10-Sinf. 36-dars. Sana: I. Mavzu: Delphi dasturlash muhiti



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə26/29
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#41138
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Dars ishlanma

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.

1. Ikkinchi ilovaning kamchiligi nimada?



2. ShowMessage qanday vazifani bajaradi?

3. IntToStr funksiyasi qanday vazifani bajaradi?

3. Yangi mavzu bayoni:

1. Label boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki boshqa usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining Standart jildida beshinchi bo‘lib joylashgan.



Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo‘lgani uchun uning ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label obyektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top (yuqori)lar mos ravishda obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlaydi. Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha)dir. U obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.

2. Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish. Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Obyektlaming Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda o‘zgartiriladi. Obyektlar ilovaga qo‘yilishi bilan (buni yana obyektning nusxasi yaratilganda ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. Masalan, Label obyektining nusxalariga navbatma-navbat Label 1, Label2, Label3 nomlar beriladi. Oldingi ilovalardagi Forml, Buttonl nomli obyektlarni esga oling. Obyektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga murojaat qilish uchun qo‘sh nomlami yaratishda ishlatiladi:

obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Forml.Width, Buttonl.Caption, Labell.Left.

Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz.

3. Oyna o'lchamlari ilovasi. Oldingi darsdagi ilovani qaytadan yaratamiz. Ilova oynasi o`lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish uchun ikkita Buttondan, oyna o‘lchamlarini ko‘rsatish ikkita Labeldan foydalanamiz.

Dastlab ilova oynasining xossalarini o‘matamiz:

Forml. Caption := 'To''rtinchi ilova';




Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin