ochilmagan tamoyil” deyiladi
Turistik agent − hujjatlarni rasmiylashtirish, turistlarni turga jo‘natish, ularni tashish va mehmonxonaga joylashtirish, ekskursiyalarni tashkil etish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi turistik mahsulotini (turni) sotadi
Chet el z turistik sayohati bu katta zanjirdagi xalqalardan biri hisoblanadi. Bunda bir nechta bajaruvchilar ishtirok etadi. Barcha aloqalar va o‘zaro javobgarliklar kelishuvda ko‘rsatiladi. Turistik shartnomalarning zaruriy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
1.Turlarning narxi (alohida hujjat sifatida taqdim etilishi mumkin). 2.Sayohat va chegirmaning o‘lchamlari (turning standart narxiga binoan).
3. Valyuta qiymati.
4. Mijozning turni sotib olish shakli.
5. Qo‘shimcha to‘lov (infilatsiya yoki boshqa sabab natijasida narxlarning ko‘tarilishi, masalan, avia biletlarga).
6. O‘zaro hisobkitob va boshqalar.
Yüklə 5,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin